netabayt, ping, piksel, plagin, rastr, gigabayt, gigabit, interfeys, megabayt, terabayt, exabayt, zettabayt, yottabayt, portativ, additiv ,
tilshunoslikka
doir
abzats, agglyutinatsiya, aksent, analogiya, apokopa, grammatika, denotat, diglossiya, jargon, ideogramma, intonatsiya, kalka, konvergensiya, semasiologiya, sotsiolekt, jismoniy tarbiya va sportdagi
boks, futbol, xokkey, kikboksing, konfu, karate, gimnastika, arena, stadion kabi
terminlar shular sirasidandir.
2)
Ayni bir termin bilan bir nechta yoki har xil ma’nolarni
ifodalash. Terminologiyada salbiy jihat hisoblangan mazkur holat
qator terminlar sistemasidagi chalkashliklarni yuzaga keltirishi
mumkin. Masalan,
byulleten leksemasi 1. xabarnoma; 2. byulleten
(saylov byulleteni); 3. varaqa (kasallik varaqasi) ma’nolarida
ishlatilmoqda. Terminning faqat yakka ma’noni ifodalashi
lozimligini hisobga oladigan bo‘lsak, ayni holatni o‘nglash borasida
jiddiy ishlarni amalga oshirishning zarurligi oydinlashadi.
3)
Bir ma’noni ifodalashda ikki, ba’zan bir nechta termin-
sinonim (dublet, leksik variant)larning parallel ishlatilishi.
Terminologiyaga oid tadqiqot ishlarining barchasida bir ma’noni
ifodalash uchun faqat bitta termin qo‘llanishi zarurligi bot-bot takrorlangan.
Shunga qaramasdan, nafaqt o‘zbek terminologiyasi, balki boshqa til
teraminologiyalarida ham muayyan ma’noning bir nechta termin-sinonimlar
yoki dubletlar va leksik variantlar yordamida ifodalanishi ko‘zga tashlanadi.
Tibbiy terminlar tizimida qo‘llanayotgan
aqlpastlik- telbalik; zayflik-sustlik; ko‘rlik-so‘qirlik; tortishish-qisqarish-tarang tortish, iqtisodiy terminlar
sirasidagi
budjet-mablag‘, hisobchi-buxgalter, homiy-sponsor, bo‘nak- avans, hisob varag‘i-to‘lovnoma, taftish-reviziya, kirim-debit, qarzdor- debitor , soliq va bojxona terminologiyasidagi
jarima-peniya, dallol-broker, qiymat-tannarx, badal-vznos, daromad-tushum-foyda, xaridor-mijoz-sotib oluvchi, soliqchi-soliq yig‘uvchi, bojmon-bojxonachi, ijtimoiy, harbiy,
huquqshunoslik terminlari sistemasidagi
diktator-yakka hokim, aparteid- irqiy ayirmachilik, vazifa- funksiya,ofitser-zobit, gipoteza-faraz-taxmin,
53
prolongatsiya-uzaytirish, konversiya-o‘zgartirish-almashtirish, jarayon terminlari qatoridagi boshqarish-boshqaruv, yig‘ish-yig‘uv, ko‘paytirish- ko‘paytiruv, siqish-siquv, sport sohasidagi
penalti-11 metrlik jarima, birinchilik-chempionat, qoshimca taim-overtaiym singari terminlar shular
jumlasidandir.
O‘zbek terminshunoslari oldida yuqorida keltirilgan muammolar
qatori tubandagi masalalarni ham hal etish mas’uliyati ko‘ndalang turibdi:
umumqo‘llanish xarakteridagi ba’zi terminlarning mutanosib
variantlarining mavjud emasligi;
ilm-fan va texnika soha terminlarini tartibga solish hamda bir
xillashtirishning qoniqarsizligi;
terminlarni qo‘llashda imloviy chalkashliklarga yo‘l qo‘yish;
terminografiya masalalariga bugungi talablardan kelib chiqib
yondashish, turli turdagi terminologik lug‘atlar tuzish va nashr qilish
jarayonini boshqarish hamda nazorat qilishning sustligi;
turli sohalarda qo‘llanuvchi terminlar aynanligini ta’minlaydigan
metodik qo‘llanma va davriy byulletenning mavjud emasligi;
terminologik leksika, ayniqsa, Mustaqillik davri ilmiy-texnikaviy
terminlar haqida olib borilayotgan nazariy tadqiqotlarning qoniqarli
emasligi;
terminologiya masalalari bilan maxsus shug‘ullanadigan boshqaruv
hamda monitoring organining yo‘qligi.
O‘zbek terminologiyasi tizimida tub terminlar qatori derivativ
terminlarning
ham
roli
salmoqlidir.
Tub
terminlar
o‘zbek
terminologiyasining barcha shakllanish va rivojlanish bosqichlarida ko‘zga
tashlanadi. Xususan: