O‘zbekiston fani va ta’limi integratsiyasini ta’minlash borasida ham qator ishlar amalga
oshirilmoqda. Bu jarayon 2012-yilga qadar Fanlar akademiyasi tizimida ilmiy-o‘quv markazlari
tashkil etilishi orqali amalga oshirildi. Jumladan, 2011-yili Fanlar akademiyasining Fizika-texnika
institutida «Qayta tiklanadigan energiya manbalari» ilmiy-o‘quv markazi, 2012-yili
Immunologiya institutida «Biotibbiyot» ilmiy-ta’lim innovatsion markazi ish boshladi.
2012-yildan esa, oliy ta’lim tizimida ilmiy sektor rivojini ta’minlash maqsadida Fanlar
akademiyasning 5 ta ilmiy tadqiqot instituti, 4 ta mintaqaviy ilmiy markazlar ilmiy bo‘linma
tarzida qayta tashkil etilib, yo‘nalishi va ixtisosliklariga ko‘ra ular tegishli oliy ta’lim
muassasalariga o‘tkazildi.
Fanlar akademiyasi tuzilmalarini qisqartirish va akademik fan va ta’lim integratsiyasini
kuchaytirish maqsadida 2014-yilda 2 ta institut va 1 ta bo‘linma oliy ta’lim muassasalari qoshidagi
ilmiy-tadqiqot markazlari sifatida tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yildagi «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-
pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish
to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq 2013-yilning 1-yanvaridan boshlab dissertatsiya himoya qilish
va fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli
tizimi joriy qilindi.
Lekin bu tizim mavjud xalqaro ilm-fan standartlariga to‘la mos kelmaganligi, respublikadagi
mavjud ilmiy salohiyatning tushib ketganligi sababli, 2017-yil fevraldan Sh.Mirziyoyev
tashabbusi bilan xalqaro standartlariga mos keluvchi, falsafa doktori va fan doktori darajalarini
beruvchi ikki bosqichli tiz imga o‘tildi.
|