Raqs (Mustahzod)
SAHNA KO‘RINISHI:
Xammol:Hazratim
Navoiy:
Yana ko‘z yoshimu, ko‘nglimni buzma,
Bu yosh daryosida behuda suzma.
Bu daryo xavflidir, g‘arq aylagay bot.
Dil o‘tin o‘chirmas ko‘z yoshi hayhot.
Xammol :Hazratim, zamona zulmidan dod.
Navoiy:
Hayhot, biror osuda dam yo‘q,
Ko‘ngil yig‘laydi-yu, ko‘zlarda nam yo‘q.
Guli:
Faqat bir iltimos, ko‘rkam chamanda,
Ochib gul g‘unchalar etganda xanda.
Juvonmarg g‘unchani ham, esla yod et,
Unutma, ruhimni doimo shod et.
Navoiy:
Unutmasman, seni toki tirik tan.
Hamon qalbimga sen ilhom solursan,
Mening she’rim bilan mangu qolursan.
Senga besh bebaho hayhal qururman,
Gahi Layli, gahi Shirin bo‘lib sen.
Yasharsen doimo dostonlarimda,
Xazonsiz gul bo‘lib bo‘stonlarimda.
Men ersam g‘am bilan yig‘lab keturman,
Sening ishqing bilan tanho o‘turman.
Qo‘shiq: (Alisher Navoiyning "Fido” g‘azali.)
So‘z guharig‘a erur oncha sharaf –
Kim, bo‘la olmas anga gavhar sadaf.
To‘rt sadaf gavharining durji ul,
Yetti falak axtarining burji ul.
Tangriki, insonni qilib ganji roz,
So‘z bila hayvondin anga imtiyoz.
Dona-i dur so‘zini afsona bil,
So‘zni jahon bahrida durdona bil.
Raqs (Navoiy g‘azaliga)
She’r
Sulton Navoiy
Dil mulkidin dur tutgan sulton Navoiy,
Hikmat otliq nur tutgan osmon Navoiy.
Tafakkurning tog‘iga chiqmoq istasang,
Umring tilab qo‘l cho‘zgan imkon Navoiy.
Go‘zallikning mevasi ko‘kdan tushmagay,
Turkiy tilda bol bergan bog‘bon Navoiy.
O‘qinga ming rahmat uqganlar aytsin,
So‘z ila el qadriga qalqon Navoiy.
Besh yuz yillar besh ming bob kelgaydir illo,
Asrlarni qoldirgan davron Navoiy.
1-boshlovchi: Alisher Navoiy ijodi bebaho xaznadir. Uning adabiy merosi ham , o’zi ham biz-yoshlarga hamisha ibrat va hayot maktabidir.
Biz Navoiy bog’ining bog’bonimiz,
Bog’bondirmiz, vle mehmonimiz.
Bul-“Nasoyim ul-muhabbat” bog’idir,
Besh asrkim biz uning hayronimiz.
Mir /nizomiddin Alier ya’nikim,
So’z aro osmnimiz, umonimiz.
Dostları ilə paylaş: |