Erkin she'r tizimi deb nimaga aytiladi?
*a) bo‘g‘inlar miqdori ham, turoqlar(ruknlar) tartibi ham, qofiyalanish va bandlar ham turli tuman boladi, lekin musiqiylik, ohangdorlik doimo barq urib turadi.
She'rning qofiyalanish tartibi va qofiyalarini belgilang: Uzik meni qumitti, Sag‘inch manga yumitti, Ko‘nglum angar emitti, Yuzim maning sarg‘ayur.
*a) a.a.a.b - qumitti, yumitti, emitti
Uyg‘ur yozuvida bitilgan va bizgacha yozma tarzda etib kelgan qadimiy afsonani toping:
*a) "O‘g‘uznoma"
Sonet ......?
*a) (ital sonare –jaranglamoq) 14 misradan iborat bo‘ladi:
Sonetning tuzilishi?
*a) uchta to‘rt misralik va bitta ikki misralik banddan, ba'zan esa ikkita to‘rt misralik, ikkita uch misralik banddan tashkil topadi.
…………….. birinchi ikki band-dastlabki qism –“katren” (fr. quatrion – to‘rtlik), yakunlovchi qism – “terset”(lat. tres-uchlik) deb yuritiladi va ular g‘oyaviy-kompozitsion jihatdan o‘zaro bog‘lanib, yaxlitlikni yuzaga chiqiradi.
*a) sonet
Tarji'band ……
*a) (arabcha so‘z, ma'nosi: banddagi takror) “asosan bir baytning har band oxirida aynan takrorlanib (tarji') kelishi bilan xarakterlanuvchi she'r bo‘lganligi uchun shu takrorlanuvchi bayt “vosita bayt”, “bosh bayt”, “vosila bayt” deb yuritiladi va masnaviy shaklida (aa,bb,vv) qofiyalanadi.
............. (arabcha so‘z, ma'nosi: bandni biriktirish) qofiyalanishi va kompozitsion tuzilishi jihatidan tarji'bandga o‘xshaydi. Faqatgina tarkibbandda aynan takrorlanuvchi bayt bo‘lmaydi, balki har bir band oxirida yangi va mustaqil qofiyaga ega bo‘lgan vosila bayt ishlatiladi, u go‘yo har bandga xulosa yasaydi.
*a) tarkibband.
Apostrofa –
*a) jonlantirishning bir ko‘rinishi bo‘lib, jonsiz narsa yoxud hodisalarga xuddi jonli narsa-hodisalardek murojaat qilish.
Dostları ilə paylaş: |