Husayin: (taajjubda) Bu qanday hol?
Guli: Shohim, siz Majiddinni...
Navoiy: (hayojonda) Majiddin?
Guli: Sovchi qilib yuborganingizda ko’nishga majbur bo’ldim. Chunki, u agar haramingizga kelishga rozi bo’lmasam, Alisherning halok etilishini aytdi.
Husayin: Alisherni kim halok qilmoqchi ekan?
Guli: Siz.
Husayin: Bo’hton!
Guli: Qo’lingizda yalong’och qilichingiz bo’lmasa, so’zingizga balki ishongan bo’lur edim...
Husayin: (qilichini tashlaydi) Ochiqroq so’zlang.
Guli: Yana qanday narsa yopiq qoldi?
Husayin: Alisher bilan qanday munosabatda ekanligingiz men uchun qorong’u.
Guli: Vaziringiz shohning xabari bor degan edi-ku.
Husayin: Nimadan?
Guli: Alisher bilan mening oramda bo’lgan muhabbatdan.
Husayin: (hayojonda) Muhabbat! Yo rabbiy, bu qanday hol.
Guli: (Alisherga yuzlanib) Men o’laman, hozirga qadar hammadan sir tutgan dardimni aytmay ilojim yo’q. Alisher, azizim! Men asta ta’sir qiluvchi zaxar ichgan edim. (Hamma hayojonda).
Navoiy: Zaxar?!
Husayin: Yo rabbiy, bu ne hol?
Guli: Zaxar o’z ishini qildi. Ado bo’ldim. So’nggi tilagim sizni ko’rib o’lish erdi. Tangri tilagimni qabul etdi. Shohim, Alisherga ozor bermang, u buyuk odam!
Husayin: (boshi quyi solingan) Nechun avvalroq bilmadim? Yanglishdim.
Guli: (bezovta) Alisher, meni bu yerdan olib keting, yolg’iz qo’lingizda jon beray.
Navoiy: Gulim, bizning kunlarimizda adolatning boshi yanchildi.
Zamon donoga dor, johil uchun yor
Yomonga gul berur, yaxshiga deb xor.
Yomonga baxt berur, yaxshini badbaxt
Qilur zolim uchun, baxsh aylagay taxt.
O’quvchi:Bugungi kunda viloyatimizning Navoiy nomi bilan atalishi,viloyat markazida katta bog’ va bog’da qad rostlab turgan bobomiz haykali biz yoshlar uchun faxr tuyg’usini shakllantiradi.
2-O’quvchi Alisher Navoiy bobomizga nafaqat yurtimizda ,balki jahon mamlakatlarida ham katta hurmat va ehtirom ko’rsatilmoqda.Chunonchi,A.Navoiy bobomiz xotirasiga Moskva, Tokio,va Boku shaharlarida haykal barpo etilishi o’zbek xalqida naqadar buyuk shaxslar yetishib chiqqanligining isbotidir.
Dostları ilə paylaş: |