Qorin churralari etiologiyasi va patogenezi. Churralar mahalliy va umumiy xa-
rakterdagi sabablardan hosil bo‘lishi mumkin, moyil qiladigan va keltirib chiqaradigan
turlarga bo‘linadi.
Churralar hosil bo‘lishining moyillik kiladigan sabablariga churra eng ko‘p hosil
bo‘ladigan joylarda qorin devori tuzilishining mahalliy anatomik xususiyatlari kiradi. Bu
kuchsiz joylar yoki «churra nuqtalari» quyidagilardir: a) chov kanali zonasi; b) sondagi
oval chuqurcha zonasi; v) qorin oq chizig‘i aponevrozining kindik ustidagi va kindik
oldidagi bo‘limi; g) Spigeli chizig‘i zonasi; d) Pti uchburchagi zonasi; ye) Gryunfeld —
Lesgaft to‘rtburchagi zonasi; j) yopqich teshik zonasi.
Qorin devori tuzilishining anatomik xususiyatlari ayollarda va erkaklarda turli xil
churralarning taqsimlanishiga ham ta'sir ko‘rsatadi. Son churralarining ko‘p uchrashi
ayollarda chanoq halqasi enining serbarligi bilan bog‘liq. Erkaklarda son churralarining
ko‘p uchrashi ularda chov halqasining birmuncha kengligi bilan izohlanadi. Embrion
davrida u orqali tuxum yorg‘oqqa tushadi va urug‘ kanalchasi (tizimchasi)dan o‘tadi,
shuningdek chov yorig‘i tuzilishining ham o‘ziga xos xususiyati (uchburchak) bor.
Ayollarda chov oraliri yoriqsimon shaklga ega.
Umumiy moyillik qiladigan omillarga: irsiyat, yosh (umrining birinchi yoshidagi
bolalarda ko‘krak devori kuchsiz, keksalarda qorin devori to‘qimalari atrofiyaga uchra-
gan bo‘ladi), jins (ayollarda chanoq va son halqasining tuzilish xususiyatlari, erkaklarda
chovning kuchsizligi), gavda tuzilishining xususiyatlari, semiz-oriqlik, tez-tez tug‘ish,
qorin devori shikastlari, operatsiyadan keyingi chandiqlar, qorin devori nervlari falajini
kiritadilar.
Bu umumiy omillar qorin devorining mahalliy zaiflanib qolishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |