Allegoriya (yun alios oʻzgacha, agoreuo gapiraman) 1) mavhum tushuncha yoki hodisani konkret narsa orqali ifodalashga asoslangan koʻchim turi. Bu holda konkret narsani ifodalovchi soʻz mavhum tushunchani



Yüklə 74,68 Kb.
səhifə1/18
tarix25.12.2023
ölçüsü74,68 Kb.
#196444
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Adabiyotshunoslik


Adabiyotshunoslik terminlari
1.ALLEGORIYA (yun. alios - oʻzgacha, agoreuo - gapiraman) - 1) mavhum tushuncha yoki hodisani konkret narsa orqali ifodalashga asoslangan koʻchim turi. Bu holda konkret narsani ifodalovchi soʻz mavhum tushunchani (tulki - ayyorlik) ifodalash uchun koʻchma ma’noda qoʻllanadi.

2.ALLITERASIYA (lot. al - yonida, litera - harf) - she’riy nutqda (nasrda nisbatan kam) bir xil undosh tovushlarning takrorlanishiga asoslangan ifodaviylikni kuchaytiruvchi vosita, takrorning fonetik sathdagi xususiy koʻrinishi. A. she’rning alohida satri yoki miyeradagi soʻzlar guruhini fonik jihatdan ajratadi, natijada ularning ifodaviyligi ortadi, she’rning musiqiyligi, xushohangligi kuchayadi. M: “Sochilgan sochingdek sochilsa siring...(Choʻlpon)

3.ALLYUZIYA (lot. allusio - ishora, hazil) - barchaga tanish deb hisoblangan real siyosiy, maishiy, tarixiy yoki adabiy faktga ishora qilishga asoslangan stilistik usul. Mohiyatan sharq mumtoz she’riyatida keng qoʻllangan talmeh, san’atiga yaqin keladi. Farqli jihati shuki, talmehda koʻproq mashhur tarixiy va badiiy faktlarga ishora qilinsa, A.da ijodkor oʻz zamonasidagi siyosiy, maishiy yoki badiiy faktlarga ishora qilishi ham mumkin. Ya’ni A.da ishora ob’yektining doirasi kengrok. M: Faxriyor:
Darvose, orzu.Orzu miltis emas, She’rning intix;osida Otilmaydi, -
deganida, Chexovning “Saxnada miltik osiglik bulsa, u albatta

4.ALMANAX (ar. - taqdim qilish) - adabiy asarlar toʻplami, nodavriy adabiy nashr. Odatda A.ga tartib berishda muayyan belgilar (asarlar mavzusi, janri, mualliflar yoshi, yashash hududi va b.) asos qilib olinadi. M: 70-yillar oxirlaridan boshlab chiqarilgan “Yoshlik” A.i., shuningdek, qutlugʻ tarixiy sana munosabati bilan (Gʻalaba bayrami, Mustakillik bayrami) yoki mualliflarni umumlashtirgan biror belgi (jangchi shoirlar toʻplami, ijodkor oʻqituvchilar toʻplami) asosida tartib berilgan A.lar xam mavjud

5.ANALOGIYA (yun. analogia - oʻxshashlik, mushtaraklik) – adabiy asardagi obrazlar, syujet motivlari, ayrim epizodlar, xarakterlar va sh.k.larda kuzatiluvchi mushtaraklik, oʻxshashliklar. A.lar bitta asar doirasida ham, shu asar bilan boshqa (turli davr yoki turli milliy adabiyotlarga mansub) asarlar orasida ham kuzatilishi mumkin. M: “Oʻtkan kunlar” romanidagi Otabek va usta Olim, “Kecha”dagi Zebi va Maryam taqdirlari orasidagi A.lar yozuvchiga qiyos vositasida muayyan fikrlarni ifodalash.
6.ANAFORA (yun. anaphora - oldinga, yuqoriga chiqarish) - soʻz yoki soʻzlar guruhining misra yoki band boshida takrorlanishi, soʻz takrorining xususiy koʻrinishi. A. ma’lum fikr, his-tuygu, holatni ta’kidlab koʻrsatishga xizmat qiladi, tabiiy ravishda, she’rning xushohangligini ham oshiradi. M:, U.Hamdamdan olingan kuyidagi parchada:
Bir holat...
Holatki, ismimni eslay olmayman,
Holatki, qasdida har nega shayman.

7.


Yüklə 74,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin