Nitrolash. Konsentrlangan nitrat kislota alkanlarga past haroratda ta’sir etmaydi. Yuqori haroratda esa ularni oksidlab yuboradi. Alkanlarni nitrolash suyultirilgan (13-40% li) nitrat kislota bilan yuqori haroratda (175-5500C) olib boriladi (Konovalov M.I. reaksiyasi).
Alkanlarni suyuq fazada ham nitrolash mumkin. Lekin bunda nitrobirikmalarni hosil bo’lish miqdori juda kam bo’ladi. Reaksiya uchlamchi uglerod atomlari tutgan uglevodorodlar bilangina yaxshi natija beradi.
Bug’ fazada nitrolanganda reaksiyani o’tkazish harorati uglevodorodning tuzilishiga bog’liq bo’ladi.
Uchlamchi uglerod atomi tutgan uglevodorodlar past haroratda, birlamchi uglerod atomi tutgan uglevodorodlar yuqori haroratda nitrolanadi. Nitrolash jarayonida nitrolovchi agent sifatida azot kislotasi o’rniga azot oksidlaridan ham foydalanish mumkin. Nitrolash reaksiyasi radikal-zanjirli mexanizm bilan boradi.
Alkanlarni nitrolash natijasida olinadigan nitrobirikmalardan erituvchilar, portlovchi moddalar va boshqalar sifatida foydalaniladi.
Oksidlash. Alkanlarga oksidlovchilar – havo kislorodi, kaliy permanganat, kaliy bixromat, kaliy xromat, nitrat kislota va boshqalar oddiy sharoitda ta’sir etmaydilar. Yuqori haroratda esa ular uglerod-(IV)-oksidgacha oksidlab yuboradi.
Hozirgi vaqtda alkanlarning oksidlanish jarayoni o’rganilgan. Neftdan olinadigan yuqori parafinlarni past haroratda yog’ kislotalarigacha oksidlashning ahamiyati katta bo’lib, bu jarayon 1500C haroratda marganets birikmalari katalizatorligida olib boriladi. Bunda oxirgi mahsulot sifatida turli molekulyar massaga ega bo’lgan kislota aralashmasi, oksikislotalar, ketokislotalar, murakkab efirlar hosil bo’ladi.
T
o’yingan uglevodorodlarni oksidlash vaqtida oraliq mahsulot sifatida gidroperoksidlar hosil bo’ladi. Bu gidroperoksidlar yuqori haroratda oksidlanayotgan uglevodorodlar bilan ta’sir etib, turli kislorodli birikmalarni hosil qiladi.
Peroksidlarning keyingi o’zgarishlari natijasida spirtlar, aldegidlar va ketonlar hosil bo’lishi mumkin. Qanday modda hosil bo’lishligi peroksiddagi uglevodorod radikalining tuzilishiga bog’liq bo’ladi.
Uchlamchi alkillarning peroksidi quyidagicha parchalanishi mumkin:
Ikkilamchi alkillarning peroksidlarni past haroratda (a) spirtlar va ketonlarga, yuqori haroratda (b) esa aldegidlar va spirtlarga parchalanadilar:
a)
Birlamchi alkillarning peroksidlari ham yuqoridagilarga o’xshash parchalanadi. Bunda -holatdagi vodorod yoki radikal uziladi.
Aldegidlar yoki spirtlarning keyinchalik oksidlanishi natijasida kislotalar hosil bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |