PARADOKS (yun. paradoxos - kutilmagan, gʻalati) – jamiyatda an’anaviy tarzda hukm surib kelayotgan, aksariyat tomonidan qabul qilingan fikrga, ba’zan esa zohiran sotom mantiqqa zid gap. (m: Faxriyor: “Yurak qushdir. Qafas bilan birga tugʻilgan qush”; “Daryo, seni qandoq chʼmiltiramiz, qayda yuvinarsan, bulggʻanchik daryo?”)
63. PARAFRAZ(A) (yun. paraphrases - qayta hikoya qilish) – adabiy matnni boshqa soʻzlar bilan, ba’zan esa boshqacha yoʻsinda (nasriy asarni she’riy, she’riy asarni nasriy yoʻlda) kayta bayon kilish. P. turlicha sabablar (matnni muayyan oʻquvchi ommaga moslashtirish zarurati, asarni qabul qilishni osonlashtirish, qisqacha mazmun bilan tanishtirishning yetarli ekani, nashr imkoniyatlari va sh.k.) bilan amalga oshadi.
64. PARODIYA (yun. parodia - teskari qilib kuylash) - 1) biron bir asar, ijodkor, ijodiy uslub, janr kabilar ustidan kulib yoziladigan asar. P.da kulgiga olingan asar (ijodkor, uslub, janr va b.)ga xos belgilar saqlab qolingani holda, mazmuni unga nomuvofiq boʻladi.
65. PAUZA (yun. pausis - toʻxtam) - nutqning bir tekis oqimidagi uzilish, toʻxtam. Jonli nutqda P.lar fikrni aniq-ravshan, kerak oʻrinlarni ajratib-ta’kidlab ifodalashga yordam beradi va shu jihatdan mazmun ifodalovchi muhim unsurlardan sanaladi.
66. PAFOS (yun. pathos - xis, extiros) - ijodkorning oʻzi tasvirlayotgan voqelikka gʻoyaviy-hissiy munosabati, avtor emosionalligi. Jumladan, Arastu P. deganda inson kalbining xususiyati, kuchli ehtirosni nazarda tutadi. Unga koʻra, P. notiqlik usullaridan boʻlib, uning yordamida notiq tinglovchilarda oʻzi istagan hislarni uygʻotadi.
67 PEYZAJ ( fr. paysage - joy, yurt) - adabiy asarda yaratiluvchi badiiy voqelikning muhim komponenti, voqealar kechuvchi ochiq makon (yopiq makon - interyer) tasviri. An’anaga koʻra, P. deyilganda, tabiat tasviri tushuniladi, lekin bu xil tushunish birmuncha torroq. Chunki P. nafakat tabiatni (agar bu soʻz ostida birlamchi tabiat tushunilsa), balki u bilan birga inson tomonidan yaratilgan narsalar tasvirini ham koʻzda tutadi.
68.
Dostları ilə paylaş: |