2.2. Gap bo„laklarini o„qitishda interfaol metodlardan foydalanish
Insoniyat tarixida ta‘lim olishga ehtiyoj tug‗ilgan kundan boshlab, nimani
o‗rgatish, qancha o‗qitish, nima uchun o‗qitish, qanday usullar bilan o‗qitish
kerak? kabi savollar didaktika oldida turgan qadimiy va dolzarb masalalardan
sanaladi. Shu muammolarga bog‗liq holda kishilarning kundalik faoliyatida
maqsad, mazmun, natija kabi tushunchalar tez-tez uchrab turadi
74
.
Zamonaviy sharoitda ta‘lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‗li bu
mashg‗ulotlarni interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb hisoblanmoqda.
―Interfaol‖ tushunchasi ingliz tilida ―interactive‖ tarzida ifodalanib, lug‗aviy
―inter‖ – o‗zaro, ―active‖ – faol kabi ma‘nolarni anglatadi. Interfaol ta‘lim
o‗quvchi-talabalarning bilim, ko‗nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni
o‗zlashtirish yo‗lidagi o‗zaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta‘lim bo‗lsa,
interfaollik bunday harakatni tashkil etish layoqatiga egalikdir. Mantiqiy nuqtayi
nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy subyektlarning suhbat, dialog, o‗zaro
hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi. Interfaol
ta‘lim turlari ta‘lim jarayonining asosiy ishtirokchilari – o‗qituvchi, o‗quvchi-
talaba va ularning guruhi o‗rtasida yuzaga keladigan hamkorlik, qizg‗in bahs-
munozalar, o‗zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi.
Ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli
vaziyatlarda yechimlarni birgalikda izlash, o‗quv materiallarini o‗zlashtirishda ular
orasida o‗zaro yaqinlikni yuzaga keltirish, o‗zaro bir-birlarini hurmat qilishlari,
tushunishlari va qo‗llab-quvvatlashlari, samimiy munosabatda bo‗lishlari, ruhiy
birlikka erishishlari kabilar shakllantiriladi. O‗quv jarayonining interfaol ta‘lim
turlariga asoslanishi bir qarashda nihoyatda oddiy, sodda, hatto ―bolalar o‗yini‖
kabi taassurot uyg‗otadi. Ammo interfaol ta‘lim turlarini amaliyotda qo‗llash
uchun o‗qituvchining ma‘lum darajada quyidagi omillarga ega bo‗lishi talab
qilinadi: 1) ish tajribasi; 2) metodik malaka; 3) tayanch pedagogik-psixologik
74
Yo‗ldasheva D . Ona tili ta‘limi maqsadining tadrijiy taraqqiyoti. T.: O‗zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2013.
12-b.
49
bilimlar; 4) tashkilotchilik qobiliyati; 5) didaktik vositalar (axborot, tarqatma
materiallar, dars jihozlari)ga ega bo‗lishi; 6) o‗quvchi-talaba va ularning guruhi
o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarning ishonch va hurmatga asoslanishi; 7) o‗quvchi-
talabalar guruhining o‗zaro hamkorlikka erisha olishi; 8) axborotlarni taqdim
etishda xilma-xil metod, vositalarni samarali, o‗rinli, maqsadga muvofiq va o‗zaro
moslikda qo‗llashga erishishi.
―O‗qituvchi ta‘lim jarayonida interfaol ta‘lim turlari yordamida o‗quvchi-
talabalarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o‗z-o‗zini nazorat, o‗z-
o‗zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning
fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, muqobil
takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o‗z nuqtayi
nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini topishga intilish, murakkab
vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo‗ladi. Eng
muhimi, interfaol ta‘lim turlarini qo‗llash orqali o‗qituvchi o‗quvchi-talabalarning
aniq ta‘limiy maqsadga erishish yo‗lida o‗zaro hamkorlikka asoslangan
harakatlarini tashkil etish, yo‗naltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilish hamda
xolis baholash imkoniyatini qo‗lga kiritadi‖
75
. Odatda interfaol ta‘lim turlariga
asoslangan ta‘limiy harakatlar individual, juftlik, guruh, jamoa bilan ishlash kabi
shakllarda tashkil etiladi.
Interfaol ta‘lim turlarini qo‗llash jarayonida o‗quvchi-talabalar: guruh yoki
jamoa bilan hamkorlikda ishlash; tengdoshlari orasida o‗z g‗oyalarini erkin bayon
qilish, bilimlarini hech qanday ruhiy to‗siqlarsiz namoyish etish; muammoni hal
qilishga ijodiy yondashish; guruh yoki jamoadoshlari bilan ruhiy yaqinlikka
erishish; o‗z ichki imkoniyat va qobiliyatlarini to‗liq namoyon qila olish; fikrlash,
fikrlarni umumlashtirish va ular orasidan eng muhimlarini saralash; o‗z faoliyatini
nazorat qilish va mustaqil baholash; o‗z imkoniyatlari va kuchiga ishonch hosil
qilish; turli vaziyatlarda harakatlanish va murakkab vaziyatlardan chiqa olish
ko‗nikmalarini o‗zlashtirish kabi imkoniyatlarga ega bo‗ladi. Bugungi kunda ta‘lim
75
Tashpulatova F. Interfaol ta‘lim va uning turlari. ―Til va adabiyot ta‘limi‖ jurnali. T,2017. 2-son, 22-b.
50
tizimida quyidagi interfaol ta‘lim metodlari va texnologiyalari: ―Keys-stadi‖,
―Blits-so‗rov‖, ―Modellashtirish‖, ―Ijodiy ish‖, ―Munosabat‖, ―Reja‖, ―Suhbat‖,
―Bumerang‖, ―Debat‖, ―San‖, ―Davra suhbati‖, ―Insert‖, ―Aqliy hujum‖,
―Munozara‖, ―FSMU‖ amalga oshirilayotganligi barchaga ma‘lum.
Interfaol ta‘lim turlari o‗quvchi-talabalarda ―Gap bo‗laklari‖ mavzusini
o‗zlashtirishga bo‗lgan qiziqishni uyg‗ota oladi, zero, ko‗plab bilimli o‗quvchilar
Sintaksisni – gap, uning bo‗laklarini o‗zlashtirishda qiyinchiliklarga duch keladi.
Interfaol metodlar bilan endi bu qiyinchiliklarni yengish oson. Ushbu ta‘lim usuli
dars jarayonining har bir ishtirokchisini rag‗batlantiriladi, har bir o‗quvchi-
talabaning ruhiyatiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi, o‗quv materialining samarali
o‗zlashtirilishi uchun qulay sharoit yaratadi, o‗quvchi-talabalarga ko‗p tomonlama
ta‘sir ko‗rsatadi, ularda o‗rganilayotgan mavzular bo‗yicha fikr hamda
munosabatni uyg‗otadi, hayotiy zarur ko‗nikma, malakalarni shakllantiradi,
ularning xulq-atvorini ijobiy tomonga o‗zgartirilishini ta‘minlaydi.
Ushbu interfaol metodlarni qo‗llash jarayonida o‗qituvchidan o‗quvchi-
talabalarning yoshi va bilimini inobatga olish talab etiladi. Xususan, boshlang‗ich
sinflarda gap bo‗laklarini o‗qitishda ―Aqllilar shashkasi‖, ―Klaster‖, ―Gapni
kengaytirib aytish‖, ―Sinonimini top‖, ―Kim topqir‖, ―To‗rt taraf‖, ―Nilufargul‖,
―To‗g‗ri so‗zla, xato qilma‖ kabi interfaol metodlardan foydalanish maqsadga
muvofiq bo‗lsa, yuqori sinf o‗quvchilari hamda o‗rta maxsus ta‘limi o‗quvchi-
talabalari bilan olib borilgan dars mashg‗ulotlarida ―Qop-qop‖, ―Davra suhbati‖,
―Insert‖, ―Aqliy hujum‖, ―Ajurli arra‖, ―Debat‖, ―San‖, ―Munozara‖, ―Blits-o‗yin‖,
―FSMU‖, ―Raqiblar bahosi‖, ―Har kimga har kim o‗rgatadi‖, ―BBB‖, ―Bumerang‖,
―Besh barmoq‖, ―Grammatik yo‗qlama‖, ―Tarmoqlar(klaster)‖, ―Tezkor savol-
javob‖, ―Muzyorar‖ kabi interfaol metod va texnologiyalardan qo‗llash darsdan
ko‗zlangan maqsadga erishishga ko‗mak beradi.
Zamonaviy ta‘limni tashxis etishga qo‗yiladigan muhim talablaridan biri
ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga
51
erishish
76
da yangicha, interfaol yondashuv talab etiladi. Qisqa vaqt orasida
muayyan nazariy bilimlarni o‗quvchilarga yetkazib berish muhimligi bilan bir
qatorda o‗quvchilarning yosh xususiyatlari, o‗tilayotgan mavzu ko‗lami, turi
e‘tiborga olinishi lozim. 4-5-sinf o‗quvchilariga gap bo‗laklari mavzusi
tushuntirilganda, yuqoridagi talablardan kelib chiqqan holda, oson, sodda va qisqa
topshiriqlar berilishi maqsadga muvofiq. Avvalo, yangi mavzu bayon qilinishida,
xususan, kesim haqida ma‘lumot berilganda gap bo‗laklari tartibi tanishtirilib,
ularning o‗rni turg‗un holda tushuntirilib, gap bo‗laklari tartibining o‗zgarishi –
inversiya hodisasi bilan ular yuqori sinflarda tanishganlari maqsadga muvofiq.
Kim?
Kim bilan?
Qayerga?
Nima qildik?
Biz
muallimimiz bilan muzeyga
bordik.
Dostları ilə paylaş: |