bilan qisman qoplangan (masalan, qovuq, yuqoriga ko‘tariladigan va pastga tushadigan
9
Yo‘g‘on ichakning sirpanuvchan churralari aksariyat qiyshiq chov churralarida,
qovuqniki esa — to‘g‘ri chov churralarida bo‘ladi. Sirpanuvchan churralar hamma chov
churralarining 1—1,5 foizini tashqil qiladi. Ular tug‘ma va orttirilgan bo‘lishi mumkin.
Yo‘g‘on ichakning sirpanuvchan churrasining patognomonik simptomlari
bo‘lmaydi. Odatda bu yoshi ulg‘aygan va keksa odamlardagi churra darvozasi keng kat-
ta churradir.
Diagnostikasiga yo‘g‘on ichakni rentgenda tekshirish yordam beradi.
Qovuqning sirpanuvchan churralarida siydik chiqarish buziladi yoki siydik ikki
bo‘lib chiqariladi (avvaliga bemor kovug‘ini bo‘shatadi, keyin churra bo‘rtmasini
bosganidan keyin qaytadan siydik chiqarish mayli paydo bo‘ladi va bemor yana siya
boshlaydi).
Qovuqning sirpanuvchan churrasiga shubxa qilinganda qovuqni kateterlash va sis-
tografiya qilish zarur.
Dostları ilə paylaş: