III. Mavzu bo„yicha o„tkazilgan tajriba-sinov ishlari.
3.1. Tajriba sinov materiallari.
Ta‘limda har bir hodisa, jarayonlar ma‘lum nazariya va ilmga asoslangan holda
olib borilishi lozim. Biz, O‗zbek tili va adabiyotini o‗qitish fakulteti 404-guruh
talabalari ham Alisher Navoiy nomidagi AL da 4 yil davomida o‗zlashtirilgan
bilimlarimizni hamda bitiruv malakaviy ishimizni amaliyotga tatbiq qilish
maqsadida fevral-aprel oylarida pedagogik amaliyotda bo‗ldik.
Men I.Vasila dars o‗tadigan guruhlarda dars o‗tish ko‗nikma-malakalarni
egalladim. 104- va 105- guruhlarda ―Gapning bosh bo‗laklari‖ mavzusida darslar
tashkil etdim. Avvalo, 105-guruhda an‘anaviy usulda ―Gap bo‗laklari‖ mavzusini
ochib berishga harakat qildim. Bunda o‗quvchilarning o‗zlashtirish ko‗rsatkichi
70% ni tashkil etdi.
So‗ngra innovatsion metod hamda texnologiyalarga asoslanib, ―Gap bo‗laklari‖
mavzusida 23-aprelda 104-guruhda ochiq dars o‗tdim. Natijada, o‗quvchilarning
o‗zlashtirish ko‗rsatkichi 81% ni tashkil etdi.
Darsni tashkil etishda interfaol hamda muammoli ta‘lim metodlaridan
foydalandim. Xususan, darsni ―Keys stadi‖, ―Bekatlar‖ metodlari asosida olib
borib, ―Issiq kartoshka‖, ―Insert‖, ―FSMU‖, ―Klaster‖,―Topding – yechding‖,test
topshiriqlaridan foydalandim. Avvalo, dars tashkiliy qism bilan boshlanib, uyga
vazifa tekshirilgandan so‗ng ―Gapning bosh bo‗laklari‖ mavzusida darsning asosiy
qismiga o‗tdim. Dars shioriga e‘tibor qaratib(O‗quv qunt beradi, bilim sharaf-shon,
shu ikkov tufayli ulug‗dir inson. (Mahmud Qoshg‗ariy)), ularning fikrini bilib
oldim. Bu shiorni qo‗llashda ilmning ahamiyati, ilmli insonnig ulug‗lanishini
ifodalagan holda o‗quvchilarni yanada chuqurroq bilim olishga da‘vat etish ko‗zda
tutildi. Bir nechta metodlarni o‗zida qamrab olgan “Manzillar” texnologiyasini
qo‗llash orqali vaqatdan unumli foydalanish hamda darsning jonli o‗tishi
ko‗zlandi. Amalga oshirish bosqichlari bekatlar tarzida nomlanib, har bir bekatda
turli topshiriqlar amalga oshirishga harakat qilindi. 1-bekatda o‗quvchilar
69
guruhlanib, o‗zlariga nom qo‗yadilar. Guruhlarga ―davlat‖ maqomi berilishi
ulardagi guruh manfatini himoya qilish hissini kuchaytiradi. 2-bekatda guruhlardan
bittadan vakil chiqib, ―Ha/yo„q” metodining ishtirokchilariga aylanadilar. Ushbu
jarayonda guruhlardan uchtagacha vakillar ishtirok etishi mumkin. Birinchi
ishtirokchilarga mavzudan tashqaridagi jumboq savollardan berilishi orqali
o‗quvchilarni jarayonga kirgizib olishni maqsad qilinadi. Keyingi vakillarga o‗tgan
mavzuga oid faktlar ―Ha/yo‗q‖ holda keltirib o‗tiladi, zukko o‗quvchilardan
tezkorlik talab qilinadi. Bu topshiriq guruhdagi barcha vakillarni uyg‗otib, go‗yoki
ularni savollarga javob berayotgan guruhdoshining o‗rnidadek his uyg‗otadi. 3-
bekatda esa yangi mavzu va matn bilan ishlashga mo‗ljallangan “Insert”
texnologiyasi amalga oshiriladi. O‗quvchilar tarqatilgan matnni o‗qib chiqishib,
gapda eganing qo‗llanishiga e‘tibor beradilar va egalarni belgilaydilar. O‗qish
jarayonida matnda maxsus belgilar qo‗yib borishadi: + buni bilaman, - buni bilmas
edim, ? buni mukammal bilmoqchi edim singari. Egalari topilmagan gaplar sababi
―Klaster texnologiyasi orqali ochib beriladi‖. 5-bekatda “SAN” (Samarali, axloqiy,
nazokatli) texnologiyasini qo‗llaymiz. Bunda o‗qituvchi mavzu va biror nutq
uslubi yozilgan qo‗g‗oz varaqalarini tarqatadi, o‗quvchilar mavzuga oid xuddi shu
uslubda matn yaratadilar, matnda eganing ishtirokiga ko‗ra barcha turlari ishtirok
etishi lozim. Berilgan muddat tugaganidan so‗ng o‗z matnlarini guruh oldida
namoyish(taqdimot)
qilib
beradilar.
Mazkur
texnologiyaning
maqsadi
o‗quvchilarda yakka, jamoaviy, guruh bilan ishlash, ijodiy va tashkilotchilik
faoliyati ko‗nikmalarini, ishga mas‘uliyat bilan yondashuvni shakllantirish,
yaratuvchanlik, tadqiqotchilikka yo‗naltirish, o‗quvchilar og‗zaki va yozma nutqini
rivojlantirishdan iborat. 6-bekat takrorlash bosqichi bo‗lib, bunda ―Raqiblar
bahosi‖ metodini qo‗llaymiz, darsda faol ishtirok etmagan guruh qatnashchilaridan
bittadan o‗quvchini peshtaxta oldiga chaqiramiz, ular 2-3 min ichida shaxsi
noma‘lum gaplardan misollar yozishlari kerak. Shart talabiga ko‗ra, raqib
guruhlardan boshqa a‘zolar chiqarilib raqibining yozganlarini tekshiradi. Bunda
ham natijalar tekshiriladi, ham baholovchi talabaning bilimi ham ―baholanadi―.
70
Asosiy maqsad – o‗zaro hurmat, ishga mas‘uliyat bilan yondashish,
kuzatuvchanlik va xolis baho bera olish ko‗nikmasini shakllantirishdan iborat.
Shundan so‗ng “Besh barmoq” metodini qo‗llaniladi. O‗qituvchi talabalarni
shu uchta guruhlarni qayta nomlaydi: voqelik, muammo, yechim.
Kesim haqidagi bilimlarni eslab olish maqsadida ―Test-so„rov” metodini
qo‗llaymiz, ochiq test savollari guruhlarga tarqatiladi. Shu orqali muammoli savol
yuzaga keltiriladi. O‗qituvchi peshtaxtaga “Sabab nima?” savolini yozadi. Gaplar
tahlil qilinadi. Guruhlar 5 daqiqa mobaynida umumiy xulosaga kelishlari va uni
e‘lon qilishlari zarur, ya‘ni berilgan ikki gapdan qaysi biri sodda gap ekanligini
aytishlari zarur. Shundan so‗ng xulosani o‗zingiz chiqaring nazdida ―savollar
zanjiri‖ni keltirish orqali guruhlar xulosani o‗zlari chiqarishlari maqsad qilinadi.
So‗ng O.Genrining ―So‗nggi yaproq‖ hikoyasini audio shakli o‗qib eshittiriladi.
Unda ilgari surilgan g‗oya xususida fikr yuritadilar. Bunda guruh o‗qituvchi guruh
a‘zolariga “O„z fikringni bayon et” da‘vatini berishi guruh vakillarini fikrlashga
undaydi. Guruh talabalari o‗z fikrlarini bildiradilar, fikrlarga munosabat
bildiradilar. Ushbu jarayonda har qanday fikr inobatga olinishi lozim, talabalar
asosliroq fikrlar ta‘sirida o‗z fikrlarini o‗zgartirishlari mumkin bo‗ladi. Har bir
guruh uch qismga bo‗linib, ularning ikki qismi guruhlarga tarqatiladi. Yangi
tuzilgan guruhlar o‗zaro ―fikr bahsi‖ni davom ettiradilar va yakdil xulosaga
kelganliklarini e‘lon qiladilar. “FSMU” metodini qo‗llanishi ularning fikrlarini
dalillashni talab etadi. “Diqqat”metodini qo‗llash orqali o‗quvchilarga kesim
haqidagi nazariy ma‘lumotni berish maqsad qilinadi. Dars yakunida guruhlar
baholanishi o‗quvchilarning darslardagi faolligini oshirishga ko‗mak beradi. Uyga
topshiriq sifatida berilgan “Uyimizga kelgan g‗aroyib mehmon” mavzusida matn
tuzishda o‗quvchilar ham nazariy bilimlarini amalda qo‗llaydilar, ham nutqiy
malakalari ortadi.
Dostları ilə paylaş: |