Allegoriya (yun alios oʻzgacha, agoreuo gapiraman) 1) mavhum tushuncha yoki hodisani konkret narsa orqali ifodalashga asoslangan koʻchim turi. Bu holda konkret narsani ifodalovchi soʻz mavhum tushunchani



Yüklə 74,68 Kb.
səhifə6/18
tarix25.12.2023
ölçüsü74,68 Kb.
#196444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Adabiyotshunoslik

DIALEKTIZM (yun. dialektos - sheva, lahja) - ma’lum bir hududda yashovchi kishilar tiliga xos leksik birliklar, fonetik, morfologik, sintaktik xususiyatlar jami. D.lar adabiy asarlarda tasvirlanayotgan joy koloritini berishda, ma’lum HUDUD kishilariga xos turmush tarzini tafsilli jonlantirish, personajlar nutqini individuallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

28. ZULQOFIYATAYN (ar. - ikki qofiyali) - qofiya bilan bogʻliq she’r san’atlaridan biri, bayt tarkibida asosiy ofiyadan tashqari yana bitta qofiyadosh soʻzlar juftligini keltirish, ya’ni 3. baytda qofiyadosh soʻzlar juftligi ikkita boʻlishini taqozo qiladi. Navoiyning “Layli va Majnun” dostonidan olingan quyidagi bayt Z.ga misol boʻladi:
Lola qadahini toifa urdung,
Jola guharini boshsa urdung

29. IZDIVOJ (ar. - juftlashmoq, uylanish) - mumtoz adabiyotdagi she’riy san’atlardan biri, bayt misrasida ikki yoki undan ortiq soʻzning yonma-yon yoki bir-biriga yakin xolda ohangdosh (oʻzaro qofiyadosh) boʻlib kelishi. Manbalarda I.ni tazmini muzdavaj deb xam ataydilar. M: Nodiraning:


Qilmagil zinhor izhor ehtiyoj,
Kim aziz elni qilur xor ehtiyoj, -
baytida “zinhor” va “izhor” soʻzlarining yonma-yon kelib oʻzaro ohangdosh boʻlishi I.ni yuzaga chiqarmoqda.

30. IYJOZ (ar. - qisqa, loʻnda) - oz soʻz (lafz) bilan koʻp ma’no ifoda etish. Ayrim manbalarda I. ham san’atlar sirasida sanalsa-da, aslida, u san’atga nisbatan kengroq tushuncha boʻlib, umuman nutq uslubiga xos xususiyatni anglatadi. Nutqdagi I.ga zid boʻlgan xususiyat, ya’ni oz ma’noni koʻp soʻz bilan ifoda etish itnob (yoki bayet), ma’no koʻlami va sarf etilayotgan soʻz miqdorining muvofiqligi esa musovot deb yuritiladi.

31. IYHOM (ar. - shubhaga solish, adashtirish) - mumtoz adabiyotdagi she’riy san’atlardan biri, she’rda (ba’zan misrsda ham) bir soʻzni bir joyning oʻzida ikki ma’noda ishlatish. I.da matndagi soʻzning bir qarashda anglashilib turgan yaqin ma’nosidan tashqari yana bir uzoqroq ma’nosi mavjud boʻladi va shu uzoq ma’no shoirning asl muddaosi hisoblanadi. Ikki turli ma’noda ishlatilgan birgina soʻz butun boshli baytni ikki xil tushunish imkonini beradi.

32.


Yüklə 74,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin