(o’quvchilar shoirning hikmatlar durdonasidan namunalar keltiradilar)
Hikmatlar
Hunarni asrabon netgumdir oxir
Olib tufroqqamu ketgumdir oxir.
Aytur so’zni ayt,
Aytmas so’zdan qayt
Har kimki birovga qozgay choh,
Ul choh aro tushgay o’zi nogoh.
Tilga ixtiyorsiz,
Elga e’tiborsiz.
Olamdan g’amsiz o’tay desang,
Ilm-u hunar o’rgan.
Izzat tilasang, kam de,
Sihat tilasang, kam ye.
Bilmaganni so’rab o’rgangan olim,
Orlanib so’ramagan o’ziga zolim.
Achchiq til zaharli nayzadek, sanchiladi.
Boshni fido ayla ato boshig’a.
Jismni qil sadqa ano boshig’a
Tun kuningni aylagali nuri fosh,
Birisin oy ayla, birisin quyosh.
Odami ersang, demagil odami,
Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami.
Oz-ozdan o’rganib dono bo’lur,
Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.
10-o’quvchi: -O’zbek badiiy tili hech qaysi shoir ijodida Navoiy tilichalik nafis, boy va go’zal jaranglagan emas. Bu til mavlono Lutfiyni qoyil qoldirdi, ulug’ Abdurahmon Jomiyni, olim Davlatshoh Samarqandiyni maftun qildi.
11-o’quvchi:
-Olimlar hisob-kitoblariga qaraganda, buyuk rus shoiri Pushkin o’z asarlarida 21 ming 197 ta betakror so’z ishlatgan. Shekspir salkam 20 servantes-18 mingga yaqin. Alisher Navoiy esa 1 million 378 ming 660 ta betakror so’z ishlatgan. Bu uning buyuk iste’dod sohibi ekanidan dalolatdir.
12-o’quvchi:
-Alisher Navoiy nafaqat buyuk shoir balki, yetuk davlat va jamoat arbobi ham bo’lgan. Husayn Boyqaro saroyida bosh vazir lavozimida ishlarkan, o’z xalqini har tomonlama himoya qilgan. O’z mablag’ining ko’p qismini yurt obodonchiligiga, xalq ehtiyojlari va kambag’allarga sarf etgan.
Mir Alisher va xasta odam
Sahna to’rida Mir Alisher Navoiy kitob mutolaa qilib o’tirganda, uning oldiga biro dam kelib, salomatligi yomonligidan shikoyat qiladi:
Bemor odam:-Mavlono Mir Alisher, siz ko’pni ko’rgan, dono odamsiz, shoirsiz, adolatparvar amirsiz, ammo tabiblikdan xabaringiz yo’qligi juda juda yomon-da.
Dostları ilə paylaş: |