liberallik, safarbarlik, jangovorlik, ishtahasizlik
(tib.giporeksiya),
mentallik
va h. k.;
belgi - xususiyat, sifat yoxud holatni ifodalovchi ot-terminlar
yasaydi:
zichlik, suyuqlik, tenglik, ko‘rlik
(tib.ablepsiya
), sarosimalik,
gomogenlik, debillik, betoblik, amalparastlik, betaraflik, qo‘poruvchilik,
barqarorlik. taqiqlanganlik
va h.k.;
qandaydir yumush, mashg‘ulot, vazifaga mo‘ljallangan narsa, buyum,
ashyo nomini ifodalaydi:
urug‘lik, qishlik, paxtalik, taglik
va h.k.;
onda-sonda
–lik//-liq
affiksli otlar qatnashchi, ishtirokchi nomini
anglatadi:
boshliq
;
ma’lum bir joy, yerni nomlovchi ot(eko)-terminlar yasaydi:
tog‘lik,
qirlik, jarlik, qumlik, bo‘shliq, tuzlik
va h.k.;
shaxsning yashash o‘rni, turar joyi, kasb -hunari, biror narsaga
moyilligi, mashg‘ulot turi, xizmat joyi, maqomi kabi ma’nolarni ifodalovchi
ot-terminlarni voqelantiradi:
askarlik, ovchilik, fuqarolik, prezidentlik,
rektorlik, jarrohlik, mashinistlik, kosmonavtlik, radistlik, shaharlik, bosh
vazirlik, feldsherlik, general-gubernatorlik, prokurorlik
va h. k.;
hosil qiluvchi asosning ko‘lami, hajmi yoki sifati natijasi ma’nolarini
ifodalovchi ot-terminlarni shakllantiradi
: yettilik, birlik
(1. gram. birlik; 2.
mat. bir
), ko‘plik, ikkilik, to‘rtlik
va h.k;
pul birliklari nomlarini bildiruvchi terminlar yasaydi:
so‘mlik,
dinorlik, dollarlik, markalik, liralik, somonlik, tangalik, tiyinlik v
a h.k;
texnika bilan band bo‘lgan soha yo‘nalishlari hamda korxonalar
nomlarini atovchi terminlarni hosil qiladi:
temirchilik, payvandchilik,
chilangarlik,
aviasozlik,
po‘latsozlik,
mashinasozlik,
kemasozlik,
samolyotsozlik, robotsozlik, raketasozlik
va h.k;
muayyan hodisa, voqea, ko‘rinishni anglatuvchi ot-terminlarni
shakllantiradi:
jinoyatchilik, huquqbuzarlik, homiylik, vasiylik, badihago‘ylik,
maddohlik, chala tug‘ulganlik
va h.k.
-lik//liq
affiksi yasama so‘zlar bilan birikib, asl o‘zbekcha terminlarni
voqelantiradi. Bunday holatlarda u tubandagi qo‘shimchalar ishtirokida
turfa termin – derivatlar yasaydi:
59
-siz + lik
:
vaznsizlik, uyqusizlik
(tib.agripniya
), shuursizlik, daxlsizlik,
madorsizlik, ishsizlik, nikohsizlik, malakasizlik, moliyasizlik, daxlsizlik,
xavfsizlik
va h.k.;
-
dosh + lik:
o‘rindoshlik, quroldoshlik, qarindoshlik, polkdoshlik
va
h.k.;
-mas+lik: chanqamaslik
(tib.adipsiya),
suvo‘tmaslik, yurolmaslik
(med.abaziya), bitmaslik
(tib.nezarasheniye) va h.k.;
-
chan+lik:
eruvchanlik,
zirhteshuvchanlik,
sezuvchanlik,
cho‘ziluvchanlik, oquvchanlik, yashovchanlik, o‘zgaruvchanlik
va h.k.;
-li+lik: chidamlilik, kalloriyalilik, daromadlilik
va h.k.;
-qoq+lik: botqoqlik, yopishqoqlik, chanqoqlik, qayishqoqlik
va h.k. ;
-(i)sh+lik: yanglishlik, cheklanishlik, yemishlik, botishlik
va h.k.;
-roq+lik: yaltiroqlik, chinqiroqlik, o‘troqlik, baqiroqlik
va h.k.
-lik// -liq
affiksi chet tillardan kirgan so‘z yasovchi morfemalar
yordamida yuzaga chiqqan yasama so‘zlardan ot-terminlar hosil qiladi:
-boz+lik : miltiqbozlik, fohishabozlik, guruhbozlik, qimorbozlik,
Dostları ilə paylaş: |