Alisher Navoiy:-Qayeringiz og’riydi?
Bemor odam:-O’zim ham bilmayman, hamma joyim og’riydi, ammo tanamda issig’im yo’q.
Alisher Navoiy:-Unday bo’lsa, bir shifosi bor. Har kuni ertalab bir namoz vaqti,peshinda bir namoz vaqti, kechqurun yana bir namoz vaqti yet chopib, qolgan paytlarda o’z kasbingizni qiling, inshooloh, tezda tuzalib ketasiz…
Avtor:-oradan bir necha kun o’tgach, haligi odam yana Mir Alisherning oldiga kirib kelibdi.
Bemor: -Meni tanidingizmi, taqsir?
Mir Alisher Navoiy:-Tanishga tanidimku-ya, ammo salomatligingiz qanday?
Bemor odam:-Otdayman. Shoirdan ham tabib chiqar ekan-da, aytganingizni qilib tamomila darddan xalos bo’ldim.
Avtor : Mana aziz do’stlar, bobomiz Mir Alisher Navoiy bilimli bo’lishi bilan birga juda zukko inson bo’lganlar. Siz ham sahna ko’rinishimizdagi bemor odamga o’xshab qolmang. Mehnat qilishdan charchamang .
Alisher Navoiy xalq orasida doimo katta obro’-e’tiborga ega bo’lgan. Zamondoshlari bu ulug’ zotni nihoyatda qattiq hurmat qilishgan.
Navoiyni o’qish
Har bir kalla, har bir bosh
Jaholatdan qo’rqishi kerak
Har bir bola, har bir yosh
Navoiyni o’qishi kerak.
Har bir ota, har bir mo’ysafid
Umr hikmatlarin ko’rsatib
Nafs arqonlarini qirqishi kerak
Farzandlari, nabirasiga
Navoiyni o’qishi kerak!
Bir bolaga-butun mamlakat
Ba’zan esa qirq kishi kerak
Beshiklardan tushib bolalar
Navoiyni o’qishi kerak.!
Siz deysiz: yo’l topishi kerak
Uy qurib, pul topishi kerak,
Yo’q-yo’q, u or qilishi kerak
Navoiyni o’qishi kerak!
Samarqandu Buxoro, Termiz
To’ylarida barchamiz jammiz
Bizlar axir kimlardan kammiz?!
Elga olam olqishi kerak
Olamga tik boqishi kerak
Navoiyni o’qishi kerak.
Beruniylar, ibn Sinolar
Ulug’beklar, Bobur Mirzolar
Qurib ketmish qanday binolar
Yosh ko’ngillar qalqishi kerak
Navoiyni o’qishi kerak!
Vatan azal bitta Vatandir,
U biz uchun so’lmas chamandir.
Shul sababdan bola chog’lardan
Maysa chog’lar, lola chog’lardan
O’zni urib, yulqishi kerak
Navoiyni o’qishi kerak,
Dilga nedir yuqishi kerak!
13-o’quvchi: - Navoiy asarlarini o’qishning o’zi bizga yetarli emas, Navoiyni anglash kerak, Navoiy bilan hamnafas bo’lib yashash kerak. Shunda ulug’ bobomizning ruhi shod bo’ladi, ham qalbimiz obod bo’ladi.
14-o’quvchi: -Navoiy-bir ummon. Mana, besh asrdirki, shu ummondan biz duru gavharlar teramiz, lekin bu javohirlar tugay demaydi. Ana shu bebaho boyligimizni bugun har bir o’zbek farzandi his qilishi, undan to’liq bahramand bo’lishi lozim.
15-o’quvchi:So’zingiz buyukdir, o’zingiz buyuk
Buyuk me’rosingiz-iftixorimiz
Biz uchun har nedan ortiqroq, suyuk
Yozgan asaringiz, aytgan so’zingiz.
16-o’quvchi: - Navoiyni bilish- o’zlikni bilish, Navoiyni sevish-millatni sevish, Navoiyga sadoqat-eng ezgu insoniy qadriyatlarga sadoqat demakdir.
Dostları ilə paylaş: |