Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/66
tarix20.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#157879
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   66
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi

liberallik, safarbarlik, jangovorlik, ishtahasizlik
(tib.giporeksiya), 
mentallik
va h. k.; 
belgi - xususiyat, sifat yoxud holatni ifodalovchi ot-terminlar 
yasaydi: 
zichlik, suyuqlik, tenglik, ko‘rlik
(tib.ablepsiya
), sarosimalik, 
gomogenlik, debillik, betoblik, amalparastlik, betaraflik, qo‘poruvchilik, 
barqarorlik. taqiqlanganlik
va h.k.; 
qandaydir yumush, mashg‘ulot, vazifaga mo‘ljallangan narsa, buyum, 
ashyo nomini ifodalaydi: 
urug‘lik, qishlik, paxtalik, taglik
va h.k.; 
onda-sonda 
–lik//-liq
affiksli otlar qatnashchi, ishtirokchi nomini 
anglatadi: 
boshliq

ma’lum bir joy, yerni nomlovchi ot(eko)-terminlar yasaydi: 
tog‘lik, 
qirlik, jarlik, qumlik, bo‘shliq, tuzlik
va h.k.;
shaxsning yashash o‘rni, turar joyi, kasb -hunari, biror narsaga 
moyilligi, mashg‘ulot turi, xizmat joyi, maqomi kabi ma’nolarni ifodalovchi 
ot-terminlarni voqelantiradi: 
askarlik, ovchilik, fuqarolik, prezidentlik, 
rektorlik, jarrohlik, mashinistlik, kosmonavtlik, radistlik, shaharlik, bosh 
vazirlik, feldsherlik, general-gubernatorlik, prokurorlik
va h. k.; 
hosil qiluvchi asosning ko‘lami, hajmi yoki sifati natijasi ma’nolarini 
ifodalovchi ot-terminlarni shakllantiradi
: yettilik, birlik
(1. gram. birlik; 2. 
mat. bir
), ko‘plik, ikkilik, to‘rtlik
va h.k; 
pul birliklari nomlarini bildiruvchi terminlar yasaydi: 
so‘mlik, 
dinorlik, dollarlik, markalik, liralik, somonlik, tangalik, tiyinlik v
a h.k; 
texnika bilan band bo‘lgan soha yo‘nalishlari hamda korxonalar 
nomlarini atovchi terminlarni hosil qiladi: 
temirchilik, payvandchilik, 
chilangarlik, 
aviasozlik, 
po‘latsozlik, 
mashinasozlik, 
kemasozlik, 
samolyotsozlik, robotsozlik, raketasozlik
va h.k; 
muayyan hodisa, voqea, ko‘rinishni anglatuvchi ot-terminlarni 
shakllantiradi:
jinoyatchilik, huquqbuzarlik, homiylik, vasiylik, badihago‘ylik, 
maddohlik, chala tug‘ulganlik
va h.k. 
-lik//liq
affiksi yasama so‘zlar bilan birikib, asl o‘zbekcha terminlarni 
voqelantiradi. Bunday holatlarda u tubandagi qo‘shimchalar ishtirokida 
turfa termin – derivatlar yasaydi: 


59
-siz + lik

vaznsizlik, uyqusizlik
(tib.agripniya
), shuursizlik, daxlsizlik
madorsizlik, ishsizlik, nikohsizlik, malakasizlik, moliyasizlik, daxlsizlik, 
xavfsizlik
va h.k.; 
-
dosh + lik:
o‘rindoshlik, quroldoshlik, qarindoshlik, polkdoshlik
va 
h.k.; 
-mas+lik: chanqamaslik
(tib.adipsiya), 
suvo‘tmaslik, yurolmaslik 
(med.abaziya), bitmaslik 
(tib.nezarasheniye) va h.k.; 
-
chan+lik: 
eruvchanlik, 
zirhteshuvchanlik, 
sezuvchanlik, 
cho‘ziluvchanlik, oquvchanlik, yashovchanlik, o‘zgaruvchanlik
va h.k.; 
-li+lik: chidamlilik, kalloriyalilik, daromadlilik
va h.k.; 
-qoq+lik: botqoqlik, yopishqoqlik, chanqoqlik, qayishqoqlik
va h.k. ; 
 -(i)sh+lik: yanglishlik, cheklanishlik, yemishlik, botishlik
va h.k.; 
-roq+lik: yaltiroqlik, chinqiroqlik, o‘troqlik, baqiroqlik
va h.k. 
-lik// -liq
affiksi chet tillardan kirgan so‘z yasovchi morfemalar 
yordamida yuzaga chiqqan yasama so‘zlardan ot-terminlar hosil qiladi: 
-boz+lik : miltiqbozlik, fohishabozlik, guruhbozlik, qimorbozlik, 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin