Allegoriya (yun alios oʻzgacha, agoreuo gapiraman) 1) mavhum tushuncha yoki hodisani konkret narsa orqali ifodalashga asoslangan koʻchim turi. Bu holda konkret narsani ifodalovchi soʻz mavhum tushunchani



Yüklə 74,68 Kb.
səhifə2/18
tarix25.12.2023
ölçüsü74,68 Kb.
#196444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Adabiyotshunoslik

ANAXRONIZM (yun. ana - orqaga, qarshi; chronos - vaqt) -oʻtmishni badiiy aks ettirish jarayonida yoʻl qoʻyiluvchi vaqt bilan bogʻliq noanikliklar, xatolarning umumiy nomi. A. tasvirlanayotgan davrga oid boʻlmagan faktlar (voqealar, shaxslar, ishonch- e’tiqodlar, gʻoyalar, maishiy detallar va sh.k.), tamom oʻzga zamonga xos xususiyatlarning kirib qolishi bilan voqe boʻladi. A.ning yuzaga kelish sabablari turlicha. Faktlarni yetarli darajada oʻrganmaslik yoki e’tiborsizlik oqibatida yuzaga kelgan A. bilan muayyan gʻoyaviy-badiiy maqsadni koʻzlab yoʻl qoʻyilgan A.ni farqlash kerak

8.ANNOTASIYA (lot. annotatio - izoh, sharh) - asar mazmunining qisqacha bayoni. Noshirlik amaliyotida kitoblarning ichki muqovasida, ilmiy maqolalarning sarlavhasidan keyin beriladi. Bu
xil A.larni berishning tartibi shakllangan. Jumladan, kitoblarga beriluvchi A.larda muallif, kitobning tarkiblanishi, mavzusi, ahamiyati va sh.k.lar hakida; ilmiy maqolalarga yozilgan annotatsiyalarda esa qoʻyilgan muammo, uni tadqiq etish usullari, olingan natijalar va sh.k.lar haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
9.ANTITEZA (yun. antithesis - karshilantirish) - 1) obraz zamiri- dagi narsa, hodisa, tushunchalarni keskin qarshilantirishga asoslangan stilistik figura, bu ma’noda tazodga toʻgʻri keladi. A. uslubiy bezak sifatida antik davrlardan boshlab keng qoʻllaniladi. A.da qarshilantirish, asosan, antonim soʻzlar vositasida voqe boʻladi, shu sababli ham u doim ochiq koʻzga tashlanadi.
A. fikr-tuygʼuni aniq-ravshan, ta’kidlab, emosional toʻyintirib ifodalashga xizmat qiladi. M: Ogahiyning “Ey shoh, karam aylar chogʼi teng tut yamon-u yaxshini" misrasida “yamonu yaxshi".

10.APOSTROFA (yun. apostrophe - bir tomon ogish) - narsa yoki hodisaga xuddi jonli mavjudotga kabi murojaat etish asosida yuzaga keluvchi stilistik figura. M: “Ey, sabo, holim borib sarvi xiromonimga ayt” (A.Navoiy), “Yorugʼ yulduz, goʻzal yulduz, tez soʻzla..." (Choʻlpon), “Dengiz, toʻlqinlaring urma qirgʻoqqa...”


(E.Vohidov). Adabiyotimizda boshidan oxirigacha shu usul asosiga qurilgan she’rlar ham koʻplab uchraydi (Sh.Raxmon. Tuza”).

11.ARUZ (ar. - chodirni ushlab turish uchun oʻrtaga qoʻyiladigan yogʼoch) - 1) qisqa, choʻziq va oʻta choʻziq hijolarning muayyan tartibda guruhlanib takrorlanishiga asoslangan metrik she’r tizimi, Manbalarda aruzga VIII asrda yashagan arab olimi Halil ibn Ahmad tomonidan asos solingani, bu atama olim yashagan vodiy nomi bilan bogʻliq ekanligi qayd etiladi. A. ming yillar davomida Sharq adabiyotidagi yetakchi she’r tizimi boʻlib keldi, muttasil boyish va rivojlanishda boʻldi, mukammal tizimga aylandi, uning qonuniyatlari bilan shugʻullanuvchi soha - ilmi aruz (k.)shakllandi. Dastlab arab adabiyotida maydonga kelgan A. she’r tizimi IX asrdayoq forsiy adabiyotda ham qoʻlllanila boshlagan. Turkiy xalqlar adabiyotida, jumladan, oʻzbek adabiyotida ham A. Qadimdan qoʻgʻllanib kelinadi, degan fikr mavjud: "Bizning Oʻrta Osiyo turklari tomonidan qachon qabul etilgani aniq emas. Biroq xijriy 462-yilda Qashqarda yozilgan mashhur "Qutadgʻu bilig" kitobining shu aruz vaznida yozilgani e’tibor etilsa, juda eskidan qabul etilgani ma’lum boʻladur" (Fitrat). XI asrdan to XIX asr oxiri - XX asr boshlariga qadar A. Oʻzbek mumtoz adabiyotidagi asosiy she’riy tizim boʻlib keldi.

12.


Yüklə 74,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin