Ilm-fandagi tub islohotlar. 2016-2017-yillar O‘zbekiston ilm-fanida tom ma’noda tub
islohotlar davri bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 30-dekabr kuni ilk bor
mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashdi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra,
O‘zbekistonda ilm-fanga e’tibor yanada kuchayishi belgilandi. Prezidentning 2017-yil 17-
fevraldagi «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va
moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida 9 ta
ilmiy-tadqiqot muassasasi Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytarildi, qator ilmiy tashkilotlar qayta
tashkil etildi, Fanlar akademiyasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyati
yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Prezidentining 2017-yilda imzolangan «Innovatsion rivojlanish vazirligini
tashkil etish to‘g‘risida» qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi
tashkil etildi. Mazkur vazirlikning davlat va jamiyat qurilishiga, iqtisodiyot tarmoqlariga, qishloq
xo‘jaligiga, ijtimoiy rivojlanishga, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga
innovatsiyalarni joriy etish hamda ilg‘or texnologiyalar joriy etilishini tashabbus qilish,
muvofiqlashtirish va rag‘batlantirish sohasidagi asosiy vazifalari belgilab berildi.
Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga oxirgi saylovlar 1995-yilda o‘tkazilgan edi. O‘tgan
yillar mobaynida akademiklarning soni ikki martadan ko‘proqqa qisqardi va 2017-yilga kelib
akademiyaning atigi 63 nafar haqiqiy a’zosi qolgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi «O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi tarixiy farmoni
bilan 22 yillik uzoq tanaffusdan so‘ng Fanlar akademiyasining 32 nafar yangi haqiqiy a’zolari
tasdiqlandi. Bugungi kunda ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi 400 ta muassasa ro‘yxatga
olingan bo‘lib, fan sohasida 36 ming mutaxassis, jumladan, 2 mingdan ortiq fan doktori va 9
mingdan ortiq fan nomzodi faoliyat olib bormoqda.
So‘nggi yillarda ta’limning nodavlat shakli rivojlanish yo‘liga kirdi. Maktabgacha ta’lim
tizimi bo‘yicha alohida vazirlik tashkil etildi. Davlat-xususiy sherikchilik asosida maktabgacha
ta’lim muassasalari barpo etilishi bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratildi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun
ta’limning majburiy etib belgilanishi, 11 yillik majburiy umumiy o‘rta ta’limning joriy etilishi va
ular bitiruvchilarga murakkab bo‘lmagan kasblar o‘qitilishi qonunni yangi tahrirda qabul qilishga
ehtiyoj yuzaga kelganini bildiradi.
Shuningdek, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida ta’lim berish muddati va
mazmunining o‘zgarishi, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, yuridik shaxslarga
barcha ta’lim turlari bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilishi ham qonun
loyihasini yaratishga asos bo‘ldi.
Pedagoglar, ta’lim muassasasi xodimlari, ta’lim oluvchilarning huquq va erkinliklari
kengaytirilib, mas’uliyati kuchaytirilishi, rag‘batlantirilishi ishga bo‘lgan munosabatni yanada
oshirdi. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yuridik shaxslarga ta’lim xizmatini ko‘rsatishga ruxsat
berilgani, rivojlangan xorijiy davlatlarning ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalari yurtimizda joriy
etilayotgani va bir qator xalqaro konvensiyalar ratifikatsiya qilingani ham «Ta’lim to‘g‘risida»gi
qonunning yangi tahririga zaruratni kuchaytirdi.
Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi 12 bob, 70 dan ortiq moddadan iborat bo‘lishi mumkin
(amaldagi qonun 5 bob, 34 moddadan iborat).Qonun loyihasiga asosiy yangi yo‘nalishlar
kiritilmoqda. Xususan, katta yoshdagilar ta’limi, maxsus ta’lim, inklyuziv ta’lim, yakka tartibda
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish, davlat-xususiy sherikchiligi, ta’lim sohasiga
investitsiyalarni kiritish, ta’lim muassasalarining o‘zini o‘zi baholashi, ta’lim ishtirokchilarining
huquqlari, majburiyatlari, ta’lim sohasida eksperimental va innovatsion faoliyat kabi muhim
masalalar qamrab olinmoqda.
Shuningdek, qonun loyihasida pedagog kadrlarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan
boshqa ishlarga jalb etilishi taqiqlanishi, bu masalada ta’lim muassasalari rahbarlari javobgar
bo‘lishi belgilanmoqda. Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlarining vakolatlari va ta’lim
muassasalari faoliyati erkinligi kengaytirilishi taklif etilmoqda.
Bakalavriat yo‘nalishida ta’lim olish davomiyligi kamida 3 yil, magistraturada esa kamida 1
yil etib belgilanmoqda. Shuningdek, yana bir qancha o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Qonunga ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi
prinsipi kiritilmoqda;
11 yillik ta’limning hamda 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida
umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi o‘rnatilmoqda;
Nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning amalga
oshirilishi mumkinligi mustahkamlanmoqda;
Ta’lim olishning quyidagi shakllari belgilanmoqda:
· ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
· ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy, dual);
· oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
· katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
· mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash;
· inklyuziv (uyg‘unlashgan) ta’lim;
· eksternat tartibida ta’lim olish.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarining sinflarida ta’lim oluvchilar soni 35
nafardan oshmasligi belgilanmoqda;
Bakalavriat yo‘nalishida ta’lim olish davomiyligi kamida 3 yil, magistraturada esa kamida 1
yil etib belgilanmoqda;
Oilada ta’lim olgan va mustaqil ta’lim olgan shaxslarga davlat tomonidan tasdiqlangan
namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilishi mumkinligi belgilanmoqda;
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek pedagog
xodimlarning kasb faoliyatiga bo‘lgan davlat talablariga rioya etilishiga doir vakolatlari bekor
qilinmoqda;
Ta’lim tashkilotlarida siyosiy partiyalarning tashkiliy tuzilmalarini tashkil etish
taqiqlanmoqda;
Chet davlatlari va O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida
ularning bitiruvchilariga ikki tomonlama diplom (Double Diploma) berilishi mumkinligi
belgilanmoqda.
Shuningdek, qonun bilan ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarning kiyinishiga doir talablar
qo‘yilishi mumkinligi belgilanmoqda.
O‘zbekiston zamini azaldan bashariyat sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan, jahon ilm-
fani va madaniyati taraqqiyoti yo‘nalishini ma’lum darajada belgilab bergan ulug‘ allomalari,
buyuk mutafakkirlari bilan shuhrat qozongan.
O‘zbek zaminidan Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo
Ulug‘bek kabi va jahon ilm-fani xazinasiga ulkan hissa qo‘shgan boshqa ko‘plab buyuk olimlar,
mutafakkirlar yetishib chiqqan. Bugun O‘zbekiston olimlari mamlakatimiz ilm-fanini yanada
rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratmoqda va fan-texnika taraqqiyotiga ulkan hissa
qo’shishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |