61
yuzaga keladigan murakkab jarayon. Til ham tafakkur ham mehnat jarayonida
kishilik jamiyatida shakllangan.
Til birliklari – fonema, morfema, so`z, gap bir butun holda, mantiqiy
tushunchalar (his-tuyg`u, idrok, tafakkur) bilan uzviy bog`liqdir.
Til alohida tizim sifatida quidagi vazifalarni bajaradi :
1 .
Aloqa – munosabat vazifasi
. Tilning mazkur vazifasi jamiyatda
aloqa – munosabat vositasi sifatida xizmat qilishdan iborat. Bu tilning asosiy
ijtimoiy vazifasi hisoblanadi. Til belgilari uni aloqa - munosabatning boshqa
vositalaridan farqlash, tilni ijtimoiy hodisa sifatida talqin etish imkonini
beradi . Til aloqa – munosabatning muhim vositasi sifatida jamiyat bilan, uning
madaniyati, turmush tarzi va mehnat faoliyatidagi har bir jarayon bilan
muntazam bog`liq. Kishilar o`z fikrlarini, sezgi va ruhiy kechinmalarini ifoda
qilib, bir – birlariga ta`sir ko`rsatadilar.
2.
Tilning hissiy ta`sir vazifasi.
Tilning muayyan ma`lumotni ifoda
etib, tinglovchiga ta`sir ko`rsatishi uning hissiy - ta`siriy vazifasi hisoblanadi .
Xabar, sezgi va hayajon, xohish ifoda qilish hissiy ta`sir vazifasining asosini
tashkil etadi. Bunda turli tasviriy til vositalaridan, jumladan, modal so`zlar,
javob talab qilmaydigan so`roq, tartibni o`zgartirish kabilardan foydalaniladi.
3.
Tilning to`plash vazifasi
. Til aloqa – munosabat vositasi, hissiy
ta`sir ifodasi bo`lib qolmay , to`plash vazifasini bajaruvchi muhim manba
hamdir . Til millatlararo aloqa - munosabat vositasi, to`plangan bilim va
tajribalarni avloddan avlodga yetkazish vositasi hisoblanadi. Tilning ushbu
vazifasi bilish jarayonidagi asosiy vositalardan hisoblanadi .
Bevosita
aloqa - munosabat davomida tilning nomlash va fikr ifodalash vazifalari
namoyon bo`ladi. Mustaqil so`zlar, qo`shma nomlar , iboralar ,atama nomlovchi
birliklar hisoblansa, turli gap ko`rinishlari fikr fodalovchi birlik hisoblanadi.
Tilning kishilik jamiyatidagi o`rnini , madaniy – ma`naviy soha
taraqqiyotidagi ahamiyatini belgilash tilning asosiy vazifalarini to`g`ri
ta`riflashga asoslanadi .
Bevosita aloqa – munosabat davomida tilning nomlash va fikr ifodalash vazifalari
namoyon bo`ladi.
Tillarni bir-biriga muqoyasa qilib, taqqoslab o‘rganish shuni ko‘rsatadiki,
ba’zi tillardagi so‘zlarning ma’nolari, shakllari, grammatik xususiyatlari bir-
biridan juda katta farq qiladi. Albatta, bunday tillar bir-biriga yaqin, qardosh tillar
bo‘la olmaydi. Ammo ba’zi tillarning tuzilishi, grammatik xususiyatlari, shu
tillardagi so‘zlarning paydo bo‘lish manbai, so‘z shakllari va ma’nolari bir-biriga
ancha yaqin bo‘ladi. Bunday tillar bir umumiy o‘zakli tildan kelib chiqqan bo‘lib,
Dostları ilə paylaş: