yo‘qotishlarga olib kelmoqda.
Shuningdek, narxlarning mavsumiy keskin o‘zgarishi va bozor
sharoitlarining barqaror emasligi ham ular faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
So‘nggi yillarda kichik ishlab chiqaruvchilar tomonidan turli moliyaviy manbalar, shu
jumladan xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobidan zamonaviy omborxonalar va qayta
ishlash uskunalari uchun investitsiyalar yo‘naltirilmoqda. Shunga qaramasdan ular qayta ishlash
korxonalari va eksport qiluvchi tashkilotlardan ajralib qolmoqda.
Kichik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini birlashtirishning samarali mexanizmlari to‘liq
shakllanmaganligi sababli, ularning faoliyati tarqoqligicha qolmoqda.
Bu esa yuqori iqtisodiy
ko‘rsatkichlarga erishishga to‘sqinlik qilmoqda hamda qo‘shilgan qiymat zanjirlariga birlashish
imkonini cheklamoqda.
Ta’kidlash joizki, rivojlangan mamlakatlar (Yevropa Ittifoqi, AQSh, Kanada) bozorlarida
kooperativlarning ulushi 40 foizdan oshadi, O‘zbekistonda esa bu yo‘nalish endigina rivojlanmoqda.
Xalqaro standartlar va sifat talablariga javob beradigan laboratoriyalar,
ulgurji bozorlar va
logistika markazlari, shuningdek, bojxona va chegara maskanlarida meva-sabzavot mahsulotlarini
fitosanitariya nazoratidan o‘tkazish uchun jihozlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda.
Bu o‘z navbatida yetishtiriladigan va sotishga chiqariladigan mahsulotlar hajmini oshirish,
qo‘shilgan qiymatni ko‘paytirish, eksport geografiyasi va mahsulot turlarining diversifikatsiya
qilinishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Sanitar va fitosanitar nazorat milliy huquqiy bazasini Jahon savdo tashkiloti talablari va
maqsadli tashqi bozorlar standartlari bilan muvofiqligini ta’minlash orqali qishloq xo‘jaligi hamda
oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifatini ta’minlash zarur.
Bundan tashqari, yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotida 70 foizdan ortiq ulushga ega bo‘lgan
dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari bilan tayyorlov, qayta ishlash
va eksportyor korxonalar
o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlari yetarli rivojlanmagan.
Agrar sektorning eksport salohiyatini oshirish, qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar hajmini
ko‘paytirish, xalqaro standartlar asosida mahsulotlarni sertifikatlash tizimini keng joriy etish va
kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi
hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklari mutaxassislari
uchun qisqa muddatli, shu jumladan,
masofaviy treninglar tashkil etish, o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqish va tarqatish;
milliy karantin va o‘simliklarni himoya qilish tizimini Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va
fitosanitariya choralari bo‘yicha kelishuvi talablariga moslashtirish;
hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni nazorat qilishning
milliy tizimini Butunjahon hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash tashkiloti (XEB) standartlariga moslashtirish;
ilg‘or xalqaro tajribalar asosida qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirishni
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Innovatsion ta’lim markazini tashkil etish;
xalqaro bozorlarda tan olingan sifat standartlarini (Global G.A.P, Organic, NACCP va boshqalar)
joriy etishga ko‘maklashish mexanizmlarini ishlab chiqish;
yetakchi agrar korxonalar bilan qayta aloqa mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
yangi maqsadli eksport bozorlarida muzokaralar olib borish va savdo kelishuvlarini amalga
oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
mahalliy va maqsadli xalqaro bozorlarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari
marketingi va tashish xarajatlarini kamaytirish;
mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini maqsadli eksport bozorlariga chiqarish uchun “Made in
Uzbekistan” brendidan foydalanishni kengaytirish imkoniyatlarini baholash;
milliy sifat tizimini takomillashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqish;
eksport bozorlari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish, eksportga tayyorgarlik, savdo rejimi va
savdoni moliyalashtirish bo‘yicha maslahat xizmatlarini rivojlantirish;
maqsadli bozorlar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash
jarayonida, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat
mahsulotlari savdosini ilgari surishda O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining rolini
oshirish;
o‘simlik navlari mualliflari huquqlarini (shu jumladan, patent sinovlarini) muhofaza qilish
tizimini takomillashtirish;
agrologistika markazlari negizida yagona savdo tizimini (auksion va birja savdolari asosida)
joriy etish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni
takomillashtirish, yangi ekin turlarini saqlash maqsadida Milliy genlar bankini yaratish;
qishloq xo‘jaligini standartlashtirish markazi tomonidan ko‘rsatiladigan
xizmatlar turlarini
takomillashtirish;
paxta xomashyosi yetishtirish va paxta-to‘qimachilik sohasida bozor mexanizmlarini keng joriy
etish;
O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha xalqaro konvensiyaga (IPPC) qo‘shilish;
dehqon xo‘jaliklari faoliyatini kengaytirishni rag‘batlantirish maqsadida yer uchastkalarini
imtiyozli shartlarda ajratish tartibini ishlab chiqish;
xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilgan holda genetik modifikatsiyalangan ekinlar
navlarini sinash uchun maxsus laboratoriya tashkil qilish;
savdo infratuzilmasi va agrologistika markazlari, oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyalari,
sanitariya va fitosanitariya tizimi, zarur uskunalar va inventarlar uchun investitsiyalar jalb qilishni
yanada rag‘batlantirish;
o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha xalqaro konvensiya va
boshqa xalqaro standartlarga
muvofiq pestitsidlarni va pestitsidlarning ruxsat etilgan maksimal miqdorlarini (MRL) ro‘yxatga
olish, eksport qiluvchilar va ishlab chiqaruvchilarni axborot bilan ta’minlash tizimini
takomillashtirish;
urug‘chilik va meva-sabzavotchilik sohasi ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnik
bazasini modernizatsiya qilishga xalqaro moliya institutlari grantlari hamda texnik ko‘mak
mablag‘larini jalb qilish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida kooperatsiyani rag‘batlantirish
hamda ularni ichki va tashqi bozorlarda zamonaviy ishlab chiqarish-sotish zanjiriga integratsiya
qilish choralarini ishlab chiqish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va bu sohada xizmat ko‘rsatishni
muvofiqlashtirish, tezkor qarorlar qabul qilish va tarmoq siyosatini shakllantirish bo‘yicha
muzokaralarda ishtirok etuvchi birlashmalarni (kooperativlar va boshqalar) tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi birlashmalari, fermer va dehqon xo‘jaliklarining
qayta ishlash sanoati
korxonalari (shu jumladan klasterlar) bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
agrar sohada kichik tadbirkorlikni rivojlantirish va faoliyatini diversifikatsiya qilishni qo‘llab-
quvvatlash uchun tajriba — sinov tariqasida investitsiyaviy dasturlarni amalga oshirish;
meva-sabzavotchilik va chorvachilik tarmoqlarini baholash natijalariga ko‘ra (dastlab ko‘p yillik
ma’lumotlar va bozor tendensiyalari tahlili asosida eksport qilinuvchi asosiy 10 — 15 ta mahsulot turi
bo‘yicha) eksportni oshirish strategiyasini ishlab chiqish;
oziq-ovqat xavfsizligi va sifatini nazorat qilish tizimini modernizatsiya qilish.
Dostları ilə paylaş: