Bo‘g‘inlarni ifodalovchi Hindu va Efiopik yozuvlari esa aslida alfavit yozuvidan
“o‘sib chiqqan”.Shimoliy-G‘arbiy Semit yozuvlarini bo‘g‘inli yozuvlar
70
deyishning o‘zi noto‘g‘ri va bitta yozuvning rivojlanishiga qarab tarixiy prinsip
haqida gapirish o‘rinsizdir.
Buning yechimi shundaki, uch tarkibli tipologiyani olti tarkibli tipologiya
bilan almashitirish kerak. Abigudani (abiguda undosh va unli ketma-ketligi bitta
birlik sifatida ifodalanadigan yozuv) sillabarilardan (bo‘g‘inli yozuvdan) alohida
tip sifatida tan olinsa, 6 ta bosqichni ajratish mumkin bo‘ladi va alfabitli yozuvni
boshqalaridan afzal deb qarashga barham berish kerak.
10
Yozuv nutqni ma’lum shakllar orqali ifodalash vositasidir.
Yozuv
ijtimoiy ehtiyoj asosida kishilik tarixining muayyan davrida paydo bo‘lgan va
jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda mukammallasha borgan. Yozuv tildan
keyin jamiyat tomonidan qo‘lga kiritilgan eng katta madaniy yutuqlardan biri
hmsoblanadi. Yozuvning kelib chiqishi va taraqqityoi jamiyat taraqqiyoti bilan,
madaniyat darajasi, siyosiy-huquqiy, estetik tuyg‘ularni qayd qilish hamda keyingi
davrga qoldirish ehtiyoji bilan belgilanadi. Yozuvning asosiy vazifasi nutqni uzoq
masofaga yetkazish, keyingi avlodlarga qoldirishga xizmat qilishdan iborat.
Yozma nutq kommunikativ, emotsional-ekspressiv, akkumulyativ funksiya
bajaradi. Yozuv orqali kishilar o‘z fikrlarini bir-birlariga bildiradilar, avlodlarga
qoldiradilar, minglab yillar oldin o‘tgan voqea-hodisalar, shaxslar, urf-odat va
dunyoqarash to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ladilar. Yozuv orqali tarixiy
ma’lumotlarni, ijtimoiy voqelik tasvirini, madaniy yodgorliklar hamda ma’naviy
merosni keyingi avlodga yetkazish imkoniyati kengaydi. Grafik belgilar
yozuvning asosiy ifoda shaklidir.
Ana shunday qiymatga ega bo‘lgan yozuv o‘z rivojlanish tarixiga ega.
Xalqlar fonetik yozuvning turli – lotin, arman, gruzin, slavyan, arab
yozuvlarini yaratganlar. Qadimgi yozuvlar tosh, suyak, yog‘och, qamish kabi
qattiq jismlarga, keyinchalik pergament va qog‘ozga yozilgan. Yozuvlar
o‘ngdan chapga, chapdan o‘ngga yoki yuqoridan pastga qarab o‘qilishi mumkin
bo‘lgan.
Til va yozuvning o‘zaro aloqadorligini tadqiq qilish tilshunoslik fanining
muhim nazariy muammosi hisoblanib, hozirgi tilshunoslikda tovushlarni, tilning
fonologik sistemasini o‘rganuvchi “Fonetika va fonologiya” hamda yozuv,
alfavitlarning turli ko‘ rinishlari, yozuv tarixi masalalari bilan shug‘ullanuvchi
“Grammotologiya” yoki “Grafik lingvistika” deb nomlanadigan ikki lingvistik
yo‘nalish ajralib chiqdi.
Dunyoda 5000dan ortiq til mavjud bo‘lib, bu tillarning barchasi ham o‘z
yozuviga ega emas. Ko‘pgina tillar ifodasi sifatida bir necha yozuv
ko‘rinishlaridan foydalanilgan. Yozuvning o‘zgarishi jamiyat taraqqiyotiga turli
darajada ta’sir ko‘rsatadi. Yozuvning o‘zgarishi obyektiv va subyektiv omillar
bilan belgilanadi.
10
Peter T. Daniels. (2001) Writing and Language. In The Handbook of Linguistics. Edited by Arnoff, M., Rees-
Miller, J. P.65-68.
71
O‘rta Osiyoda eng qadimgi davrlarda yashagan qabilalar, ularning madaniy
hayoti, tili, yozuvi haqidagi ma’lumotlar grek, eron, xitoy tarixchilari asarlari,
toshlarda bitilgan matnlar orqali yetib kelgan.
Turk xoqonligining Buyuk ipak yo‘li ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari
markazida joylashgani bir tomondan, turkiy xalqlarni ilg‘or madaniy an’analar
bilan tanishtirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, turli xalqlarning madaniy jihatdan
yaqinlashuvida asosiy vosita sifatida xizmat qildi. Ana shu madaniyat
an’analarining muhim qirrasi Markaziy Osiyo xalqlarining yozuv
madaniyatidir. Markaziy Osiyo hududlari qadimdan jahon yozuv madaniyati
tarixida o‘ziga xos ma’rifiy markaz sifatida qarab kelingan. Markaziy Osiyo
xalqlari Uzoq Sharqning ieroglif yozuvlari izidan bormay, yozuvning yuksak
bosqichiga xos alifboli, ya’ni har bir shartli harf belgisi inson nutqining ayrim
olingan tovush birligini ifoda etadigan fonetik yozuv usulini tanladilar. Fonetik
yozuv har qanday yozuvning ibtidoiy turlaridan taraqqiyot mahsuli sifatida ajralib
turadi. Fonetik yozuv yo‘lini tanlash ajdodlarimizning inson nutqini ilmiy va
amaliy jihatdan chuqur tushunganliklaridan, yuksak darajadagi filologik
bilimlaridan dalolat beradi.
Klinopis, misr va semmit yozuvlari qadimgi Yaqin Sharqning dastlabki,
asosiy yozuvlari sifatida qaralgan. Eramizdan avvalgi VI-IV asrlarda O‘rta
Osiyoning Eronga yaqin hududlarida rasmiy yozuv sifatida klinopis, ya’ni mix
yozuvi ishlatilgan.
Semmit yozuvi nafaqat hind yozuviga, Markaziy Osiyoda keng yoyilgan
oromiy yozuviga ham asos bo‘ldi. Oromiy yozuvidan, asosan, forslarning idora
hujjatlarini
yozishda
foydalanilgan.Ayrim
joylarda
xalqaro
diplomatik
munosabatdlarda oromiy yozuvi qo‘llangan. Oromiy yozuvi klinopisdan sodda va
qulayroq edi.
Turli yodgorliklarda qayd etilishicha, eramizdan oldingi III-I asrlarda
oromiy yozuvi bilan bir qatorda yunon va karoshta yozuvlari ham ishlatilgan.
XVII asr oxirlari va XVIII asr boshlarida Sharqiy Turkiston qazilmalari
orqali bir qator turli (diniy-mistik) yo‘nalishdagi yozuv namunalari topilgan.
Ayrim ro‘zg‘or buyumlarida toxar yozuvi, bu yozuv asosida shakllangan pahlaviy
yozuviga oid namunalar ma’lum bo‘ldi.
1956 yilda mo‘g‘ul arxeologi Dorj Suren Mo‘g‘ulistondagi Arxangay
aymog‘iga qarashli Bug‘ut qishlog‘i yaqinida katta toshlavhaga bitilgan qabr
bitigini topdi. Mo‘g‘ul olimi B.Rinchen bu lavhadagi yozuvni uyg‘urcha, deb
taxmin qildi. Lekin Dorj Suren yuborgan fotonusxalar, keyinchalik
S.Klyashtorniy tomonidan ko‘chirilgan nusxalar asosida V.A.Livshis bug‘ut
yozuvining sug‘dcha ekanligini asosladi.
Sug‘dlar va turklar o‘rtasidagi aloqalar VI asrdan boshlangan, deyiladi. Lekin
Bug‘ut bitigtoshi turk-sug‘d munosabatlari yanada qadimdan boshlanganidan
dalolatdir. Sug‘d yozuvi namunalari, asosan, hujjatlar matnida saqlanib qolgan.
Eramizning II asridan boshlab sug‘d yozuvi qo‘llangan. Bu yozuv taxminan
VI asrgacha davom etdi.
72
II asr oxiri III asr boshlarida Xorazm shohi xorazm yozuvida pullar
chiqargan. Xorazm shohi tamg‘asida xorazm yozuvidagi bitiglar aks etgan.
Xorazm yozuvi O‘rta Osiyoda ancha keng tarqalgan bo‘lib, oromiy yozuviga yaqin
edi.
Turkiy tillarga mansub o‘zbek tili yozuv tarixi ham ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |