2. Topshiriq: 69-mashqdagi ―O‗g‗lim, senga aytaman‖ matnini o‗qing,
gaplardagi asosiy, hokim bo‗lakni aniqlang.
O‗g‗lim, senga aytaman
O‗g‗lonim, baxt va baxtiyorlikning soni ming bitta. Uning tusi ham turfa va
sonsizdir. Darvoqe, baxtiyorlikning o‗zi nima? Uning eng sodda ta‘rifi —
qoniqish. Senga taalluqli bo‗lgan insonlar, muhit va ishlaringdan ko‗ngling
to‗lishidir, ammo bu dunyoning hisob-kitobi juda qattiq: bermaguningcha,
ololmaysan! Har bir inson — iqlim yaratuvchi manba, nur uzatsang, atrofing
chaman bo‗ladi, muzlab tursang, bahorni ham qishga aylantirasan. Demakki,
baxtiyor bo‗lish uchun, avvalo, o‗zingni unga munosib ayla. Boshqacha qilib
aytganda, baxt senga tuhfa qilib berilmaydi, sen yo‗l topib uning qoshiga o‗zing
borasan. O‗g‗lon bolam, biz senga shu yo‗lingda ko‗makchi bo‗laylik.
(T. Sodiqova)
―Tilshunoslar‖ guruhining javobi:
kesim
Ming bitta, turfa va sonsizdir, nima,
qoniqish, ko‗ngling to‗lishidir, juda
qattiq, ololmaysan, iqlim yaratuvchi
manba, uzatsang, chaman bo‗ladi,
muzlab tursang, aylantirasan, munosib
ayla, berilmaydi, borasan, ko‗makchi
bo‗laylik.
3. A.G‗ulomov va M.Asqarovalarning ega haqidagi bergan nazariy ma‘lumoti
bilan tarnishing: Ega ikki sostavli gapning bosh bo‗laklaridan biridir, u
hokim sostavning grammatik markazi, shu sostavdagi bo‗laklarga ,
shuningdek, tobe sostavdagi bosh bo‗lakka – kesimga ham hokimdir.
71
Gapning grammatik va mazmuniy markazi egadir, kesim ham unga
71
Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Т.: Ўᴋитувчи, 1987. 76-б.
46
tobelanadi. Va yuqoridagi topshiriqni qaytadan bajaring, farqini ayting.
Ushbu nazariy faktni asoslang yoki rad eting.
―Kashfiyotchilar‖ guruhining javoblari:
Ega
Soni, tusi, o‗zi, ta‘rifi, hisob-kitobi,
inson, atrofing, baxt, sen, biz.
Biz ushbu fikrga qarshimiz, gapda ega ham, kesim ham birdek muhim.
Tadqiqot metodi o‗quvchilarga quyidagilarni aniqlashga yordam beradi.
Ta‘lim bosqichlarida gap bo‗laklari, ularning grammatik xususiyatlarining turli
tomonlari o‗rganiladi. ―O‗quvchilar boshlang‗ich sinflarda gap nima haqida
aytilganini bildirgan so‗zni (egani) va u haqda nima deyilganini bildirgan so‗zni
(kesimni) topishga o‗rgatiladi. Ega gapning kim yoki nima haqida aytilganini
bildirib, kim?, kimlar?, nima?, nimalar? so‗roqlaridan biriga javob bo‗lishi, kesim
ega haqida nima deyilganini bildirib, nima qildi?, nima qilayapti?, nima
qilmoqchi? kabi so‗roqlarga javob bo‗lishi, ega bilan kesim gapning bosh bo‗lagi
ekanligi, bosh bo‗laklardan boshqa bo‗laklar gapning ikkinchi darajali bo‗lagi
bo‗lishi, ikkinchi darajali bo‗laklar bosh bo‗laklarni va boshqa ikkinchi darajali
bo‗laklarni izohlab kelishi bilan tanishtiriladi‖
72
. Demak, boshlang‗ich sinf ona tili
ta‘limida o‗quvchilar, avvalo egani topishga yo‗naltiriladi. Bu esa gapning markazi
bo‗lgan kesimning boshqa bo‗laklarga nisbatlanmagan holda kesimlik shakllaridan
aniqlanishi, shu bois sintaktik tahlilda, avvalo kesim aniqlanishi lozimligiga zid
holatdir. Bunga sabab tilshunosligimizda ega gapning eng asosiy bo‗lagi deya
e‘tirof etgan gapning bir cho‗qqili nazariyasining ma‘lum vaqt ustuvor bo‗lganligi
bilan izohlanadi: ―Ega ikki sostavli gapning bosh bo‗laklaridan biridir. U gapning
hokim sostavining Grammatik markazi bo‗lib, shu sostavdagi elementlarga,
72
М.Оmilxonova. Маktabda оna tili sintaksisini o‗rgatish. Оna tili o‗qituvchilari uchun qo‗llanma. – Т.:
O‗qituvchi,1991. 20-b.
47
shuningdek tobe sostavdagi bosh bo‗lakka – kesimga ham hokimdir‖
73
. Shu bois
o‗quvchilarda gapda egani aniqlash ko‗nikmasi birmuncha sust rivojlangan bo‗ladi.
O‗qituvchi xulosasi esa quyidagicha: Bosh bo‗laklarga qaysi tamoyil asosida
qanday bo‗laklarning kiritilishi ham muammoli. Davr o‗zgargani sari
tilshunoslikdagi nazariya va qarashlar ham o‗zgarib boradi, gapning asosiy
markazi haqidagi qarashlar ham shundan dalolat beradi.Aslida har qanday ilmning
sirini o‗rganish o‗quvchi uchun muammo. O‗zi uchun noma‘lum bo‗lgan narsalar
haqida tushunchaga ega bo‗lishida o‗quvchiga ota-ona, atrofidagi yaqin
kishilarning hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Bu hamkorlik umumiy ma‘noda
o‗quvchining yangi bilimlarni olishiga sabab bo‗ladi. Bu izlanuvchanlik fanlararo
aloqani ham mustahkamlashi mumkin. Muammoli holatni hosil qiluvchi savollar
hayotda muhim ta‘limiy ahamiyatga ega bo‗lib, aqliy faollikni oshirishda muhim
o‗rin tutadi. Chunki javob uchun zarur bo‗lgan so‗zlarning ko‗pi o‗qituvchining
savolida jamlangan bo‗ladi. O‗qituvchi o‗z savoli orqali o‗quvchini yangi
ma‘lumotlarga, voqea-hodisalarga yo‗llaydi. Savol va topshiriqlar faqat so‗roq
gaplardan iborat bo‗lmay, balki talab, farmoyish, tasdiqlash shaklida ham bo‗lishi
mumkin. Axborotning kattaligi bo‗yicha savollar tor va keng shaklda beriladi. Tor
savollar muammoni yechishda maqsadga qisqa yo‗ldan borishga ko‗maklashadi.
Keng savollar esa ma‘lum sharoitlarda qo‗llanadi. Aslida tor savollar ketma-ketligi
muammoni atroflicha yoritish uchun zamin hozirlaydi. Ba‘zi holatlarda o‗quvchiga
berilgan muammoli savol uni ajablantirishi, hayotiy tushunchasiga nomuvofiq
bo‗lsa, uning o‗zi savolga savol bilan murojaat qilishi mumkin. Bunday hol
o‗quvchining diqqatini, e‘tiborini kuchaytiradi.
Xulosa o‗rnida aytish mumkinki, muammoli ta‘limga bo‗lgan ehtiyoj,
asosan, o‗qituvchilarning ilmiy dunyoqarashini oshirish, iloji boricha keng
ma‘lumot berish maqsadida vujudga keldi. Keyingi yillarda keng miqyosda
amaliyotda qo‗llanilishi hamda ijobiy natijalar berayotganligi bu usulning
imkoniyatlarini namoyish etadi.
73
A.G‗ulomov, M.Asqarova. hozirgi o‗zbek adabiy tili(sintaksis). Toskent – O‗qituvchi,1995.
|