bayroqdor, nishondor
; 2) mavjudlik, egalik
sifatlarini yasashda qatnashadi:
zarbdor; mahsuldor, chiqimdor
(Usmonov
O.1975; 51-56)
, hissador, aybdor, qarzdor, mansabdor, puldor, mulkdor va
h.k.
-dosh
affiksli so‘z yasovchi model
Mazkur qolip terminlar hosil qilishda mahsuldor bo‘lib:
ijtimoiy sharoit, umumiy turmush, hamkorlik, hamdo‘stlik ma’noli
shaxslar nomini ifodalovchi ot-terminlar yasaydi:
yurtdosh, maslakdosh,
quroldosh, kursdosh, polkdosh, frontdosh, sinfdosh
va h.k.;
boshlang‘ich, dastlabki asosdan kelib chiqqan sifat, xususiyatni
anglatuvchi terminlarni shakllantiradi:
jinsdosh, ohangdosh, yo‘ldosh ( tib.
platsenta) va h.k.;
ba’zi bir tilshunoslik terminlarini voqelantiradi: sifatdosh, ravishdosh,
undosh, shakldosh, o‘zakdosh, uyadosh, ma’nodosh, turdosh
va h.k.
Mazkur model o‘zbek tili texnika terminlarini yasashda qatnashmaydi.
Ammo botanika terminlari tizimida o‘ta sermahsulligi bilan ajralib turadi:
chinniguldosh,
ayiqtovondoshlar,
boshoqdosh,
chuchmomadoshlar,
ziradosh, ra’nodosh, tokdosh, gulnavshodadosh
va h.k.
-do‘z
affiksli so‘z yasovchi model
Forscha-tojikcha –do‘z suffiksli mazkur kammahsul model biror-
bir narsa, buyumni tikuvchi shaxs nomini bildirad
i: mo‘ynado‘z, etikdo‘z,
kavushdo‘z, yelkando‘z
va h.k.
-kar, -kor //-gar/ -gor
affiksli so‘z yasovchi model
Fors-tojik tilidan kirib kelgan ushbu suffiksli model yordamida
muayyan kasb-hunar egalarini anglatuvchi terminlar yasaladi:
chilangar,
63
zargar, da’vogar, sholikor, javobgar, tadbirkor, tajovuzkor (
Usmonov 1975;
51-56),
bastakor, qasoskor, hamkor
va h.k.
-kash
affiksli so‘z yasovchi model
Kelib chiqishi forscha-tojikcha hisoblanuvchi –kash affiksi
ishtirokida yasalgan terminlar ma’lum kasb-hunar bilan mashg‘ul shaxsni
ifodalaydi:
chizmakash, arrakash, ko‘chirmakash, tarafkash
va h.k. O‘zbek
tili texnika terminlarini hosil qilishda o‘ta kammahsuldir.
– noma
affiksli so‘z yasovchi model
Forscha-tojikcha so‘z-affiksli ushbu model asosan hujjat, yozuv,
xat, hujjat nomi namunasi ma’nosini anglatadigan terminlarni yasaydi(URSl
1988;723):
bayonnoma, vasiyatnoma, guvohnoma, ahdnoma, shartnoma,
ma’lumotnoma, axborotnoma, shahodatnoma, sulhnoma, pandnoma,
aybnoma, dalolatnoma
va h.k.
-parast
affiksli so‘z yasovchi model
Fors-tojik tiliga tegishli suffiks yordamida voqelangan ushbu model
shaxsni nomlovchi terminlarni hosil qiladi:
amalparast, butparast,
insonparast, shaxsiyatparast, xudoparast, aqidaparast, shahvatparast,
qonunparast, hokimiyatparast
va h.k.
-parvar affiksli so‘z yasovchi model
Fors-tojik tilidan o‘zlashgan –parvar suffiksi ishtirokida
reallashgan bu kammahsul model shaxs otini anglatuvchi oz sonli
terminlarni yasaydi:
yetimparvar, vatanparvar, insonparvar, xalqparvar,
sulhparvar, yurtparvar
va h.k.
-soz
affiksli so‘z yasovchi model
Forscha-tojikcha –soz suffiksli mazkur so‘z yasovchi model shaxs
nomini ifodalovchi ot-terminlar yasashda nisbatan faolligi bilan ajralib
turadi. –soz suffiksi qatnashuvi bilan hosil qilingan qator derivatlarning
o‘zbek tili texnikaviy terminologiyasi tizimida nisbatan faol qo‘llanishi
kuzatiladi::
Dostları ilə paylaş: |