alogenlash. To’yingan uglevodorodlar galogenlar bilan yorug’lik ta’sirida reaksiyaga kirishadilar. Reaksiya ftor bilan portlash (ayrim hollarda xlor bilan ham) orqali sodir bo’ladi.
Shuning uchun bu reaksiya sanoatda deyarli qo’llanilmaydi. Ftorlash inert gazlar yoki erituvchilar ishtirokida olib borilganda uglevodorodlarning ko’p ftorli hosilalarini olish mumkin. Bunda reaksiyani xavfsiz o’tkazish imkoniyatiga ega bo’linadi. Xlor to’yingan uglevodorodlarga yorug’likda, 3000C haroratda ta’sir etadi. Bunda uglevodorodlardagi vodorodlar birin-ketin xlor atomlari bilan almashinadilar. Reaksiyani katalizatorlar (oltingugurt, yod, mis, qalay, surma xlorlari va boshqalar) ishtirokida past haroratda ham o’tkazish mumkin.
M
asalan, metanni xlorlash reaksiyasi:
Xlorning metan bilan nur ta’siridagi reaksiyasi portlash bilan ketadi.
T
o’yingan uglevodorodlarni yorug’lik ta’sirida (foto kimyoviy) xlorlash reaksiyasi radikal zanjirli mexanizm bilan borishi isbotlangan. N.N. Semenov metanni xlorlash reaksiyasi mexanizmi quyidagicha borishini tavsiya etgan:
B
romlash reaksiyasi xlorlashga qaraganda oson va maqsadga muvofiq yo’nalishda boradi. Masalan, 2-metilpropanni fotokimyoviy xlorlash va bromlash reaksiyalarini taqqoslaydigan bo’lsak:
T
o’yingan uglevodorodlarni katalizatorlar – Lyuisning protonsiz kislotalari (AlCl3, FeCl3, ZnCl2 va x.k.) ishtirokida xlorlash zanjirli ion mexanizmi bo’yicha sodir bo’ladi:
To’yingan uglevodorodlarning galogenli (ayniqsa, ftorlash va xlorlash) reaksiyasi natijasida arzon sanoat mahsulotlari – erituvchilar, organik sintez uchun xom ashyolar va boshqalar olinadi.
Sulfoxlorlash va sulfooksidlash. Konsentrlangan sulfat kislota to’yingan uglevodorodlarga oddiy sharoitda ta’sir etmaydi. Qizdirilganda esa ularni oksidlab yuboradi. Katta molekulr massaga ega bo’lgan alkanlar tutovchi sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishishlari mumkin:
Alifatik sulfokislotalarning ahamiyati katta bo’lganligi sababli sulfokislotalarni olish usullari ishlab chiqarilgan. Bular sulfoxlorlash va sulfooksidlash reaksiyalaridir:
ulfoxlorlash reaksiyasi past haroratda va oson boradi. Reaksiya tarkibida ikkilamchi uglerod atomlari bo’lgan uglevodorodlar bilan oson, faqat birlamchi uglerod atomlarigina bo’lgan uglevodorodlar bilan qiyinroq boradi. Reaksiya radikal zanjirli mexanizm bilan sodir bo’lib, uni quyidagicha tasavvur etish mumkin:
Alkansulfokislotalar va sulfoxloridlar sanoatda sintetik yuvuvchi vositalar, sirt aktiv moddalar olishda katta ahamiyatga ega.