60
Me`yorlashtirilgan til muayyan jamiyatning ehtiyoji
uchun xizmat qiladigan,
muayyan qonun-qoidalar asosida muvofiqlashtirilgan milliy-adabiy tildir.
Hududiylik
tilning ma`lum hudud bilan bog`liqligini ifoda etadi.
Hududiylik millat, elatga xos urf-odat, an`analar, tarixiy-etnik
birlik va yagona
davlat tizimining shakllanganligi bilan bog`liq. Millatning,
hududning, tarixiy-
etnik asos va taraqqiyotning boshqa-boshqaligi tillar o`rtasidagi
farqlar uchun
asos bo`ladi. Millat va etnik asosning bir xil bo`lishi hududning farq qilishidan
qat`i nazar, aloqa-munosabat vositasining bir xil bo`lishini ta`minlaydi. Masalan,
o`zbek va tojik tillarida har bir tilning o`ziga xosligi ko`zga tashlanadi.
Bir xil
etnik asosga ega bo`lgan o`zbek va qirg`iz tillari o`rtasida fonetik, leksik,
grammatik farqlar bor. Adabiy til va shevalar o`rtasida ham tilning ichki tuzilishi
bilan bog`liq farqlar kuzatiladi.
Ijtimoiy tabiati va o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib,
tillarni
quyidagicha guruhlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: