Амалий машулот б´йича дарс ´тиш


Qorin  churralarini  aniqlash  simptomlari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#45707
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Amaliy mashgulot. Qorin churralari

 

Qorin  churralarini  aniqlash  simptomlari.  Simptomlari  bo‘yicha  asoratlanmagan 

churralar 

(to‘g‘rilanadigan, 

joyiga 


solinadigan), 

xronik 


asoratlangan 

(to‘g‘rilanmaydigan) va o‘tkir asoratlangan churralarn farq qilish lozim. 

Asoratlanmagan tashqi churralar sub'ektiv turli-tuman namoyon bo‘ladi. Ba'zan ular 

umuman  bo‘lmaydi.  Aksariyat  bemorlar  churra  sohasida  joylashgan  simillagan  qattiq, 

og‘riqdan  noliydilar,  og‘riq,  masalan,  to‘sh  osti  soxasini  boshlang‘ich  chov  churrasida 

—  moyakka,  jinsiy  labga  va  boshqa  sohalarga  beriladi.  Og‘riq  jismoniy  zo‘riqishda, 

og‘ir  yuk  ko‘tarishda,  vertikal  vaziyatda  kuchayadi.  Dispeptik  shikoyatlar:  kekirish, 

jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, ba'zan qusish, dizuriya, qabziyatlar ham bo‘lib tura-

di. 

Bemorlarni tik turganda va yotganda (gorizontal xolatda) tekshiriladi. 



Asoratlanmagan tashqi churralarning asosiy ob'ektiv belgilari: 

a) churra joylashuvi uchun xos zonadagi bir oz shish 

b) churra ichidagini qorin bo‘shlig‘iga kiritishga bog‘liq bo‘lgan shish ko‘rinishi va 

xajmining tez va ocon o‘zgaruvchanligi; 

v)  qorin  bo‘shlig‘iga  kiritilgan  joyda  qorin  devorining  bo‘rtib  chiqish  nuqsoni  — 

«churra darvozasi» borligi 

g) «yo‘tal turtkisi» fenomeni borligi. 

To‘g‘rilashdan keyin, ehtimol, paypaslash  yordamida churra darvozasi  va kanalin-

ing  ko‘rinishini,  o‘lchamlarini  ularning  atrofidagi  to‘qimalar  sifatini,  churra  darvozasi-

ning  churra  pardasi  va  churra  xaltachasi  bilan  o‘zaro  munosabatini,  suriluvchanligini, 

bitishmalarini aniqlash mumkin: 

—  churrada  ichak  qovuzlog‘i  borligi  bo‘rtma  yuzasining  silliqligi  va  elastik  yumshoq 

konsistensiyasidan, peristaltikaning teri orqali bilinishidan, perkussiyada timpanit paydo 

bo‘lishidan aniqlanadi; 

—  churrada  ko‘p  ichak  qismi  borligi  (ayniqsa  sirpanuvchan  churra  ko‘rinishida)  pay-

paslashdan tashqari, yo‘g‘on ichakni rentgenografiya qilishda aniqlanadi; 

— churradagi qovuq, devorini (sirpanuvchan churra) dizuriya borligidan va qovuqni sis-

toskopiya  yoki  rentgenografiya  qilish  yordamida  (sergozin)  aniqlashga  muvaffaq, 

bo‘linadi; 

—  churrada  ayol  ichki  organlari  borligini  ba'zan  hayz  ko‘rish  davrida  bo‘rtmaning 

shishib chiqishidan bilsa bo‘ladi. 


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin