54
dissertatsiyalar himoya qilingan, talaygina monografiya hamda maqolalar
e’lon qilingan. Termin yasalishi ham o‘zbek tilshunoslari diqqat markazidan
o‘rin olgan sohalardan sanaladi.
Termin yasalishida morfologik, sintaktik hamda semantik usullar o‘ta
mahsuldor va faol bo‘lib, bularning ko‘magida terminologik tarkib muttasil
boyib, taraqqiy etmoqda.
O‘zbek tili terminlarining
aksariyatini motivlangan, ya’ni so‘z-
terminlar (qo‘shimchalar bilan yasalgan), termin-qo‘shma so‘z, termin-
birikmalar hamda semantik (asosan metaforik) ko‘chim asosida hosil
qilingan terminlar tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda,
terminlarning
salmoqli qismi motivlanmagan, ya’ni o‘zbek tilining o‘z sodda so‘zlari,
o‘zlashmalar, termin-kalkalar va antrponimlardan metonimik ko‘chim
vositasida voqelangan.
So‘z turkumlari nuqtai nazaridan o‘zbek tili terminologiyasi asosan ot,
sifat, ravish va fe’l so‘z turkumlariga xos so‘zlardan iborat. Shak-shubhasiz,
ot-terminlar o‘zbek terminlogiyasining poydevorini tashkil etadi. Ayni
paytda, sifat turkumiga dahldor so‘zlarning terminologik leksika tarkibi
taraqqiyotidagi o‘rni salmoqli ekanligini ham yoddan chiqarmaslik lozim.
Fe’l-terminlar ham o‘zbek terminologiyasining sezilarli ulushi sanaladi.
O‘zbek tilida morfologik usul bilan termin yasalishi umumadabiy til
leksik birliklarini hosil qiluvchi ayni so‘z yasovchi qo‘shimchalar
hamda
so‘z yasovchi qolip (model)lar yordamida amalga oshiriladi.
Affiksal termin yasalishi umumadabiy so‘zlarning hosil qilinishi
singari juda qadimdan yetakchi va sermahsul usul hisoblanadi. O‘z vaqtida
Mahmud Koshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy, Ibn Muhanna lug‘atlarida,
XIII-XIV asrlarda turkiy til grammatikasiga
doir arab tilida yaratilgan
risolalarda, Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida o‘zbek
(turkiy) tili so‘z yasalishi vositalari va yo‘llari haqida qimmatli ma’lumotlar
keltirilgan edi.
Hozirgi paytda o‘zbek tili so‘z yasalishi masalasiga tegishli ilmiy
adabiyotlarda so‘z yasovchi affikslarining to‘la tarkibi ma’lum darajada
tartibga solingan.
Affiksatsiya usuli bilan yasalgan ot turkumli termin (turdosh
ot) lar.
1. Ot (sifat) turkumli so‘zlardan yasalgan terminlar.
-
chi
affiksli so‘z yasovchi model
O‘ta sermahsul va turg‘un hisoblanmish
–chi
affiksli
model hozirgi
55
o‘zbek terminologiyasi tizimida amaliy qo‘llanishda qolayotgan katta
miqdordagi terminlar bilan ifodalangan. Mazkur model turdosh otlar
yasovchi modellar qatorida eng mahsuldorligi va faolligi bilan ajralib turadi
(Gulyamov 1955; Shoabdurahmonov 1980;175-178; Begmatov 1985;132-
133). Mazkur model ot so‘z turkumidan aksariyat shaxs oti, ish - harakatni
bajaruvchi, biron kasb bilan shug‘ullanuvchi, ijtimoiy mansublik (SHerbak
1977;103; Sravnitelno-istoricheskaya grammatika 1988;144-146) kabi
ma’nolarni ifodalovchi otlarni hosil qiladi.
-chi
affiksining tarixiy taraqqiyoti
jarayonida harakat-holat, kasb-
hunar, mutaxassislik ma’nolarni ifodalashi ravshan namoyon bo‘ladi. VII-
XIV asr qadimgi turkiy runik hamda eski turkiy til yozma manbalarida
ushbu affiks ishtirokida yasalgan
Dostları ilə paylaş: