Amaliy dasturlash paketlari. Mathcad dasturi interfeysi. Matematik ifodalar. Grafika


Diskret o’zgaruvchilar va sonlarni formatlash



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix23.08.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#140195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
13 labaratoriya ish

 
4.3.Diskret o’zgaruvchilar va sonlarni formatlash 
 
Mathcadda diskret o’zgaruvchilar deganda sikl operatorini tushunish kerak. Bunday 
o’zgaruvchilar ma’lum qadam bilan o’suvchi yoki kamayuvchi sonlarni ketma-ket qabul qiladi. 
Masalan: 


4.3-rasm. Hsoblashlarda foydalanuvchi funksiyasini tuzish

x:=0…5. Bu shuni bildiradiki bu o’zgaruvchi qiymati qator bir necha qiymatlardir, ya’ni 
x=0,1,2,3,4,5.
x:=1,1.1..5. Bunda 1 – birinchi sonni, 1,1 – ikkinchi sonni, 5 - oхirgi sonni bildiradi. 
x:=A,A+B..B. Bunda A – birinchi, A+B – ikkinchi, B - oхirgi sonni bildiradi. 
Izoh!
O’zgaruvchi diapazonini ko’rsatishda ikki nuqta o’rniga klaviaturadan (;) nuqta 
vergul kiritiladi yoki Matrix (Matritsa) panelidan Range Variable (Diskret o’zgaruvchi) tugmasi 
bosiladi. Hisoblangan qiymatni chiqarish uchun esa o’zgaruvchi va tenglik belgisini kiritish 
kifoya. Natijada o’zgaruvchi qiymati ketma-ket jadvalda chiqadi. Masalan, x:=0..5 deb yozib
keyin x= kiritish kerak. 
Foydalanuvchi funksiyaning uning argumentiga mos qiymatlarini hisoblab chiqarish va bu 
qiymatlarni jadval yoki grafik ko’rinishda tasvirlashda diskret o’zgaruvchilardan foydalanish 
qulaylikni keltiradi. Masalan, f(x)=sin(x)

Cos(x) funksiya qiymatlarini x ning 0 dan 5 gacha 
bo’lgan qiymatlarida hisoblash kerak bo’lsa, u holda quyidagi kiritishni amalga oshirish kerak: 
f(x)=sin(x)

Cos(x) x:=0..5 f(x)=
javob
.
Sonlarni formatlash. 
Odatda Mathcad 20 belgi aniqligigacha matematik ifodalarni 
hisoblaydi. Hisoblash natijalarini kerakli formatga o’zgartirish uchun sichqoncha ko’rsatgichini 
sonli hisob chiqadigan joyga keltirib, ikki marta tez-tez bosish kerak. Natijada sonlarni formatlash 
natijasi Result Format oynasi paydo bo’ladi. Sonlarni formatlash quyidagilardir: 

General (Asosiy) – o’z holida qabul qilish. Son eksponenцial ko’rinishda tasvilanadi. 

Decimal (O’nlik) – o’nlik qo’zg’aluvchan nuqta ko’rinishda tasvirlanuvchi son (masalan, 
12.5564). 

Skientific (Ilmiy) – son faqat darajada tasvirlanadi (masalan, 1.22*10
5
). 



Engeneering (muхandislik) – sonning darajasi faqat 3 ga karrali qilinib tasvirlanadi (masalan, 
1.22*10
6
). 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin