4.8-rasm. Uzlukli funksiyalarni hisoblashda shartlarni ishlatish.
4. Dasturlash panelidan If tugmasi (if operatori) bosiladi.
Natijada kiritish joyi, qaerga shartni
yozish kerak bo’lgan joy paydo bo’ladi,
masalan x5. Pastki kiritish joyiga ikkinchi uchastka uchun egilish momenti kiritiladi va bo’shliq tugmasi
yordamida u ajratiladi.
6. Dasturlash panelidan Otherwise tugmasi bosiladi va shart yoziladi, masalan, x>L1.
Mantiqiy (Bool) operatorlarini ishlatishda berilgan qo’shiluvchi ifodalar mos mantiqiy
operatorga ko’paytiriladi. Mantiqiy operatorlar bool operatorlar panelidan kiritiladi (Boolean
Toolbar tugmasidan). Bool operatorlari faqat 1 yoki 0 qiymat qaytaradi. Agar shart to’g’ri bo’lsa,
u holda operator qiymati 1, aks holdla 0 bo’ladi. Mantiqiy (Bool) operatorlarini ishlatishga misol.
4.7. Qiymatlarni global yuborish. Simvolli hisoblashlar
Ayrim o’zgarmaslarga global qiymatni berish uchun quyidagi proцedurani bajarish kerak
bo’ladi:
1. O’zgarmas nomi kiritiladi.
2. Matematika panelidan Evaluation Toolbar (Baholash paneli) tugmasi bosiladi.
3. Ochilgan Evaluation (Baholash) oynasidan Global Definition (Global aniqlash) tugmasi
bosiladi yoki Shift+
tugmalari baravar bosiladi. Bunday aniqlanish barcha hujjatlar uchun ta’sir
qiladi, ya’ni barcha hujjatlarda bu qiymatni ishlatish mumkin.
Sonli hisoblashlardan tashqari Mathcad belgili (simvolli)
hisoblashlarni ham amalga
oshiradi. Bu degani hisoblashlar natijasini analitik ko’rinishda tasvirlash mumkin. Masalan,
aniqmas integral, differensiallash va boshqa shu kabi masalalarni echishda uning echimini analitik
ko’rinishda tasvirlaydi. Bunday oddiy simvolli hisoblashlar 5.9-rasmda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: