57
Erkin bo‗ladilar samoda qushlar, Erkin
bo‗ladilar uyquda tushlar. Sahrolar
qo‗ynida shamollar erkin, Tutqun
bo‗lmasa gar xayollar erkin.
Erkin bo‗lmasa gar inson farzandi. –
uning oti quldir, unvoni – bandi.
Mustaqil bo‗loldi endi o‗zbegim,
Navoy, Boburim, ya‘ni o‗zligim.
3-guruh
4-guruh
Ozodlik
ajdodlar
quyoshi
bo‗ldi,
Armonim yoritgan yurtboshi bo‗ldi.
Bizlar sal qaridik, armon yoshlarda,
Yorug‗ kunga boqqan qaro ko‗zlarda
Ko‗p yillar siz uchun she‘rlar bitganmiz
Shu aziz kunlarni orzu etganmiz.
Millat ona bo‗lsa, siz – g‗uncha, bo‗ston
Kelajagi buyuk hur O‗zbekiston.
O‗quvchilar audio eshittirilib bo‗lingandan so‗ng topshiriqni bajarishga
kirishishlari lozim, chunki bu ularning xotira – esda saqlash qobiliyatlarini
rivojlantiradi. Umumiy javob A3 formatdagi oq qog‗ozda aks etishi kerak,
masalan, bitta qatnashchi bir gapni yozadi, keyin esa, qog‗oz bilan ruchkani
qo‗shnisiga uzatadi. U ham yozib, keyingi o‗quvchiga uzatadi. Ushbu ishda har
bir qatnashchi ma‘lum bir belgilangan rangda yozishi mumkin. Bu ko‗rish orqali
har bir qatnashchining umumiy fikrni shakllantirishga qo‗shgan ulushini his
qilishni kuchytiradi hamda ta‘lim beruvchiga har bir o‗quvchini qanday
qatnashayotganligini bilishga va belgilab qo‗yishga imkoniyat yaratadi: Samoda
qushlar erkin bo‗ladilar. Tushlar uyquda erkin bo‗ladilar. Shamollar sahrolar
qo‗ynida erkin bo‗ladi. Xayollar tutqun bo‗lmaganda erkin bo‗ladi.
b) Har bir guruh a‘zosi nasriy bayon qilingan sodda gaplardan birini, guruh
vakillarini ogoh qilgan holda, tanlab olib sintaktik tahlil qiladi, so‗ng ularning
ketma-ketligini ―zig-zag‖ usilida aks ettib, konvertga solgan holda topshiradi. Har
bir o‗quvchining individual holda harakatlanishidan maqsad o‗quvchilarning
mavzuni qanchalik tushunganliklarini anglashdir: Samoda(o‗rin holi) qushlar(ega)
erkin bo‗ladilar(kesim). Tushlar(ega) uyquda(o‗rin holi) erkin bo‗ladilar(kesim).
58
Shamollar(ega) sahrolar(qaratqich aniqlovchi) qo‗ynida(o‗rin holi) erkin
bo‗ladi(kesim). Xayollar(ega) tutqun bo‗lmaganda(payt holi) erkin bo‗ladi(kesim).
shamollar – ega
sahrolar - aniqlovchi
qo‗ynida – hol
erkin bo‗ladilar – kesim
c) Har bir qatnashchidan o‗zi uchun eng muhim bo‗lgan bitta savolni ifoda
qilishni taklif qilinadi, ulardan o‗zining ana shu savolini aytish, boshqalardan esa,
unga javob berish taklif qiladi. Bir nechta javoblarni eshitgandan so‗ng, zarurati
bo‗lsa, savol va javoblarni tahrir qiladi
V-bosqich. Ishni tugallash. Guruhlarda ishga yakun yasash, tahlil qilish, baholash.
Har bir shart alohida baholanadi: 1-topshiriqda guruhlar umumiy baholansa, 2-
topshiriqda individual, 3-topshiriqda umumiy baholanadilar.
VI bosqich. Natijalarni tahlil qilish, baholash, yakun yasash.
O‗qituvchi guruhlarning umumiy ishini baholab, o‗quvchilar tomonidan qanday
savollar berilganini tahlil qiladi va o‗zi uchun ushbu mavzuni o‗qitishni belgilab
qo‗yadi.