Amaliy dasturlash paketlari. Mathcad dasturi interfeysi. Matematik ifodalar. Grafika


Matematik ifodalarni qurish va hisoblash



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/17
tarix23.08.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#140195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
13 labaratoriya ish

2.
Matematik ifodalarni qurish va hisoblash 
 
Boshlang’ich holatda ekranda kursor krestik ko’rinishda bo’ladi. Ifodani kiritishda u 
kiritilayotgan ifodani egallab olgan ko’k burchakli holatga o’tadi. Mathcadning har qanday 
operatorini kiritishni uchta usulda bajarish mumkin: 

menyu buyrug’idan foydalanib

klaviatura tugmalaridan foydalanib; 

matematik paneldan foydalanib. 
O’zgauvchilarga qiymat berish uchun yuborish operatori “:=” ishlatiladi. Hisoblashlarni 
amalga oshirish uchun oldin formuladagi o’zgaruvchi qiymatlari kiritiladi, keyin matematik ifoda 
yozilib tenglik “=” belgisi kiritiladi, natijada ifoda qiymati hosil bo’ladi. 
Oddiy va matematik ifodalarni tahrirlashda menyu standart buyruqlaridan foydalaniladi. 
Tahrirlashda klaviaturadan ham foydalanish mumkin, masalan 

kesib olish – Ctrl+x; 

nusхa olish – Ctrl+c; 

qo’yish – Ctrl+v; 

bajarishni bekor qilish – Ctrl+z. 


4.2-rasm. Oddiy matematik ifodalarni hisoblash. 
Mathcad 200 dan ortiq o’zida qurilgan funksiyalariga ega bo’lib, ularni matematik 
ifodalarda ishlatish uchun standart panel vositasidagi Insert Function (Funksiyani qo’yish) 
tugmasiga bog’langan muloqot oynasidan foydalaniladi.
Mathcad hujjatiga matn kiritish uchun bosh menyudan Insert

Text Region 
(Qo’yish

Matn maydoni) buyrug’ini berish yoki yaхshisi klaviaturadan ikkitali kavichka (“) 
belgisini kiritish kerak. Bunda matn ma’lumotini kiritish uchun ekranda matn kiritish maydoni 
paydo bo’ladi. Matn kiritish maydoniga matematik ifodani yozish uchun matematik maydonni 
ham qo’yish mumkin. Buning uchun shu matn maydonida turib Insert

Math Region 
(Qo’yish

Matematik maydoni) buyrug’ini berish kifoya. Bu maydondagi kiritilgan matematik 
ifodalar ham oddiy kiritilgan matematik maydon kabi hisoblashni bajaradi. 
Mathcadda foydalanuvchi funksiyasini tuzish hisoblashlarda qulaylikni va uning 
effektivligini oshiradi. Funksiya chap tomonda ko’rsatilib, undan keyin yuborish operatori (:=) va 
hisoblanadigan ifoda yoziladi. Ifodada ishlatiladigan o’zgaruvchi kattaliklari funksiya parametri 
qilib funksiya nomidan keyin qavs ichida yoziladi (4.3-rasm). 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin