Mutafakkir asarlarida nutq madaniyati xususida. 1 “Muhokamat ul-lug’atayn” asarida til va tafakkur masalalari. 2 “Mahbub ul-qulub” da voizlar va til odobi haqida. 3 3
O`zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy turkiy tilda go`zal nutq tuzishning bayroqdori sifatida o`zbek tili boyliklarini namoyon etuvchi mashhur asarlar yaratdi. Navoiyning sa`y-harakatlari tufayli XV asrda o`zbek tili olamga dong’i ketadigan adabiy asarlar yaratishga qodir til ekanligini isbotladi.
Alisher Navoiyning nutq madaniyati masalalariga bag’ishlangan fikrlari yanada mukammalroq ifodalangan asari “Mahbub ul-qulub” dir. Chunki shoir bu asarida tilning ahamiyati, undan foydalanish, nutq so`zlovchi dilidagi fikrni to`g’ri aks ettirish lozimligi haqida fikrlar bayon qiladi.
Mutafakkir asarlarida o`zbek tilining leksik boyliklaridan, sinonim va omonimlaridan, xalq ta`biri, maqol va matallaridan, frazeologik, ideomatik birikmalaridan, jumla tuzilishidan keng foydalandi.
Hattoki, fors-tojik tilida, ekvivalenti bo`lmagan o`zbekcha so`zlarni misol keltiradi. “Muhokamatul lug’atayn” asari bevosita tilshunoslining nazariy muammolarini hal qilishga, o`zbek tilining boshqa tillar orasida tutgan o`rnini belgilab berishga, o`zbek nutqi madaniyatini o`rganishga qaratilgan.
Navoiy tilni o`sib, rivojlanib boruvchi, jamiyatning ehtiyojiga muvofiqlashuvchi zarurat ekanligini anglab, tillar o`zaro aloqada bo`ladi, bir-biriga chatishadi deb hisoblaydi. Navoiy kishining nutq qobiliyatini tug’ma ekanligini ta`kidlaydi.
“Saodatbaxsh ruh zuloliga matla` ham til. Tilga iqtidorlig’-hakimi xiradmand, so`zga ixtiyorsiz-layni najand.
Tilki fasih va dilnazir bo`lgay, xubroq bo`lgay agar ko`ngil bila bir bo`lgay” deb yozadi Navoiy.
Navoiy kishining nutq qobiliyatini tug’ma ekanligini ta`kidlaydi. “Muhokamatul-lug’atayn” asarida arab tili “kalomi ilohiy” deb ulug’lanadi, fors va turkiy tili solishtiriladi. Olim bu asarda ikki tilning lug’at boyligi, so`z yasalishi, fonetik tarkibi, stilistikasi kabi xususiyatlarini chog’ishtirib, badiiy imkoniyatlari jihatidan turkiy tilning fors tilida qolishmasligini isbotlaydi.
Navoiy til deganda nutqni ko`zda tutgan. Til, ya`ni so`z o`zining ko`p yaxshi fazilatlari bilan nutq uchun material ekanligini, nutqning qo`polligi, maqsadga muvofiq bo`lmasligi so`zlovchiga zarur yetkazishini alohida ta`kidlab o’tadi.
Nutq nazariyasi bilan jiddiy shug’ullangan shoir “Mahbubo’l-qulub” asarining 24-bobini voizlik ilmiga bag’ishlaydi. Navoiyning o`zi ham notiqlik san`atini o`z davrida yuksak darajaga ko`targan. “Tilga ixtiyorsiz-elga e`tiborsiz” yoki “Ma`dani inson gavhari so`z durur, gulshani odam samari so`z durur” deb yozadi.
Navoiy 24 bob “Nasihat ahli va voizlar zikriga” bag’ishlangan bo`lib, shoirning fikricha “voiz uldurki, majlisg’a kirgan to`lg’ay va to`la kirgan holi bo`lg’ay”.