Oliy ta'limdan keyingi ta'lim tuzilmasi faol rivojlantirilmoqda. Oliy o'quv yurtlarida
yo'nalish bo'yicha nomzodlik doktorlik dissertasiyalarini himoya qilish bo'yicha ixtisoslashgan
kengashlar faoliyat ko'rsatmoqda.2012-yilga qadar aspirantura (3 yil) va doktarantura (3-yil)dan
iborat bo‘lib, 2012–2017-yillarda bir bosqichli doktarantura faoliyat olib bordi.
2013–2017-yillar oralig‘ida faqat 360 ga yaqin tadqiqotchi doktorlik dissertatsiyasini
himoya qilgan. Bu esa respublikadagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari uchun oliy
malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondira olmadi.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, ilmiytadqiqot
faoliyatida yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirish
maqsadida hamda bir qator ilg‘or xorijiy mamlakatlarning xalqaro amaliyotini o‘rgangan holda
2017-yilning 1- iyulidan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy
etildi.
Birinchisi – dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori
(PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura va ikkinchisi – dissertatsiya
himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini
berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimidir.
Dostları ilə paylaş: |