Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuniga bag’ishlangan bayram ertaligining kompozisiyasi


Bulbul:Ey, hushovoz shoir, sen o’qigan she’rlar bulbullarning erta tongdagi navosidan ham yoqimli ekan. Nomingni balsam bo’ladimi? Alisher



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə58/87
tarix25.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#196990
növüKompozisiya
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   87
ALISHER-NAVOIY-TADBIRI

Bulbul:Ey, hushovoz shoir, sen o’qigan she’rlar bulbullarning erta tongdagi navosidan ham yoqimli ekan. Nomingni balsam bo’ladimi?
Alisher:Men Alisherman
Qushcha:Bildim, bildim, yangi chiqqan shoir ekansan-da. Endi sen o’zingga chiroyli bir nom tanlab, she’rlaringning ostiga o’sha nomingni qo’shib ketgin.
Avtor:Alisherga bulbulning “navo” degan so’zi yoqib qolibdi. Shundan so’ng u o’z she’rlariga “Navoiy” deya taxallus qo’yadigan bo’libdi.
3-o’quvchi:Alisher- bu bobomizning ismlari, Navoiy esa adabiy taxalluslari bolib, navo degani, kuy,sado, ohang, baxt degan ma’nolarni bildiradi.
4-o’quvchi:Alisher podsho abulqosim Bobur saroyidagi maktabda o’qiy boshlaydi. Bu yerda Husayn Boyqaro bilan tanishadi. Husayn undan 2-3 yosh katta bo’lishiga qaramay, Alisherning maktabdagi eng yaqin do’sti edi. Bu do’stlik keyin ham bir umrga davom etdi.
(sahna ko’rinishi)
Avtor:Kunlardan bir kun Alisher bilan Husaynni ustozi Lutfiy oldiga chaqirib shogirdlarining zehnini, nimaga qiziqishlarini bilmoqchi bolibdi. Har ikkalasiga ham bosh va qilich tasvirlangan suratni beribdi-da, unga sharh yozib kelishini topshiribdi. Ertasi kuni Alisher bilan Husayn ustozi oldiga tashrif buyurishibdi.
Ustoz: -Xo’sh, Husayn Mirzo, siz suratlarni qanday sharhladingiz?
Husayn: -Men qilichga hamdu sanolar aytib, jangu jadallar haqida madhiya yozdim.
Ustoz:-Xo’sh, Alisherbek siz-chi?
Alisher:-Ustoz, bosh-aql ramzi bo’lib, u insonlarga xizmat qiladi, qilich esa aqlga qarshi turib, boshg’a beadad kulfat soladi.
Lutfiy:- Ofarin, ofarin!
5-o’quvchi:Shoir butun umrini adabiyotga, ilmga baxshida etdi. She’riyat mulkining sultoni sifatida yetti iqlimga dovrug’ taratdi.
So’zdurki, nishon berur o’likka jondin
So’zdurki, berur jonga xabar jonondin.
Insonni so’z ayladi, judo hayvondin,
Bilkum, guhari sharifroq yo’q ondin.
6-o’quvchi:Mehr ko’p ko’rguzdim, ammo mehribone topmadim,
Jon base qilsim fido, oromi jone topmadim,
G’am bila jonimg’a yettim,g’amg’usore ko’rmadim,
Hajr ila dilxasta bo’ldim, dilistone topmadim.
Navoiyning eng katta orzusi butun hayotini yurti obodligiga va mangu yashaydigan bebaho asarlar yaratishga bag’ishlash edi.
1483-yil shoir besh dostonni o’z ichiga olgan “Xamsa” ni yozishga qaror qiladi. U maslahat uchun o’z piri Abdurahmon Joiy huzuriga boradi. Jomiy uni bu kirishuviga oq fotiha beradi.
7-o’quvchi:Navoiy “Xamsa”ni yaratishda ikki ulug’ maqsadni ko’zda tutadi. Bularning biri turkiy tilda mukammal asar yaratish bo’lsa, ikkinchisi o’zidan avval yaratilgan “Xamsa” namunalari bilan teng turadigan yangi, betakror besh mukammal doston yaratish edi. U ana shunday sermashaqqat ishni to’la-to’kis ado etdi.
8-o’quvchi:Xamsa besh dostondan iborat bo’lib, ular ichidagi eng yirik asar “Hayrat ul-Aror” deb ataladi. “Farhod va Shirin”, Layli va Majnun” dostonlari pokiza ishq bobida, “Sab’ai sayyor” dostonida 7 iqlimdan kelgan musofirlarning shoh Bahrom huzurida qilgan hikoyalari bayon qilinadi.
9-o’quvchi:“Saddi Iskandariy”da esa o’zi butun umr orzu qilgan odil shohni Iskandar timsolida tasvirlaydi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin