Амалий машулот б´йича дарс ´тиш


 Fanlararo va fan ichida bog‘liqlik



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#45707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Amaliy mashgulot. Qorin churralari

3. Fanlararo va fan ichida bog‘liqlik 

Shu  mavzuni  o‘qitish  talabalarning  normal  anatomiya,  normal  va  patologik  fizi-

ologiya  fanlari  bo‘yicha  bilimlariga  asoslanadi.  Dars  davomida  olingan  bilimlar  gastro-

enterologiya, ichki kasalliklar va boshqa klinik fanlarni o‘rganilganda kerak bo‘ladi. 

 

 

 



 

 


 



4. Mashg‘ulot mazmuni: 



4.1 Nazariy qismi 

 

Anatomik-fiziologik  ma'lumotlar.  Qorin  churrasi  (hernia)  deb,  qorin 

bo‘shlig‘idan  ichki  organlarning qorin devoridagi tabiiy  yoki sun'iy teshik orqali  uning 

tashqarisiga,  qorin  pardasining  ularni  qoplab  turadigan  devor  oldi  varag‘i  bilan  birga 

chiqishiga aytiladi. 

Qorin pardasi bilan qoplanmagan ichki organlarning tabiiy teshiklar orqali chiqishi-

ga tushish (prolapsus) deyiladi. 

Qorin churralaridan farqli ravishda eventeratsiyada ichki organlarning perietal qorin 

pardasisiz  shikastlangan  qorin  devori  orqali  teri  ostiga  (teri  osti  eventeratsiyasi)  yoki 

tashqariga (tashqi eventeratsiya) chiqishi sodir bo‘ladi. 

Qorin churralari tashqi va ichki bo‘ladi. 

Tashqi  churralarda  ichki  organlar  qorinning  oldingi  devoridagi,  chanoq,  bel  yoki 

dumba sohasidagi teshik orqali tashqariga chiqadi. 

Qorinning  ichki  churrasi  qorindagi  ichki  organlarning  qorin  pardalariga  va  qorin 

bo‘shlig‘idagi  ichak  xaltalariga  (bursa  omentails,  foramen  Winslou,  flexura  duodenale 

junalis, recessus subcolecalis ilieocolis, intersigmoidcus), shuningdek diafragmaning ta-

biiy yoki orttirilgan teshiklariga chiqishidan iborat. 

Qorinning tashqi churralari — ko‘p uchraydigan xastalik, churra bilan hamma ahol-

ining 3-4 foizi og‘riydi. Eng ko‘p chov churralari (75%), so‘ngra son (8%), kindik (4%), 

operatsiyadan keyingi churralar (14%) kuzatiladi, churralarning qolgan formalari 1 foiz-

ni tashqil qiladi. Erkaklarda ko‘proq chov churralari, ayollarda son va kindik churralari 

bo‘ladi. 




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin