aksiyadorlik jamiyati (aksionernoye obshestvo),
erkinlashtirish (liberalizatsiya
), tijorat banki (kommercheskiy bank),
muzyorar (ledokol),
kichik biznes (maliy
biznes),
soliq stavkasi (nalogovaya stavka),
tadbirkor (predprinimatel),
xususiy sektor (chastniy sektor),
infratuzilma (infrastruktura),
ekologik xavfsizlik (ekologicheskaya bezopastnost),
siyosiy ekstremizm (politicheskiy
ekstremizm),
potensial xavf-xatar (potensialnaya ugroza),
mintaqaviy mojaro (regionalniy konflikt),
nevrojarohat (tib.nevrologiya),
tabofalajlik (tib.taboparalich),
ekspert kengashi (ekspertnaya komissiya),
yuridik shaxs (yuridicheskoye litso),
plastik kartochka (plastikovaya kartochka),
kichik biznes subyektlari (subyekti malogo biznesa),
moliyaviy organlar (finansoviye organi),
raqamli tarmoq (digital network),
manzil niqobi (address mask),
alfa-sinov (alpha testing),
yashil kompyuter (green
computer),
elektron hamyon (electronic purse) va h.k. shular jumlasidandir.
O‘zlashma terminlarni muqobili bilan almashtirish ham faol sanaladi:
burun chig‘anog‘i (tib. nosovaya rakovina),
miya oyoqchalari (tib. nojki
mozgoviye),
logistik markaz (logisticheskiy
sent),
suyaklanish (tib.okosteneniye),
betoblik (tib.nedomoganiye),
so‘roq (komp.polling),
tuynuk (komp.hatch),
sukut (komp.default) va h.k.
Chet tili terminlarini so‘z yasalishi usullari (so‘z yasovchi
modellar) asosida yangidan yuzaga kelgan yasamalar bilan almashtirish
jarayonida o‘zbek tili lug‘at fondidan
oluvchi (adresat),
jo‘natuvchi (adresant),
tavsiyanoma (xarakteristika),
buyurtma (zayavka),
narxnoma (preyskurant),
ma’lumotnoma (spravka
), fuqarolik (poddanstvo),
daxlsizlik (immunitet),
ishbilarmon (predprenimatel)
, ta’mirchi (restavrator),
tiriltirish (tib. ojivleniye),
jismoniy shaxs (fizicheskoye litso
), g‘aznachi (kassir),
aqlli tarmoq (komp. smart network),
kalitli nomlash (komp. indexing) singari
ko‘pgina terminlar mustahkam o‘rnini topdi.
O‘zbek tili terminologiyasi tizimida muayyan tushunchalarning
muqobili bo‘lmaganligi bois ularni bitta so‘z bilan ifodalashning imkoniyati
cheklangan. Chetdan kirib kelayotgan tushunchani bir qancha so‘zlar
yordamida izohlash yoki tavsiflash terminologiya talablariga ziddir. Mana
shunday holatlarda ruscha-baynalmilal terminlar donor tilda qanday shaklda
bo‘lsa o‘zbek tiliga ayni shu shaklda tayyor tarzda qabul qilinadi. Masalan:
budjet – budjet
, kredit - kredit,
atom - atom
, gidrolokatsiya – gidrolokatsiya,
deduksiya - deduksiya,
gerb – gerb
, auditor – auditor,
repatriatsiya –
repatriatsiya,
fraksiya – fraksiya,
profitsit- profitsit,
integratsiya -integratsiya,
diplomatiya -diplomatiya,
texnologiya -texnologiya,
solyari -solyari,
44
stomatologiya -stomatologiya,
timidin -timidin,
gers- gers
, volt -volt,
amper- amper,
mentalitet- mentalitet,
kislorod -kislorod,
uglerod -uglerod va h.k.
Ayni holatni tilshunoslik terminlari sistemasida ham kuzatamiz:
aksent, artikulyatsiya, fonetika, fonema, diftong, reduksiya, metateza, dissimilyatsiya, logografiya, affiks, pragmatika, sintagmatika, semantika, idioma, infinitiv, gerundiy, semiotika, sinergetika, mentalingvistika, morfologiya, konsept, geshtalt, biolingvistika, diskurs va h.k.
Ilm-fan,
texnika
va
ishlab
chiqarishning
shiddat
bilan
rivojlanayotganligi, jahonning taraqqiy etgan mamlakatlarida sodir
bo‘layotgan globallashuv va integratsiya jarayonlari tillarning o‘zaro jips
aloqalarga kirishi ularga xos leksik fondning boyishiga zamin yaratdi.
Chunonchi,
bugungi
hayotni
zamonaviy
axborot
kommunikatsiya
tarmoqlari, xususan, internet va ushbu sohada qo‘llanuvchi terminlar
sistemasisiz tasavvur etishning aslo imkoni yo‘q. O‘zbek tili terminologiyasi
tarkibiga kirib kelayotgan internet terminlari asosan o‘zlashmalardan iborat
bo‘lib, ularni ikki, ya’ni ingliz tilidan aynan o‘
zlashgan overley, paket, peydjing, trakt, petebayt, ping, piksel, plagin, gigabayt, terabayt, exabayt, kross-brauzer va h.k. hamda rus tilidan o‘zlashgan
yakor, massiv, magistral, shlyuz, shrift, adaptatsiya kabi guruhlarga ajratish o‘zini oqlaydi. Shu jouda
yakor o‘rnida
langar, shlyuz o‘rnida
to‘g‘on ,
shrift o‘rnida
harf ,
magistral o‘rnida
shoxyo‘l leksemalarini qo‘llashni tavsiya etish mumkinligini qayd
etamiz.
O‘zbek tili terminologiyasining hozirgi holatida o‘z hamda
o‘zlashmalarning yonma-yon qo‘llanayotganiga shohid bo‘lamiz. Ushbu
jarayon avvalgi terminologiya tizimidagi meyor va yangi leksik birlik
o‘rtasidagi qarama-qarshilik, “yashash uchun kurash”dan guvohlik beradi.
Tabiiy,
raqobatalashayotgan terminlardan qaysi biri o‘zbek tili
terminologiyasi tarkibidan munosib o‘rin egallashini lisoniy hayot, nutqiy
amaliyot va vaqt ko‘rsatadi. Hozircha ikki dubletli terminlar jumlasiga
aksiya - harakat, aksiya; arxeolog– qadimshunos, arxeolog; blok - ittifoq, blok (deputatlik); veto - veto, ta’qiq; ofitser – zobit, ofitser; reanimatsiya – jonlantirish, reanimatsiy; termin - atama, termin; embargo – embargo, ta’qiqlash; sivilizatsiya – sivilizatsiya, tamaddun; kollegiya – hay’at, kollegiya; denonsatsiya - denonsatsiya, bekor qilish; tif - tif, terlama; transplantatsiya-transplantatsiya, ko‘chirib o‘tkazish; mikrokredit- mikrokredit, mikroqarz; terapiya-terapiya, davolash; smeta-smeta, xarajatlar loyihasi; kliyent-server - kliyent-server, mijoz-xodim; agent-vakil, agent; anketa - so‘rovnoma; anketa, apellyatsiya - shikoyat, apellyatsiya; akklamatsiya-olqish, akklamatsiya (yur.) va h.k.lar kiritilmoqda.
Ba’zi vaziyatlarda, mobodo biron bir tushuncha ikki, ya’ni o‘z va
o‘zlashma (ruscha-baynalmilal) termin bilan ifodalansa, shubhasiz, afzallik
o‘zbekcha terminga beriladi –
tilshunoslik (lingvistika),
nazoratchi (inspektor),
qalam haqi (gonorar),
nizom (ustav),
giyohvandlik
(narkomaniya
), zahira (rezerv
), tenglik (paritet),
hokim (mer),
jarroh (xirurg),
sil (tuberkulez),
dorishunos (farmatsevt),
dorishunoslik
45
(farmatsevtika),
tasnif (klassifikatsiya),
imlo (orfografiya), qatag‘on
(repressiya
), sayyora (planeta),
tirkama (pritsep
), tovon (reparatsiya) va h.k.
Kimyo terminologiyasida faol qo‘llanuvchi
oltin-aurum, kumush- argentum, margimush-arsen, oltingugurt-sulfur, temir-ferrum singari
terminlarning lotincha dubletlaridan kimyoviy reaksiyalar formulalarini
o‘qishda istifoda etiladi (Madvaliyev 2017, 22).
O‘zlashma terminlarning ma’lum guruhi o‘zbek tili qonunlariga
bo‘ysungan tarzda uning fonetik va grammatik xususiyatlariga moslashadi.
Chunonchi, o‘zlashma terminlarning o‘zbek tili fonetikasiga moslashuvi
quyidagi jihatlari bilan oydinlashadi:
1) fonemalarning qisqarishi:
avinos (avianosets),
raketanos (raketanosets),
minanos (minonosets),
farmatsevtik (farmatsevticheskiy,
akustik (akusticheskiy)); 2) fonemalardagi tovush almashinuvi:
mayoq (mayak
), o‘choq (ochag),
plashch-palatka (plash-palatka) va h.k.
O‘zbek tilida qurilishi jiddiy o‘zgarishlarga uchragan o‘zlashma
terminlar kategoriyasiga
qo‘mita (komitet),
bombardimon (bombardirovka),
qo‘mondon (komanduyushiy),
pudrat (podryad) kabilarni kiritish o‘rinlidir.
O‘zbek terminologiyasi tizimida o‘zlashmalardan o‘zbekcha so‘z
yasovchi affikslar ishtirokida yangi hosil qilingan terminlar keng miqyosda
qo‘llanishga kirib kelgan. Xususan,
bombardimonchi (bombardirovshik),
dozimetrchi (dozimetrist),
generallik (generalskiy),
raketasozlik (raketostroyeniye),
patronli (patronniy),
gusenitsali (gusenichniy),
betonlash (betonirovaniye),
ionlanish (ionizatsiya);
modernizatsiyalash (modarnizatsiya),
kodlash (kodirovaniye),
kompyuterlashtirish (kompyuterizatsiya),
avtomatlashtirish (avtomatizatsiya) kabi ashyoviy
misollar qayd etilgan fikrni tasdiqlashga xizmat qiladi.
Mustaqillik yillari o‘zbek tili lug‘at fondining boyib borishida
respublika xalq xo‘jaligi uchun mutlaqo yangi sohalarning shiddat bilan
shakllanishi va rivojlanishi kabi favqulotda muhim omillar sezilarli
ta’sir ko‘rsatdi. 1996 -yilda Andijon viloyati Asaka shahrida Janubiy
Koreyaning DEU (DAEWOO) avtomobil korporatsiyasi bilan
hamkorlikda “O‘zDEUAvto” qo‘shma korxonasining ishga tushirilishi
natijasida O‘zbekiston dunyodagi 28 ta avtomobilsozlik davlatlari
qatoridan munosib o‘rin oldi. 1999-yilda Samarqand shahrida
“SamKochAvto” o‘zbek-turk qo‘shma korxonasi avtobuslar va yuk
mashinalarni ishlab chiqarishga kirishdi. Hozirgi paytda Yaponiya va
Germaniya avtokompaniyalari hamkorligida “Isuzu” avtobuslari hamda
“Man” yuk mashinalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
“O‘zDEUAvto” qo‘shma korxonasining amerika avtomobil
ishlab chiqarish giganti "Jeneral Motors"(General Motors) tarkibiga
singdirilishi oqibatida bugungi talablarga to‘la javob beradigan, yuqori
tezlikka ega, har tomonlama qulay hamda yoqilg‘ini tejaydigan yengil
avtomobillarning yangi rusumlarini ishlab chiqarish maqsad qilib
qo‘yilgan. Buning natijasida o‘zbek tilida ushbu soha terminologiyasi
tubdan takomillashdi. O‘zbek terminologiyasi Tiko (Tiko,) Damas
46
(Damas), Neksiya (Neksia), Lasetti (Lacetti), Matiz (Matiz), Spark
(Spark),Epika (Epika), Kaptiva (Kaptiva), Malibu (Malibu), Kobolt
(Cobolt) singari Respublikada konveyyerga qo‘yilgan yengil
avtomobillarning tijoriy nomini anglatuvchi atamalar hisobiga yana
ham boyidi.
Sobiq sho‘rolar davlatining tanazzulga uchrashi va
qulashidan keyin kommunistik mafkura bilan bog‘liq barcha
tushunchalar, ularni ifodalovchi so‘z hamda terminlar o‘zbek tili lug‘at
tarkibidan batamom barham topdi.
O‘zbekiston mustaqil va suveren davlat sifatida jamiyatni
tom ma’nodagi demokratiya asosida taraqqiy toptirish yo‘lini tanladi.
Demokratik jamiyatni va davlatni barpo etishda milliy davlatchilik
an’anlariga aloqida e’tibor qaratildi. Milliy tiklanish va o‘zlikni anglash
yo‘nalishi ustuvor, deb e’lon qilindi.
Turmushda tubdan sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-
madaniy o‘zgarishlar yangi tushunchalar, yangi nomlanishlarning
voqelanishiga olib keldi. O‘zbek tilining leksik xazinasi mustaqil
mamlakat yuritayotgan milliy siyosatni aks ettiruvchi rang-barang
so‘zlar va terminlar bilan kengaydi. Bunday terminlar safiga tubandagi
faktik misollarni kiritamiz:
milliy o‘zlik, milliy davlatchilik, milliy siyosat, siyosiy islohot, ma’naviy qadriyat, Harakatlar strategiyasi, “Obod mahalla”, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, yo‘l xaritasi va h.k.
Bo‘linish tamoyillari negizida yangi davlat boshqaruvi
organlarining tuzilishi va faoliyat olib borishi pirovard natijada
Oliy Majlis, senat, Vazirlar Mahkamasi, qonun chiqaruvchi organ, ijro etuvchi organ, nazorat qiluvchi organ, sud hokimiyati, departament, konsern, xolding, kompaniya, hokimlar instituti, nodavlat ijtimoiy birlashma, mas’uliyati cheklangan jamoa, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitasi kabi ko‘pdan–ko‘p terminlarning muomalaga kirishiga turtki
berdi.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tilishi
asosida terminologik leksika
milliy valyuta, kichik biznes, o‘rta biznes, xususiy tadbirkorlik, qimmatli qog‘ozlar bozori, tadbirkorlar palatasi, konsalting, injiniring, lizing firma, biznes-inkubator, biznes-reja, diller, makler, demping, davlat boji, mulk dahlsizligi, likvid aksizlar, fyuchers bitimlar, majburiy ijro singari qator yangi terminlar bilan tag‘in ham
kengaydi.
Ma’lumki, O‘zbekiston kamdan-kam uchraydigan ulkan
yoqilg‘i-energetik mabalariga egaligi bilan dong chiqargan. Neft, gaz
va kondensatning g‘oyat katta zahiralari nafaqat ichki ehtiyojni to‘la
qondirish, balki ularni xorijga eksport qilish imkonini yaratdi.
Ushbu sohaga taalluqli
neft zaxirasi, neft koni, neft maxsulotlari, gaz kondensati, metan, og‘ir neft, propan, butan, polimer materiallar, polietilen, polivinilxlorid, nitrilakril kislota, suyultirilgan gaz, xom neft singari turfa terminlar darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari,
47
ilmiy-ommabop adabiyot hamda mahalliy matbuot sahifalarida faol
qo‘llanib kelmoqda.
Milliy istiqloldan so‘ng O‘zbekistonda kechgan agrar islohat,
so‘zsiz, qishloq xo‘jaligini qayta qurishda yetakchi ahamiyatga ega
bo‘ldi. Sobiq sho‘rolardan qolgan kolxoz va sovxozlar tugatildi. Qabul
qilingan “Yer kodeksi”ga muvofiq dehqon va fermer yer mulkdoriga
aylandi. Fermer xo‘jaliklari o‘zlariga bildirilgan umid va ishonchni
sharaf bilan oqladilar. Respublika agrar sektorida olib borilayotgan
islohatlar
mulkdor, mulkdorlar sinfi, fermer xo‘jaligi, ko‘p ukladli iqtisodiyot, tomorqa xo‘jaligi, subsidiya, pay, investitsiya, investor, innovatsiya, ijara pudrati, yangicha xo‘jalik yuritish singari mutlaqo
yangi tushuncha va realiyalarning yuzaga chiqishini ta’minladi.
Ma’lumki, o‘tgan asrning oxiri-yangi XXI yuzyillikning
boshida jahon ahli o‘ta jiddiy va xavfli bir jihat, ya’ni inson va tabiat
o‘rtasidagi asimmetrik munosabat, to‘g‘rirog‘i, insonning tabiat
qonuniyatlariga bepisandlik bilan aralashuvi natijasi o‘laroq tabiatdagi
muvozazantning izdan chiqishi, azon qatlamining yemirilishi,
haroratning meyordan ko‘tarilishi, muzliklarning erishi bilan
chambarchas bog‘liq ekologik hodisalarga o‘z diqqatini qaratishga
majbur bo‘ldi. Chunonchi, nafaqat Markaziy Osiyo, balki Yevropa
mamlakatlari uchun ham katta xavf tug‘dirayotgan Orol fojiasi shular
jumlasidandir. Orol dengizining hozirgi sathini saqlab qolish, suvning
qochishi oqibatida dengiz o‘zanidan osmonga ko‘tarilayotgan tuz va
qum bo‘ronlarining oldini olish, suv qochgan yerlarga turli daraxtlar
ekish, ihotalar barpo etish orqali dengiz bo‘yida hayot kechirayotgan
aholi turmush tarzini yaxshilash, sog‘ligini himoyalash singari ustuvor
maqsadlarni hayotga tatbiq etish maqsadida mamlakatimizda Ekologiya
harakati tashkil etildi. Ushbu ekstralingvistik omil, tabiiy, ijtimoiy
xarakterga ega tilda ham aksini topdi, ya’ni boshqa tillarda bo‘lgani
kabi o‘zbek tili ekologik terminologiyasi o‘z taraqqiyotining
navbatdagi bosqichiga qadam qo‘ydi. Bir necha asrlik shakllanish
jarayonini boshidan kechirgan ekologik terminlar sistemasi ayni vaqtda
ekologik vaziyat, ekologik fojia, ekopoyezd, ekosistema, global ekologiya, geoekologiya, biosfera, antropogen ifloslanish, agroekologiya, chang konsentratsiyasi, chiqindilarni qayta ishlash, chuchuk suv singari nisbatan yangi termin yoki termin-birikmalar
hisobiga kengayib bormoqda.
Hozirgi vaqtda fan va texnika sohlarida yuz berayotgan shiddatli
rivojlanish, innovatsiya respublika aholisi faoliyatining turli qirralariga
samarali ta’sir o‘tkazmoqda. Fan va texnika qo‘lga kiritgan eng oxirgi
muvaffaqiyat va yutuqlar asosidagi yangi texnika vositalariga egalik
qilinmoqda. Ushbu texnika va texnologiya vositalari nomlarini
anglatuvchi terminologik leksika o‘zbek tili lug‘at tarkibining kundan-
kunga boyib, kengayib borishida munosib ulush bo‘lib qo‘shilmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda ta’kidlash lozimki, Mustaqillik
48
davri o‘zbek terminologiyasi o‘z qaror topish yo‘lining boshlanish
nuqtasida turibdi. U o‘zbek tilshunosligining muhim sohasi sifatida
yillar davomida yig‘ilgan tajribalar zaminida taraqqiy etmoqda,
takomillashmoqda va kengaymoqda.