Amaldagi versiyaga o‘tish


VIII. Qishloq hududlarini rivojlantirish



Yüklə 248,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/25
tarix13.09.2022
ölçüsü248,59 Kb.
#63626
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
PF-5853-сон 23.10.2019. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida

VIII. Qishloq hududlarini rivojlantirish
Mamlakat aholisining qariyb 16,4 millioni (jami aholining 49,4 foizi) qishloq hududlarida
istiqomat qiladi (2018-y.). Mamlakatda tug‘ilish darajasi yuqori (23,3 promille) va shunga mos
ravishda qishloq joylarida ortiqcha ishchi kuchi mavjud. 25 yoshgacha bo‘lgan odamlar aholining
45,5 foizini, 30 yoshgacha bo‘lganlar esa 55 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etadi.
Qishloq hududlarida davlat xizmatlari, shuningdek transport va axborot-kommunikatsiya
aloqalari darajasi pastligicha qolmoqda. Hududiy ehtiyojlarni batafsil baholashga asoslangan va
raqobat afzalliklarini hisobga olgan holda kompleks strategiya va dasturlarni ishlab chiqish talab
etiladi.
Agrar sektorda amalga oshirilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari aksariyat hollarda to‘g‘ridan
to‘g‘ri fermerlar va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga yo‘naltirilgan.
Xorijiy mamlakatlar bo‘yicha ma’lumotlar tahlil qilinganida, qishloq hududlarining iqtisodiy
taraqqiy etishi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bilan bevosita bog‘liqligi va shundagina
muvaffaqiyatga erishilishi, mahallalarning muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga
yo‘naltirilgan subsidiyalarga asoslangan islohotlar samarasiz ekanligi kuzatildi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligining muvofiqlashtiruvi ostida amalga oshirilayotgan qishloqlarni
rivojlantirish dasturlari, asosan, hududiy iqtisodiy nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan
bo‘lib, yirik shahar markazlari foydasi uchun, qishloq aholisining kichik bir qismi — fermerlar va
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanadigan boshqa tadbirkorlar sektori tomonidan
qo‘llab-quvvatlanadi, biroq qishloq mahallalari chetda qolmoqda.
Qishloq hududlarini barqaror rivojlanishini ta’minlash mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy
maqsadi bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
qishloq hududlarini rivojlantirish sohasida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish;
qishloq hududlarini rivojlantirish uchun real ehtiyojlarni batafsil baholashni olib borish;
qishloq mahallalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va manfaatlarini himoya qilish
hamda qarorlar qabul qilishni nomarkazlashtirish maqsadida normativ-huquqiy bazani
takomillashtirish;
noqishloq xo‘jaligi korxonalarini tashkil etish va rivojlantirish, mahalla fuqarolar yig‘inlarining
mavjud imkoniyatlarini safarbar qilish hamda mahalla fuqarolari, agrar tadbirkorlik, fuqarolik
jamiyati institutlari va davlat organlari o‘rtasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun grant
mablag‘lari va investitsiyalarni jalb etishning shaffof mexanizmini ishlab chiqish va tajriba tariqasida
amalga oshirish;
qishloq hududlarini rivojlantirish milliy dasturini ishlab chiqish.

Yüklə 248,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin