Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 5,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/66
tarix26.12.2023
ölçüsü5,57 Kb.
#197928
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66
terminologiya majmua

bedizchi
( rezchik po derevu, kamnyu, 
vayatel)(DTS,90), 
bitkachi
(pisets, 
pisar)(DTS,10), 
ayg‘uchi
(sovetnik)(DTS,28), 
alimchi
(zaimodavets, kreditor) (DTS,35), 
altunchi 
(zolotix del master)(DTS,40) singari juda ko‘p terminlar qo‘llangan. 
Mahmud Zamaxshariy qalamiga mansub “Muqaddimat ul-adab” lug‘atida 
bu qo‘shimcha ishtirokida yasalgan, turli kasb va hunar egalarini anglatuvchi 
yigirmadan ortiq nomlar qayd etilgan
: paxsachi
(vozvodyashiy glinobitniye 
steni), 
yag‘chi
(maslodel
), chag‘irchi
(vinodel), 
bichaqchi
(nojovnik) va 
h.k.( Dadabayev 1990; 80).
O‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy “Muhokamat ul-
lug‘atayn” asarida 
–chi 
affiksining vazifasiga alohida diqqat qaratgan holda, 
uning 
qurchi, xizanachi, yarag‘chi, chavganchi, nayzachi, shukurchi, 
yurtchi, shilanchi, axtachi, qushchi, barschi, qoruqchi, tamg‘achi, jibachi, 
yorg‘achi, halvachi, kemachi, qoychi 
singari turfa mansab va rutbalarni 
ifodalashdagi faolligini ta’kidlaydi. Alisher Navoiyning yozishicha
, qazchi, 
quvchi, turnachi, kiyikchi, tavushqanchi 
kabi qush ovi bilan bog‘liq 
ko‘pgina terminlar ham 
–chi
affiksi ko‘magida yasalgan (Alisher Navoiy 
1967;116-117). 
Ilmiy-texnikaviy inqilob davrida, globallashuv, internet va 
kompyuterlashtirish asrida 
–chi
affiksli modelning so‘z yasash imkoniyatlari 
va doirasi bir necha barobar oshib ketdi. 
Ushbu modelning so‘z yasashdagi vazifasi o‘zbek tilining 
terminologik so‘z yasalish meyorlarida ham yaqqol namoyon bo‘ladi. 
-chi
bilan yasalgan otlarning ma’noviy o‘ziga xosliklari u 
qo‘shilayotgan o‘zakka hamda uning o‘ziga tegishli bo‘lgan xususiyatlar 
ta’sirida shakllanadi. 
-chi
affiksli ot – terminlar semantik strukturasiga ko‘ra bir qancha 
guruhlarga bo‘linadi. 
1. Biron bir kasb-hunar, mutaxassislik bilan shug‘ullanuvchi 


56
subyekt nomini ifodalovchi terminlar: 
traktorchi, sportchi, vositachi, neftchi, 
kabelchi, elektrchi, ekskavatorchi, hisobchi, soliqchi, uchuvchi, to‘quvchi
va 
h.k. 
Umumiy hodisalar hamda kasb-hunar, mutaxassislik terminlari 
qatori ularning o‘z terminologiyasiga ega bo‘lgan turli soha va yo‘nalishlari 
ham mavjuddir. 

chi
affiksi kasb-hunar, mutaxassisliklarning umumiy ma’nosini 
bildiruvchi so‘zlarga qo‘shilib, ushbu kasb-hunar va mutaxassisliklarga 
taalluqli ot-terminlarni yasaydi: 
xizmatchi, tilchi, jangchi, chorvachi
va h.k.; 
muayyan kasb-hunar, mutaxassislikning aniq sohasida band bo‘lgan 
shaxsni anglatuvchi ot-terminlarni hosil qiladi: 
tankchi, avtomatchi, 
dozimetrchi, zenitchi, pontonchi, karatechi, gimnastikachi, voleybolchi, 
bo‘yoqchi, betonchi, montajchi, payvandchi, g‘ijjakchi, skripkachi, 
rubobchi, nog‘orachi, dasturchi, raketachi
(tex.) va h.k. 
-chi
affiksli model kasb-hunar, faoliyatning aniq sohasini 
ifodalovchi nomlardan rang-barang mazmun-ma’noli otlarni yuzaga 
chiqaradi. Chunonchi: 
a) qandaydir narsa-predmet, buyum, ashyo yaratuvchi subyekt 
nomini bildiruvchi terminlar yasaydi: 
taqachi, gilamchi, domnachi, 
muqovachi, beshikchi, tanburchi, dutorchi
va h.k.; 
b) ayni kasb, hunar, mutaxassislik bilan shug‘ullanuvchi shaxs 
nomini anglatuvchi terminlarni hosil qiladi: 
ayg‘oqchi, qo‘poruvchi, 
ixtirochi, arendachi, auksionchi, surushtiruvchi, taftishchi, sinovchi
va h.k.; 
v) muayyan kasb-hunar sohasida qo‘llanuvchi asbob-uskuna, 
jihoz, buyum, texnika vositalari nomlaridan ushbu texnika vositalarini 
boshqaruvchi shaxslar otini yasaydi: 

Yüklə 5,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin