Fizik xossalari va tuzilishi. Tetratsen 357
oC da suyuqlanadigan sarg‘ish-sarg‘aldoq
tusli kristall, penatsen esa 300
oC dan yuqori temperaturada parchalanadigan ko‘k-binafsha tusli kristall moddadir. Pasaytirilgan bosim ostida tetratsen va pentatsen sublimatlanadi.
Chiziqli kondensirlangan arenlarda xalqalar sonining ortib borishi bilan ionlanish energiyasi molekulaning qo‘zg‘olgan holatga o‘tish energiyasi kamayib boradi. Buni quyidagi jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rish mumkin.
Kimyoviy xossalari. Tetratsen va pentatsenning ionlanish energiyalari nisbatan kam bo‘lganligi sababli ular elektrofil reagentlar bilan
oson reaksiyaga kirishadi, oson oksidlanadi. Tetratsenda 5-
, 6-, 11- va 12-uglerod
atomlari, pentatsend 6- va 12-uglerod atomlari asosiy reaksiya markazlari hisoblanadi.
Tetratsen va pentatsen organik yarimo‘tkazuvchi va fotoo‘tkazuvchi sifatida ishlatilishi mumkin. Tetratsen va pentatsendan tayyorlangan yupqa plyonkalar yoritilganda ularning elektr o‘tkazuvchanligi keskin ortadi.