churralari, qorinning yon churralari, bel, quymich, yopqich teshik, oraliq chur-
2. Asoratlangan churralar (to‘g‘rilanmaydigan, qisilgan, koprostaz, churra yal-
Churraning tarkibiy elementlari — churra darvozasi, churra qopchasi, churra
6
Churra darvozalari — qorin devorining churra chiqadigan kuchsiz joylaridir (chov
chuqurchasi, kindik halqasi, qorinning oq chizig‘i, diafragmadagi teshik). Normada bu
teshiklar orqali u yoki bu anatomik tuzilmalar o‘tadi (urug‘ tizimchasi, bachadonning
yumaloq, boylami, tomir-nerv dastalari va x, k.). Travmatik va operatsiyadan keyingi
churralarda qorin shikastlanganda muskullar va aponevrozlarda yoki xirurgik oper-
atsiyada hosil bo‘lgan teshiklar churra darvozalari bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Churra
darvozalari operatsiyadan keyingi vertikal churralarda yoriq ko‘rinishida yoki katta
o‘lchamli bo‘lishi mumkin. Darvozalarining o‘lchamlariga ko‘ra churra darvozasi kichik
(diametrda 2 sm gacha), darvozasi o‘rtacha (2 dan 4 sm gacha) va churra darvozasi katta
churralar (4 sm dan ko‘p) farq qilinadi.
Churra darvozasi — qorin pardasining churra darvozalari orqali chiqadigan ichki
organlarni qoplab turadigan parietal varag‘idir. Tug‘ma chov churralarida qorin parda-
sining o‘sib yetilmagan qin o‘simtasi (processus vaginalis peritonei) churra qopchasi
bo‘lib hisoblanadi.
Churra qopchasida: og‘zi, bo‘yinchasi, tanasi va tubi farq qilinadi. Churra xal-
tachasi turli o‘lchamda va shaklda bo‘lishi mumkin.
Xaltacha qorin bo‘shlig‘i bilan tutashadigan joy og‘zi deyiladi. Bo‘yinchasi —
churra xaltachasining og‘zi bilan tutashadigan eng tor uchastkadir. Bo‘yinchada aksari-
yat churra qisilishi ro‘y beradi.
Asoratlanmagan churralarda xaltacha devori qorin pardasining silliq yupqa
varag‘idan iborat bo‘ladi, uning yuzasida yog‘ qatlamlari bo‘lishi ehtimol. Asoratlangan
churrada xaltacha devori doimo shikastlanib turishi natijasida u qalin tortadi, biriktiru-
vchi to‘qima rivojlanishi va xaltacha ichida bitishmalar borligi hisobiga dag‘al bo‘lib
qoladi. Churra qopchasi ichki yuzasi xaltacha ichidagi narsa bilan yoki devorlarining
bir-biri bilan bitib qolishi oqibatida churra to‘g‘rilanmaydigan bo‘lib qoladi.
Churra xaltachasining to‘liq obliteratsiyasi deyarli bo‘lmaydi. Aksariyat xaltacha
ikki yoki uch bo‘shliqli tuzilmaga aylanadi, yoki «qum soat» ko‘rinishini oladi, uning
devorida kistalar paydo bo‘lmaydi.
Churra xaltachasi embrional kindik churralarida bo‘lmasligi mumkin, ulardagi
tushgan ichki organlar amnion bilan qoplangan. «Sirpanuvchi» churralarda ham xal-
tachasi qisman bo‘lmaydi. Bu qorin bo‘shlig‘idan tashqarida joylashgan organ
(ko‘richak, qovuq) chiqqanda va qorin pardasi yorilgan soxta travmatik churralarda ku-
zatiladi. N. V. Antelava ma'lumotlariga ko‘ra sirpanuvchan churralar 4,6% xollarda
uchraydi.
Parda churralari churra bilan birga chiqadigan va churra xaltachasini qoplab oladi-
gan qorin devorining hamma katlamlarini hosil qiladi. Ularga qorin pardasi oldidagi
kletchatka, fassiya plastinkalari, muskul tolalari (masalan, m. cremaster), urug‘ tizim-
chasi elementlari kiradi.
Churra xaltachasida qorin bo‘shlig‘idagi organlardan xar qaysisi bo‘lishi mumkin.
Ichki organlardan ayrimlari quyidagi tartibda uchraydi:
a) ingichka ichak qovuzlog‘i; b) charvi; v) ichak tutqich bilan ta'minlangan yo‘g‘on
ichak bo‘limlari; g) chuvalchangsimon o‘simta va yo‘g‘on ichakning yog‘
qo‘shimchalari; d) bachadon naychalari va tuxumdon, ba'zan bachadon; ye) ichak
tutqich; j) qorin pardasi bilan qoplangan organlar (siydik pufagi, chambar ichakning
yuqoriga ko‘tariluvchi va pastga tushuvchi bo‘limi, ko‘richak); z) qorin pardasi ortida
7
joylashgan organlar (buyrak, siydik yo‘li, me'da osti bezi, prostata bezi fiksatsiyasi
buzilganda); i) me'da, taloq, o‘t pufagi, Mekkel divertikuli.
Bo‘rtib chiqadigan xaltacha churra ichidagi organ va churra darvozalari vaziyati
o‘rtasidagi nisbatni hisobga olish amaliy jihatdan ahamiyatlidir. Xaltacha qorin devorin-
ing yuqorisiga kirgan, biroq uning qatlamlari orasiga surilib ulgurmagan boshlang‘ich
churra; kanal churrasi va teri ostiga o‘tgan to‘liq churra farq qilinadi.
Ba'zan churra xaltachasi ayrim muskul va fassial qatlamlar orasidan oraliq yoki in-
terstitsial churra ko‘rinishida yo‘l soladi, teri ostidan emas, balki muskul yoki aponevroz
ostidan chiqadi.
Dostları ilə paylaş: