PF-5853-сон 23.10.2019. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh.,
2019-yil 23-oktabr,
PF-5853-son
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 23-
oktabrdagi PF-5853-son
Farmoniga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan STRATEGIYASI
1-bob. Umumiy qoidalar O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini istiqbolda barqaror
rivojlantirish sohada davlat siyosatini yangicha yondoshuvlar asosida yuritishni talab qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan
strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) ushbu vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur Strategiyaning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ining
raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishda davlat siyosatini
tubdan takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi:
aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;
qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish;
soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash;
davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;
tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich
diversifikatsiya qilish;
qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;
qishloq hududlarini rivojlantirish;
tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish.
Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi mazkur Strategiyaning
1-
va
2-ilovalarida
belgilangan asosiy
ko‘rsatkichlar va indikatorlarga erishishga asoslanadi.
Strategiyani amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yilga
mo‘ljallangan dastur ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.