Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/66
tarix20.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#157879
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi

tishlong‘ich
(tishla-moq ) (Kononov 1960; 119-120). 
-(i)sh
affiksli so‘z yasovchi model 
Mazkur sermahsul model hozirgi o‘zbek adabiy tilida 
tubandagi terminlarni hosil qiladi: 
ish, harakat nomini bildiradi – 
siljish, otish, tutish, quturish, 
achish, bijg‘ish, so‘rilish, yoyilish, minalashtirish
(harb.) va h.k. ; 
hodisa, jarayon, ba’zan natija yoki harakat nomini uning aniq 
moddiy ifodasidan kelib chiqqan tarzda ifodalaydi (Kononov 1960; 116
): 
urush, 
urish 
(tib. 
yurak 
urishi), 
quyilish, 
bukish, 
purkash, 
g‘umbaklashish, urug‘lanish, changlanish, chekinish, qo‘riqlash, 
shishish, yaralanish 
va
 
h.k.
 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida katta qo‘lamdagi texnika 
terminlarining aynan 
–(i)sh
affiksli model yordamida yasalayotganini 
alohida ta’kidlash zarur. 
Biz tomondan olib borilgan kuzatuv –(i)sh affiksining ayniqsa 
hozirgi o‘zbek tili harbiy terminologiyasi tarkibiga kiruvchi terminlarni 
yasashda faol va mahsuldor ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu affiks fe’l 
asoslarga qo‘shilib talay motivlangan terminlarni hosil qiladi: 
og‘ish, 
tutish, uchish, qo‘nish, portlash, saflash,qo‘riqlash, niqoblash, tekshirish, 
kodlashtirish, 
tisarilish, 
pelenglash, 
bazalashtirish, 
panalash, 
qirish,chekinish
va h.k. 
Tahlilga tortilayotgan model shuniningdek, huquqiy terminlarni 
ham yasashda faolligi va mahsuldorligi bilan xarakterlanadi: 
undirish, 
takomillashtirish, aniqlash, tugatish, almashtirish, qonunlashtirish
va 
h.k. Ayni holatni jismoniy tarbiya va sport terminologiyasida ham 
kuzatamiz
: sakrash, suzish, chopish, yiqitish, urish (gol), uzatish
va h.k. 
-ma
affiksli so‘z yasovchi model
XIV asrdan e’tiboran faol qo‘llanashga kirgan urg‘u 
tushuvchi –ma affiksli sermahsul model quyidagi turfa ma’no-
mazmunlarni ifodalovchi terminlarni yuzaga keltiradi:
1) natija, voqea-hodisa, jarayon, kamdan-kam hollarda esa ish-
harakat nomini ifodalaydi (Kononov 1960;118): 
otishma, payvandlama, 
ko‘chirma, aylanma
(1.suv o‘rami; 2. doira
), ko‘rgazma, tenglama
(mat.), 
qo‘chma
(til.ma’no), 
yollanma
(harb. armiya),
aylanma
(harb. harakat), 
qo‘shilma
(harb.), 
uzatma 
(sport) va h.k.; 
2) kasallik turlarni bildiradi: 
toshma, bo‘g‘ma, terlama, 
qichima, o‘sma
va h.k.;
3) taom, ovqat nomlarini anglatadi
: dimlama, qiyma, suzma, 
o‘rama, qatlama, qaynatma
va h.k.; 
4) narsa-predmet, buyum nomini ifodalaydi
: tortma, chizma, 
chatishma, tirkama, to‘shama, moslama
(asbob), 
quyma, bosma
(qo‘l 
richagi), 
to‘qima, eritma, qorishma, aralashma, ag‘darma, qurilma, 
sochma 
(harb. o‘q), 
yig‘ma
( harb. ko‘prik), 
ko‘tarma
(harb. ko‘prik; tex. 
kran), 
tirkama
va h.k. 
Xullas, yuqorida keltirilgan ashyoviy materiallar 
–ma 
affiksli 


66
modelning ham ilmiy, ham texnikaviy ma’noni anglatuvchi terminlar 
yasashdagi mahsuldorligidan dalolat beradi.
-(u)v//-(o)v
affiksli so‘z yasovchi model 
O‘zbek 
adabiy 
tili 
grammatikasiga 
xos 
mavjud 
adabiyotlarning ba’zi birlarida 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin