Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/103
tarix20.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#54011
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   103
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

Alisher Navoiy:

Kecha kelgumdur debon, ul sarvi gulro‘ kelmadi,

Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Ismoil Xatoyiy:

Dәmbәd

əm yol gözlәrәm, ol sevgi yarım gәlmәdi,

Qalmışam qış möhnәtindә, novbaharım gәlmәdi.

XVI  asrning  ikkinchi  yarmi  va  XVII  asrning  boshlarida 

Ozar boyjonda  yashagan  mashhur  shoir,  mohir  nosir,  man­

bashunos  olim,  xattot  va  miniatyurachi  rassom  Sodiqbek 

Afshor Sodiqiy ham Alisher Navoiy g‘azallaridan ilhomlanib 

naziralar,  shuningdek,  «Majolis  un-nafois»  asari  ta’sirida 

«Majma’ ul-xavos» tazkirasini yozgan. Sodiqiyning «She’rlar» 

asaridagi 40 ta ozarboyjoncha g‘azalni Navoiyning «Xazoyin 

ul-maoniy» kulliyotidagi 2600 ta o‘zbekcha g‘azal bilan maz­

mun, shakl va uslub jihatdan taqqoslaganimizda, Sodiqbek Af­

shorning Navoiy g‘azallaridan adabiy ta’sirlangan holda 21 ta 

nazira yozgani aniqlandi. 

Alisher  Navoiy  asarlarining  ozarboyjon  shoirlari  ijodi­

ga  ta’siri  natijasida  ozarboyjon  mumtoz  adabiyotida  bebaho 

asar lar  yuzaga  keldi  va  «oltin  davr»  boshlandi.  Alisher  Na­

voiyning  ozarboyjon  adabiyotiga  ta’siri  va  adabiy  merosi-

ning o‘rganilishi, g‘azallarining Ne’matulloh Qishvariy ijodiga 

ta’siri hamda Sodiqbek Afshor Sodiqiy ijodida Alisher Navoiy 

an’analari masalalari o‘zbek va ozarboyjon adabiyotshunosligi 

uchun muhim tadqiqot maydoni bo‘lib qolaveradi. 




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin