Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/103
tarix20.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#54011
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   103
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

Nizomiy

Navoiy

Fikrlar ko‘proq badiiy yo‘sinda 

aks etgan

Fikrlar nisbatan ochiq, hatto, Odam 

va undan keyingi payg‘ambarlar­

ning Muhammad (a.s.)ga nisbatan 

mavqeyi aniq qayd etiladi.

Payg‘ambarning islom rivojida 

ko‘rsatgan jasoratlari va ulug‘ zot 

ekani,  sharafini  ta’kidlashga  ko‘p 

e’tibor qaratgan. Fikrlarini asoslash 

uchun payg‘ambar mo‘jizalari, 

xususan, «shaqqal­qamar» voqea­

si, payg‘ambarning harbiy harakat­

lari xususida to‘xtaladi.

Ilohiy mo‘‘jizalar xususida so‘zla­

gan bo‘lsa­da, ko‘proq payg‘am­

barning yangi shariat barpo etgani 

va uning oqibatlari haqida so‘z 

yuritadi.

Na’tda  Navoiyda  kuzatilgan  Mu­

hammad (a.s.) zoti tasviridan to 

unga Qur’on nozil bo‘lgunga qa­

dar vaqtning sabab­oqibat tarzida­

gi ifodasi yo‘q.

Tartib orqali tushunarlilik, badiiy 

tasvirdagi  tizimlilikni  ta’minlash­

dan tashqari, koinotning yarati­

lishi ham muayyan tartibga ega 

ekani, jumladan, Muhammad 

(a.s.) ana o‘sha jarayonda muhim 

o‘rin tutishini ko‘rsatib berishga 

muvaffaq bo‘lgan.

Nizomiy  va  Navoiyning  me’roj  borasidagi  qarashlari  juda 

uyg‘un, lekin Navoiy bu bobda ham o‘z ijodiy prinsipiga mu­

vofiq yangi yo‘ldan yurishga intilgan. 

Har  ikki  ijodkor  payg‘ambarning  Tangri  huzuridan  qayti­

shi tasvirida ham o‘ziga xoslik ko‘rsatgan. Navoiy Muhammad 

(a.s.)ning  bir  damlik  safardan  buyuk  himmati  bilan  umma­

ti murodini hosil qilib qaytganiga diqqatni qaratsa, Nizo miy 

me’roj  voqeasidan  so‘ng  choriyorlarga  sano  aytadi.  Nizo-

miyning  bu  tasvirlari  debochanavislik  an’anasiga  muvofiq, 

chunki  Sharq  debochalarida  manoqib  doimiy  tarkibiy  qism 

sanalgan .

Alisher  Navoiyning  badiiy  mahorati,  kashfiyotlari  mohi­

yatini  to‘g‘ri  va  to‘la  ko‘rsatish  uchun  u  tayangan  manbalar 

bilan atroflicha tanishish, ular orasidagi bog‘lanishlar xususi­

yatini tahlil qilish zarur. Bu ma’lum faktning saralanishidan 

boshlab, shaklla nishi, badiiy tasviri va talqiniga qadar bo‘lgan 

oraliqda  ijodkorlarning  individualligini  aniqroq  tasavvur  qi-

lish imkonini beradi.

Xamsanavislik  doirasidagi  iskandarnomalar  Sharqda  ya-

ratilgan  Iskandar  qissalarining  oltin  halqasi.  Ular  qadimgi 

davrdan  muallif  davriga  qadar  bo‘lgan  folklor,  diniy-tarixiy, 

adabiy-falsafiy  merosning  ensiklopedik  umumlashmasi  va 

hosilasi sifatida namoyon bo‘ladi.




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin