Shuningdek, investitsiyalarni boshqarish samaradorligini baholashning mustaqil monitoringi
hamda baholash strukturasi, tizimi va mexanizmlari mavjud emas.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan maqbul qishloq xo‘jaligi va
ekologik amaliyot (GAEP), maqbul ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) va boshqa standartlarga rioya
etilishini rag‘batlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish lozim.
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash va barqaror
rivojlanishi uchun xususiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashuvchi samarali tizimni yaratish
mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan boshoqli don intervensiyasini
amalga oshirish uchun kerakli bo‘lgan hajmdan tashqari davlat xaridlaridan to‘liq voz kechish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-
quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ajratilgan tijorat kreditlarining foiz stavkalarini
subsidiyalash;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ining strategik yo‘nalishlari va ehtiyojlariga mos
kreditlash va sug‘urtalash mexanizmini takomillashtirish;
Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish;
Keyingi
tahrirga qarang.
qishloq
xo‘jaligi
mahsulotlari
ishlab
chiqaruvchilarini
kreditlashda
“omborxona
guvohnomalari” mexanizmini joriy etish;
O‘zbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi
bo‘yicha faoliyatini kengaytirish;
qo‘shimcha mexanizmlar va moliyaviy vositalarni joriy etish va bozor ishtirokchilariga teng
imkoniyatlar yaratish orqali hamkorlikning shaffof mexanizmini ishlab chiqish;
resurs ta’minoti va xizmat ko‘rsatish sohasidagi nostrategik davlat korxonalarini
xususiylashtirish orqali resurslar va xizmatlar bozorida raqobatni kuchaytirish;
imtiyozli kredit hisobiga resurslar yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatish amaliyotidan voz
kechish;
agrosanoat majmui subyektlari o‘rtasida f’yuchers shartnomalari asosida ishlashga
ko‘maklashish va buni rag‘batlantirib borish;
yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqi qiymatini bozor narxlarida aniqlash tartibini qayta
ko‘rib chiqish orqali yer uchastkalariga bo‘lgan huquqdan garov ta’minoti sifatida foydalanish
mexanizmini takomillashtirish;
xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari maqsadli jalb etilishini ta’minlash maqsadida
investitsiya dasturini ishlab chiqish;
tijorat banklari tomonidan dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari uchun kredit resurslarini
ajratishni rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish tartibini qayta ko‘rib chiqish;
qishloq xo‘jaligida intensiv innovatsion texnologiyalarni joriy qilishni rag‘batlantirish tizimini
takomillashtirish.
Dostları ilə paylaş: