BESTELLER (ingl. best - eng yaxshi, sell - sotilmoq) - noshirlikning tijoriy tomoni bilan bogʻliq holda yuzaga kelgan termin, katta tirajda chop etilgan va tez tarqalib ketgan, tijoriy nuqtayi nazardan muvaffaqiyat qozongan kitob. Shundan kelib chiqib, B.termini kitobxonlar tomonidan qizgʻin kutib olingan va qulma-qul boʻlib ketgan asarlarga nisbatan ham qoʻllanadi.
19. VERLIBR (fr. vers - she’r, libre - ozod, erkin) - muayyan oʻlchov asosidagi vazn va qat’iy qofiyalanish tartibiga ega boʻlmagan she’r. V asrdan faqat muayyan nutqiy boʻlak (misra)larga boʻlingani bilan farqlanib, boʻlinish yozuvda har bir misrani alohida satrga yozish, talaffuzda esa intonatsiya (ritmik pauza va ritmik aksentlar) hisobiga ta’kidlanadi. Yevropa xalqlari she’riyatiga V. Oʻrta asrlardagi liturgik she’riyat, diniy marosimlarda ijro etilgan qoʻshiqlar orqali yaxshi tanish bulgan.
20. VODEVIL (fr. Normandiyadagi Vau de Vire degan joy nomidan) - dramatik janr, koʼproq maishiy mavzudagi, qiziqarli intriga asosiga qurilgan, oʻynoqi qishiq-kupletlar va shoʻx raqslarni oʻz ichiga olgan pyesa. Avvaliga, XVIII asrning 1-yarmida yarmarka sayillarida ijro etilgan komediyalar tarkibidagi qoʻshiq-kupletlar V. deb atalgan. XVIII asr oxirlariga kelib V. mustaqil janr sifatida shakllangan, koʻngilochar dramaturgik janr sifatida butun Yevropaga tarqalgan.
21. GIMN (yun. hymnos - madhiya) - 1) qadimgi yunon adabiyotida ilohlarni ulugʻlash, maqtash uchun kuylangan qoʻshiq. Yunonlar Apollonni madh etish uchun pean, Dionis madji uchun difiramb toʻqib kuylashgan. Keyinchalik tarixiy voqealar, qahramonlar madh etiluvchi tantanavor qoʻshiqlar ham G. deb yuritilgan. G.ning ilk namunalari Misr, Mesopotamiya, Hindiston xalqlari adabiyotida uchraydi. G.ga xos xususiyatlar sifatida tantanavorlik, faxr-iftixor, ruhiy koʻtarinkilikning boʻrtib turishi, marosim va tantanalarda koʻpchilik tomonidan ijro etilishi kabilarni koʻrsatish mumkin
22. GIPERBOLA (yun. hiperbole - uta kattalashtirish, boʻrttirish) - tasvirlanayotgan narsa yoki hodisaning u yoki bu jihatini oʻta boʻrttirish, kattalashtirish asosiga qurilgan badiiy usul, stilistik figura; koʻproq xalkq ogʻzaki ijodi, romantizm she’riyati, satirik asarlarga xos (k. mubolagʻa)
23.
Dostları ilə paylaş: |