O’zbekistondagi ta'limning barcha bosqichlari uchun zamon talablariga javob beradigan
yangi davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari, shu jumladan, mulitimediyali o'quv dasturlari
hamda millionlab nusxada nashr qilinayotgan darsliklar va o'quv qo'llanmalari ishlab chiqilgan va
Ilg'or pedagogik texnologiyalar va o'qitishning interfaol usullaridan keng foydalanilmoqda.
Har bir o'quv muassasasida o'quv adabiyotlarning, shu jumladan, elektron o'quv adabiyotlarining
Ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli ta'limning kutilayotgan davomiylik
muddati 1990 yildagi 13,7 yildan 2010 yilda 15,6 yilga o'sdi. Ushbu ko'rsatkich va aholining
savodxonlik darajasi ko'rsatkichi bo'yicha O’zbekiston ko'plab rivojlangan mamlakatlar darajasiga
yetib oldi. Mustaqillik yillarida oliy o'quv yurtlari soni 37 tadan 66 taga o'sdi.
1992-yil martda viloyatlardagi pedagogika institutlari negizida Andijon Davlat universiteti,
Buxoro Davlat universiteti, Termiz Davlat universiteti, Urganch Davlat universiteti, Qarshi Davlat
universiteti tashkil qilindi. Prezidentning 1992-yil fevraldagi farmoni bilan yana sakkizta viloyat
Eng zamonaviy ixtisosliklar bo‘yicha alohida universitet va institutlar, jumladan, Jahon
iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Navoiy konmetallurgiya instituti, Mudofaa vazirligi
qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya
akademiyasi kabi o‘nlab yangi oliy o‘quv yurtlari tashkil etildi. Toshkent davlat elektrotexnika va
1993- yil «O‘zbekistonda o‘quvchi-yoshlarni rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida»gi talaba
Mamlakat qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan va zamonaviy bilimlar sohibi bo‘lgan yuqori
malakali oliy va o‘rta maxsus ta’lim olgan mutaxassis kadrlarni Toshkent Davlat Agrar
universiteti, Andijon, Samarqand Qishloq xo‘jaligi, Qarshi Muhandislik iqtisodiyot, Toshkent
Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti ish boshladi. Mamlakat viloyatlarida
oliy universal ta’limni joriy etishda rivojlangan davlatlar tajribasiga suyanib ish tutildi.
1992-yil dastlab respublikamizning 6 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovi asosida o‘qishga
qabul qilish tajribadan o‘tkazilgan edi. 1993-yilda esa 46 ta oliy ta’lim muassasalarining 19 tasida
tajriba tariqasida test sinovlari o‘tkazildi. 1994-yil Davlat test markazi tashkil etilib, shu yildan
boshlab oliy ta’lim muassasalariga test orqali qabul joriy etildi. 1996- yildan ta’lim olishda
kontrakt-shartnoma to‘lovi joriy etildi.
1997-yilgi «Talim to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq 5 yillik oliy ta’limdan 4 yillik bakalavriat
va 2 yillik magistratura bosqichlaridan iborat ikki pog‘onali tizimga o‘tildi.
Mamlakat oliy o'quv yurtlarida ta'lim, fan va ishlab chiqarishni birlashtirish jarayoni
rivojlanmoqda. Talabalar ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etmoqdalar, innovasion faoliyat bilan,
shu jumladan, korxonalar buyurtmasiga ko'ra shug'ullanmoqda.
Talabalarning ishlari mamlakatimizning yangi texnologiyalarini va fan keng qo'llaniladigan
mahsulotlarni namoyon etuvchi har yillik ko'rgazmalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.
Faqat 2011 yilning o'zida Innovasion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika
yarmarkasida oliy o'quv yurtlarida yaratilgan texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish uchun 3
milliard 579,4 million so'mlik shartnomalar tuzildi.
Talabalarni fundamental izlanishlarga jalb qiluvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o'zaro
manfaatli aloqalar yaqindan yo'lga qo'yilgan. Bu yosh ilmiy kadrlarni tayyorlashga keng imkon
berdi.
Yetakchi oliy o'quv yurtlarida O’zbekiston Fanlar Akademiyasi ishtirokida hozirgi vaqtda
fan, texnika va texnologiyalarning eng istiqbolli yo'nalishlari bo'yicha o'quv-ilmiy laboratoriya
majmualari yaratilmoqda.
Shuningdek, Prezidentning 2013-yildagi «Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada
takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofi q yuridik institut universitet maqomida qayta
tashkil etildi, 2014-yildagi qarori asosida Toshkent davlat stomatologiya instituti ta’sis qilindi.
Malaka oshirish tizimi ham tubdan isloh qilindi. Xalq va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalari qatorida oliy ta’lim, tarmoq sohalarida kadrlarning malakasini oshirish va qayta
tayyorlash ishlari tamomila yangi bosqichga ko‘tarildi.
Prezidentning 2015-yildagi «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini
qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi farmoniga asosan 15 yetakchi oliy ta’lim muassasalari – tayanch oliy o‘quv yurtlari
sifatida belgilandi.
Dostları ilə paylaş: