qo‗llanishi barchaga ma‘lum. Ammo sintaktik tahlil jarayonida o‗quvchi-talabalar
64
belgisiz qo‗llangan to‗ldiruvchini egadan farqlay olmay qoladilar. Bunda bizga
ushbu metod ko‗mak beradi.
– Ushbu topshiriq individual holda amalga oshiriladi.
– Quyidagi gaplardagi egalarni aniqlang: 1. Men bolaligimda ko‗p kitob
o‗qiganman. 2. Men hozir she‘r yodlayapman. 3. Biz akam bilan kecha yangi
film ko‗rdik. 4. Kitobdan chizma ko‗chiring. 5. Qizil qalamda xat yozdim. 6.
Qarilari kutadi mehmon, pazandasi yopadi shirmon. 7. Ukamga kitob oldim.
– O‗quvchilardan birining taxminiy javobi: 1- men, 2- men, 3- biz, 4- chizma, 5-
xat, 6- mehmon, shirmon, 7- kitob yoki 1- kitob, 2- she‘r, 3- film, 4- chizma, 5-
xat, 6- mehmon, shirmon, 7- kitob kabi.
– Yuqoridagi gaplarda vositasiz to‗ldiruvchilarni belgili holatda o‗qiydi: 1.Men
bolaligimda ko‗p kitobni o‗qiganman. 2.Men hozir she‘rni yodlayapman. 3.Biz
akam bilan kecha yangi filmni ko‗rdik. 4. Kitobdan chizmani ko‗chiring.
5.Qizil qalamda xatni yozdim. 6.Qarilari kutadi mehmonni, pazandasi yopadi
shirmonni. 7.Ukamga kitobni oldim.
– So‗ng ushbu gaplar tushum kelishiklarini tushirib, o‗rni bilingan holda
o‗quvchilarga taqdim qilinadi: Nuqtalar o‗rniga kerakli o‗rinlarda tushum
kelishigini qo‗yib chiqing. 1. Men bolaligimda ko‗p kitob.. o‗qiganman. 2.
Men hozir she‘r.. yodlayapman. 3. Biz akam bilan kecha yangi film.. ko‗rdik.
4. Kitobdan chizma.. ko‗chiring. 5. Qizil qalamda xat.. yozdim. 6. Qarilari
kutadi mehmon.. , pazandasi yopadi shirmon.. . 7. Ukamga kitob.. oldim.
O‗quvchilar tushum kelishigini qo‗yib chiqadilar, bunda tushum kelishi
qo‗llanmasa-da, o‗rni sezilib turgani bois egani belgisiz qo‗llangan
to‗ldiruvchini farqlaydilar.
– Keyingi bosqichda morfemikaga doir bilimlarni mustahkamlaymiz. Savol:
Tushum kelishigi qaysi o‗rinlarda belgisiz qo‗llanmaydi?
65
Javoblar quyidagicha bo‗lishi lozim: Tushum kelishigi quyidagi hollarda belgisiz
qo‗llanmaydi: a) tushum kelishigi va u bog‗langan fe‘l o‗rtasida boshqa so‗z kelsa.
Masalan, she‘rni to‗liq yodlamoq; b) tushum kelishigi qo‗shimchalari atoqli otga
qo‗shilganda tushib qolmaydi: Alisherni ko‗rdim; c) tushum kelishigi
qo‗shimchalari olmoshlarga qo‗shilganda tushib qolmaydi: Faridaga shuni berib
qo‗ying; d) tushum kelishigi qo‗shimchalari sifatdoshga qo‗shilganda tushib
qolmaydi; e) tushum kelishigi qo‗shimchalari harakat nomiga qo‗shilganda tushib
qolmaydi: bolangiz o‗qish-yozishni o‗rganyapti kabi.
Dostları ilə paylaş: