Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyati va ilm-fan sohasini tubdan isloh qilish;
donor tashkilotlar texnik ko‘magida qishloq xo‘jaligi sohasidagi kadrlarning ta’lim va kasbiy
tayyorgarlik tizimini isloh qilish;
agrobiznes subyektlari uchun mo‘ljallangan davlat xizmatlari va tizimlarining kuchli va zaif
tomonlarini aniqlash maqsadida mavjud ma’muriy tizimlarni auditdan o‘tkazish, shuningdek,
tarkibiy qayta tuzish va soddalashtirish rejalarini ishlab chiqish;
ekologik xavfsiz uslublar hamda qishloq xo‘jaligi amaliyotlari va texnologiyalari, iqlim o‘zgarishi
ta’sirini yumshatish va unga moslashish borasidagi axborot-maslahat xizmatlarini Muvofiqlashtirish
markazini tashkil etish;
agrotexnologiyalar bo‘yicha axborot-maslahat markazlariga maxsus xodimlarni tayyorlash;
mamlakatning barcha hududlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida axborot-maslahat
markazlarini tashkil etish.
Dostları ilə paylaş: